57
O’ZBEK BOZORIGA MOBIL QURILMALARNING KIRIB KELISHI
Kengeshbayeva Ozoda Anvar qizi
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti To’rtko’l Fakulteti talabasi
Raximboyev Musobek Komiljon o’g’li
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti To’rtko’l Fakulteti o’qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7957194
Annotatsiya:
Maqolada bugungi kunda yurtimizga kirib kelayotgan zamonaviy
mobil
qurilmalarning hayotimizda tutgan o’rni,ularning foydali va zararli tomonlari haqida so’z
boradi.Mobil qurilmalardan foydalanuvchilar o’z xavfsizligini qanday ta’minlash,qanday
qoidalarga rioya qilish,ro’yxatdan qanday o’tish tartiblari haqida ma’lumotlar keltirilgan.Chet
elda ishlab chiqarilgan mobil qurilmalarni qanday qilib ichki bozorga jalb qilish va sog’lom
raqobatni shakllantirish haqida so’z boradi.
Kalit
so’zlar:
mobil
qurilmalar,tendensiya,sog’lom
raqobat,UzIMEI
tizimi,IMEI-
kod,trafik,identifikatsiya,”qora ro’yxat”.
Kirish: Hozirgi kunda O’zbekistonda raqamli iqtisodiyot tez sur’atda rivojlanib
bormoqda.Yurtboshimiz tomonidan oldimizga maqsad qilib qo’yilayotgan strategik qadamlar
va birqancha zamonaviy tendensiyalar bunga yaqqol misol bo’la oladi.Raqamli iqtisodiyot
rivojlanishi bilan bir qatorda O’zbekistonda mobil qurilmalarga bo’lgan
talab sezilarli
darajada oshdi. O’zbekistonda axborotlashgan jamiyat jadal tarzda shakllanib bormoqda.Bu
esa mobil texnologiyalarning ko’lami oshayotganligini anglatadi.Masalan,ma’lumotlar oqimi
ko’lamining o’zgarishi 1992-yilda 100 gigabayt(Gb)ni tashkil qilgan bo’lsa,2022-yilda qariyb
IP-trafik hajmi sekundiga 150,700 gigabayt(Gb)ga yetganini ko’rsatdi.Bu esa o’z-o’zidan
Internet tarmog’ida yangi foydalanuvchilarning ko’payayotganligini va tarmoq ko’lami
kengayayotganligini bildiradi.Bizda hozirgi dolzarb masala mobil qurilmalarni qanday qilib
yurtimizga xavfsiz tarzda olib kirish,foydalanuvchilarning xavfsizligini ta’minlash va ularning
ishonchiga sazovor bo’lish,bundan tashqari,qanday yo’l bilan shaxsiy ma’lumotlarning
ishonchliligini ta’minlash bo’lib hisoblanadi.
Asosiy qism: Mobil qurilmalarning rivojlanishi insoniyatga birqator qulayliklarni taqdim
qilmoqda.Mobil qurilmalar orqali odamlarning bir-biri bilan
axborot almashish jarayoni
tezlashmoqda.Mobil qurilmalarning rivojlanishi faqatgina insonlar orasidagi muloqotda
emas,balki,ishlab
chiqarish
sanoatida
ham
o’z
ta’sirini
sezilarli
darajada
ko’rsatmoqda.Yurtimizda iste’molchilarga sifatli mobil qurilmalardan foydalanish
imkoniyatini yaratish,hududlarda mobil aloqalarning sifatini oshirish,zamonaviy
servis
xizmatlarini joriy etish ishlari amalga oshirilmoqda.Bundan tashqari elektron hukumat
yaratilib,odamlarning vaqti va mablag’i tejalmoqda.Mobil qurilmalar yordamida yurtimizda
jahon standartlariga to’g’ri keladigan mobil aloqa vositalari ishlab chiqarish bo’yicha
birqancha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktyabrdagi 847-sonli
Qaroriga ko’ra,O’zbekiston Respublikasiga mobil qurilmalarni olib kirishda xalqaro o’ziga xos
identifikatsiya kodlari asosida ro’yxatga olish tizimi joriy etildi.Bunda quyidagicha takliflar
kiritildi:
•
mobil qurilmalardagi o’ziga xos identifikatsiya kodlari to’g’riligini tekshirish orqali
ularning mulkdorlari (egalari) huquqlarining himoya qilinishini ta’minlash;
58
•
mobil qurilmalardan ularning mulkdorlarini (egalarini)
ogohlantirmasdan noqonuniy
va ruxsatsiz foydalanishga yo’l qo’ymaslik;
•
xalqaro standartlarga mos kelmaydigan sifatsiz mobil qurilmalar sotilishining oldini
olish.
Bizda “Bu tizimni yo’lga qo’yishdan asosiy maqsad nima? Nima uchun yurtimizga kirib
kelayotgan mobil qurilmalarda birqancha muammolar yuzaga keladi?”- degan savol tug’ilishi
tabiiy.Bu tizimni joriy qilishdan asosiy maqsad yurtimizga chet eldan kirib kelayotgan mobil
qurilmalarning noqonuniy yo’l bilan kirib kelmasligini ta’minlash bo’lsa,ikkinchidan,kirib
kelayotgan har qanday mobil qurilmalarning sifatini tekshirish bo’lib hisoblanadi.Agar mana
shu ro’yxatga olish jarayonlari amalga oshirilsa,yurtimizda ichki bozorlarda sog’lom raqobat
vujudga keladi.Har qanday yangi mobil qurilmalarning IMEI-kodlari ro’yxatdan o’tkazilishi
shart.Har bir O’zbekiston Respublikasi fuqarosi o’z mobil qurilmalarini IMEI-kod ro’yxatidan
o’tkazishi shart.Mobil qurilmalarni ro’yxatdan o’tkazish uchun SMS,USSD
lardan va davlat
interaktiv xizmatlaridan foydalanish mumkin.IMEI- kodlarini ro’yxatdan o’tkazish pulli bo’lib
hisoblanadi.Bu mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun 10 % bazaviy miqdorda,jismoniy
shaxslar uchun 20% turistlar uchun 20% ni tashkil etadi.Hozirgi kungacha O’zbekistonda 30
milliondan ortiq mobil qurilmalar IMEI- kod ro’yxatidan o’tkazilgan.Agar mobil qurilmalar
o’g’irlansa yoki yo’qotib qo’yilsa,Ichki Ishlarga murojaat qilinadi va ushbu qurilmaning IMEI-
kodi “qora ro’yxat”ga qo’shib qo’yiladi.Agar noqonuniy tarzda ishlatayotgan shaxs ushbu
qurilmaning SIM-kartasini o’zgartirsa,bu qurilmani topish imkoni mavjud bo’ladi.Agarda
“qora ro’yxat”dagi mobil qurilmalar boshqa davlatga olib chiqib ketilgan taqdirda ham,agar
davlatlar o’rtasida o’zaro shartnoma mavjud bo’lsa,bu qurilmani ishlatib bo’lmaydi.Agar mobil
qurilmaning ma’lumotlarini o’zgartirishga
harakat qilsa,bemalol bu qurilmani topish
imkoniyati vujudga keladi.UzIMEI tizimidan faqatgina tugmachali telefonlarni,smartfonlarni
IMEI- kodlarini ro’yxatdan o’tkazish mumkin.Noutbuk yoki kompyuterlarni UzIMEI tizimidan
ro’yxatdan o’tkazib bo’lmaydi.Agarda biz mobil qurilmaning maqomini bilmoqchi
bo’lsak,USSD orqali hech qanday to’lovlarsiz bilishimiz mumkin.UZIMEI tizimi samarali tarzda
yo’lga qo’yilsa,ichki bozorimizda sog’lom raqobat vujudga keladi.Bu tizim jahon bozorlarining
mahsulotlari ichki bozorimizga kirib kelishida muhim ahamiyatga ega bo’lib hisoblanadi.
Xulosa: Mobil qurilmalarning yurtimizga kirib kelishining birqancha foydali tomonlari
bo’lgani kabi,zararli tomonlari ham borligini bildik.Raqamli iqtisodiyot rivojlanishi davomida
yurtimizda mobil qurilmalarga bo’lgan talab yanada oshdi.Ichki bozorda foydalanuvchilarning
ishonchiga sazovor bo’lish uchun,ularning ishonchini oqlash uchun
ham mobil qurilmalarni
O’zbekistonga olib kirishda ehtiyot choralarini ko’rishimiz,ma’lumotlarning xavfsizligini
saqlashimiz zarur.Bundan tashqari ichki bozorga sifatli mahsulotlarni olib kirishimiz lozim va
buning hammasi qonun doirasida amalga oshirilishi shart.Mobil qurilmalarning UzIMEI
tizimida ro’yxatdan o’tishida faqatgina davlat xodimlari faollik qilmasdan,har bir mobil
qurilmadan foydalanadigan jismoniy shaxs bu jarayonga e’tibor bilan qarashi va o’z mobil
qurilmasini ro’yxatdan o’tkazishi shart.
References:
1.
https://fayllar.org
2.
https://lex.uz
3.
https://kun.uz