O`zbek adabiyoti tarixi Eng qadimgi davrlar


Joq cho` qay buduvo`q kop kabartdo`m (yoki



Yüklə 386,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/31
tarix28.04.2023
ölçüsü386,23 Kb.
#107489
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31
portal.guldu.uz-O`zbek adabiyoti tarixi Ma`ruzalar matni

Joq cho` qay buduvo`q kop kabartdo`m (yoki 
kobratdo`m) cho`qan buduno`q bal qo`lto`m az buduno`q o`ko`sh qo`lto`m . Azu bu sabo`mda 
irid barqu ? 
 Mazmuni:
Men halok bo`lgan, qashshoq xalqni butunlay (oyoqqa) turg`izdim (yig`dim), 
qashshoq xalqni boy qildim, oz sonli xalqni ko`p sonli xalqqa aylantirdim. Mening 
so`zlarimning biror yolg`oni bo`lmas!.. 
Bilga xoqonning balanparvoz so`zlaridan keyin turk xoqonligi tarixi, urush-
yurishlar hikoya qilinadi. Bilga xoqon davridagi voqealar bayonida Kulteginning 
faoliyatiga 
ko`proq 
o`rin 
beriladi. 
Uning 
davlatni 
kengaytirish 
va 
mustahkamlashdagi, urush-yurishlardagi xizmatlari tasvirlanadi, qahramonona 
janglardan epizodlar hikoya qilinadi. Tekst Kulteginning o`lkalardan ta’ziya uchun 
choparlar keladi, qo`y yili - (732) 9-qoyning 27 kuni dafn etish marosimi o`tkaziladi. 
Bilga xoqonning tilidan aytilgan so`zlarda Kultegindan judolik qayg`usi marsiyaga 
xos uslubda bayon etiladi, turli badiiy til vositalari qo`llaniladi:
Ko`l tigin yo`q arsar, kop 
oltachi artigiz! Inim Ko`l tigin kargak bolti, o`zim saqintim ; korur kozim kormaz tag, bilir biligim 
bilmaz tag bo`ldi,o`zim saqintim. OD TANGRI yasar, kisi oqli ko`p o`lrali torumis.
Mazmuni: 
Agar Kultegin bo`lmasa edi. Hamangiz halok bo`lar edinglar. Mening inim 
Kultegin o`ldi, men qattiq qayg`urdim; ko`rar ko`zlarim ojiz bo`ldi, aql fahmim 
o`tmas bo`lib qoldi. O`zim qayg`yordim. Qismat (vaqti)ni ko`k samo (xudo) taqsim 
qiladi, odam bolasi o`lish uchun tug`ilgan... 
Kultegin qabr toshi yozuvi turk xoqonligi davlatining ijtimoiy-siyosiy hayoti, 
qabila va xalqlarning urf-odatlari, tili va ma’lum darajada badiiy so`z san’ati bilan 
tanishtiradi.
 
3. O`rxo`n-Enasoy yodgorliklarining ahamiyati 
O`rxun-Enasoy yozuvidagi xotiralar V-VIII asrlarning juda qimmatli 
yodgorligidir. Ular qabr toshlariga o`yib yozilgan tarix va marsiyalardan, turli xil 
hujjat, tamg`a, pul va boshqalardan iborat. «To`nyuquq», «Uyuk-arxon», «Borliq», 
«Tuva» va boshqalar ham kultegin va Bilga xoqon yodgorliklari singari muhim 
yodgorliklardir. Bular Oltoydan Mo`g`ulistonga qadar cho`zilgan bepoyon 
territoriyada yashagan xalqlar va qabilalar tomonidan yaratilgan. Tekstlarda qirg`iz, 
uyg`ur, o`g`uz va yana bir qancha xalqlarning, qabilalarning nomlari tilga olinadi, 
ayrim tarixiy shaxslar u yoki bu etnik qatlamga mansub kishilar sifatida gavdalanadi. 


21
Yodgorliklarning tili bir-biridan birmuncha farq qiladi. Shular asosida ayrim 
yodgorliklarni hozirgi ma’lum bir tilning qadimgi yodgorligi deb aytish mumkin. V-
VIII asrlarda Movarounnahrda turkiy til juda keng yoyildi. O`rxo`n-Enisey 
yodgorliklariga xos leksik boylik va grammatik shakllarni qirg`iz, uyg`ur, tuva, 
turkman, o`zbek va boshqa turkiy tillarda ko`rish mumkin. Shunga ko`ra, S.E. Malov 
ta’kidlaganidek, bu yodgorliklar ko`pchilik turkiy tillar tarixini o`rganishda 
mushtarak bir manba sifatida ahamiyatlidir. Shu jihatdan qaraganda, hozirgi o`zbek 
tilining ildizlarini ham O`rxo`n-Enisey yodgorliklarida ko`rish mumkin. 
O`rxo`n-Enisey yodgorliklarining ma’lum badiiy qimmati ham bor. Ularda 
ko`pgina she’riy misralar bo`lishi bilan birga ba’zi nasriy parchalar ham she’r kabi 
jaranglaydi, turli tarixiy voqealar bayonida ayrim lavhalar birmuncha badiiy uslubda 
tasvirlanadi, badiiy til vositalari qo`llaniladi. Xususan, qabr toshlaridagi 
«marsiyalar»ning badiiy ahamiyati ko`proq. Ular orqali biz vafot etgan kishining 
ma’lum portreti bilan, motam tutuvchilarning ichki ruhiy kechinmalari bilan 
tanishamiz. Shunga ko`ra, S.E. Malov V asr Enisey yodgorliklarini «qabriston 
poeziyasi» deb atadi. I.V. Stebleva o`z tadqiqotini «Poeziya tyurkov VI-VIII vekov» 
(Moskva, 1965) deb nomladi. 
Masalan, Qizil-chir (Enisey havzasi)dan topilgan bir yolgorlikda quyidagilarni 
o`qiymiz: 

Yüklə 386,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə