O`zbek adabiyoti tarixi Eng qadimgi davrlar



Yüklə 386,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/31
tarix28.04.2023
ölçüsü386,23 Kb.
#107489
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
portal.guldu.uz-O`zbek adabiyoti tarixi Ma`ruzalar matni

3.
 
Xalq og‘zaki ijodi va yozma adabiyot.
"Folklor" inglizcha so`z bo`lib, uning lug`aviy ma'nosi quyidagicha: folk – 
xalq, lore – donishmandlik. Go`zallik qonunlari asosida xalq tomonidan yaratilgan 
har qanday ijod mahsuli tushunilishi -terminning keng ma'nosidir. Bunda xalq san'ati, 
amaliy san'at, musiqa san'ati, raqs san'ati, kashtachilik kabi go`zallik qonunlari 
asosida yaratilgan barcha ijod mahsuli tushuniladi. Atamaning tor ma'nosida esa faqat 
xalq og`zaki poetik ijodi, ya’ni xalq tomonidan yaratilgan og`zaki badiiy so`z san'ati 
tushuniladi.
Xalq og`zaki ijodi ham, ma’lumki, adabiyot, og`zaki adabiyot, ya’ni so`z 
san'ati. Uning adabiyotning boshqa ko`rinishi – yozma adabiyot bilan umumiy 
bo`lgan tomonlarini ham yodda tutmoq lozim. Mana shu jihatdan qaraganda ular 
orasida quyidagi umumiylikni kuzatish mumkin: 

Har ikkisida ham so`z san'ati, tasvir vositasi so`zdir; 

Har ikkisida ham hayot va undagi voqea-hodisalar tasvirlanadi; 

Voqealar ma’lum bir estetik prinsiplarga asoslangan holda tasvirlanadi; 

Hayot va uning lavhalari badiiy obrazlar orqali tasvirlanadi; 

Obraz va obrazlilik umumiyligi mavjud; 

Tasvir vositalari umumiyligi mavjud; 

Adabiy tur umumiyligi mavjud; 

Vazifa mushtaraqligi mavjud: ta'limiy, tarbiyaviy, estetik vazifalar 
umumiydir;
Ayni bir paytda folklorning o`ziga xos tomonlari ham bor bo`lib, bu belgilar 
quyidagilardan iboratdir:
1. Og`zakilik. Folklor og`zaki ijoddir. Bu uning yetakchi belgisi sanaladi. 
Xuddi shu og`zakilik folklor namunalarining keng tarqalishi va ommalashuvida 
muhim faktor sifatida xizmat qiladi. Folklor namunalari paydo bo`lish nuqtai 
nazaridan qaraganda ham og`zakidir, u og`zaki vujudga keladi, badiiy sayqal topishi, 
qayta-qayta qo`lanishi ham og`zaki kechadi: og`izdan og`izga o`tib borish jarayonida 
har bir ijod namunasi tobora badiiylashadi, polsemantik ma'no kasb eta boradi. Bu 
esa badiiy so`z san'atining asosiy xususiyatlaridan sanaladi.
2.Folklorning yana bir o`ziga xos belgisi uning kollektiv ijod mahsuli 
ekanligidir.


5
3.Folklorning navbatdagi o`ziga xos belgisi uning an'anaviyligida ko`rinadi. 
An'anaviylik tufayli badiiy ijod namunalari matnida nisbatan barqaror ifoda yo`llari 
qat’iylashadi. Bu narsa tasvirning poetik vositalarida ham doimiylik kasb etadi. 
4. Variantlilik – folklorning o`ziga xos belgilaridan biridir. Turli urug`-
qabilalar o`zlarining dunyoqarashi, yashash va fikrlash tarzi, hamda ruhiy dunyosi 
bilan o`zaro farqlanadi. Mana shu farqlar turli variantlar kelib chiqishqga olib keladi. 
5. O``zgaruvchanlik folklorga xos boshqa belgilarning, xususan, og`zakilik, 
kollektivlik, badihago`ylik kabi xususiyatlarning mahsuli sifatida vujudga keladi. 
Shuningdek, bunda jamiyat rivojining ham o`rni bor.
6. Anonimlik folklorning o`ziga xos belgilaridan biridir.
Xullas, 1846 yili ingliz folklorshunosi tomonidan fanga atama sifatida olib 
kirilgan "folklor" so`zi lug`aviy jihatdan xalq va donishmandlik ma'nolarini anglatib, 
fanda xalq tomonidan yaratilgan san'at asarlarini ifodalaydi. Bu haqdagi ilm esa 
folklorshunoslik deb yuritiladi. Yozma adabiyot bilan umumiy tomonlari mavjud 
bo`lganidek, o`ziga xos xususiyatlari ham mavjuddir. 
O`zbek adabiyoti tarixi «Tohir va Zuhra», «Bo`z o`g`lon», «Yusuf Ahmad» 
kabi xalq kitoblarini ham o`z ichiga oladi.
Bular folkloristikaning ham, adabiyot 
tarixining ham predmetidir. Tarjima adabiyoti ham o`zbek adabiyoti tarixining 
muhim bir qismini tashkil etadi. O`zbek xalqi asrlar davomida ko`pgina xalqlar bilan 
iqtisodiy va madaniy aloqada bo`lib keldi. Shu aloqalarning mevasi sifatida tarjima 
adabiyot vujudga keldi. O`zbek tiliga tojik, ozarbayjon, Eron, hind, arab, rus va 
boshqa xalqlarning ko`p badiiy asarlari va tarix kitoblari tarjima qilindi. Nizomiyning 
«Xisrav va Shirin», «Haft paykar», 
Sa`diyning «Bo`ston», «Guliston»

Jomiyning 
«Bahoriston», «Yusuf va Zulayho»
, Hiloliyning 
«Shoh va Gado»
, shuningdek, 
«Kalila va Dimna», «Ming bir kecha», «Ravzatus safo», «Badoyi-ul-vaqoe» va 
boshqalar shular jumlasidandir. 

Yüklə 386,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə