O’zbek I ton respubl I kas I ol I y va o’rta tal



Yüklə 280,15 Kb.
səhifə17/55
tarix22.03.2024
ölçüsü280,15 Kb.
#181059
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   55
O’zbek I ton respubl I kas I ol-www.hozir.org

K taklif elas. = 
narxning o’sishi %
5.

Raqobat qonunining 
mohiyati shundan iboratki, raqobat sharoitida zarar ko’rmay, eng
yaxshi natijaga erishib bo’lmaydi, chunki barcha tovar ishlab chiqaruvchilar daromadining oshish
tartibini o’rnatib bo’lmaydi.

6.
İ


stemolchi nuqtai nazaridan eng so’nggi naflilik qonuni. Naflik — tovar va xizmatlar
istemolidan qoniqishni bildiradi. Umumiy naflilik malum tovar va xizmat birligidan qoniqishni
bildiradi; so’nggi naflik — shu tovar va xizmatning yana sotib olishdan qoniqishni bildiradi.
Shunday qilib, bozor munosabatlari shakllanayotgan sharoitda iqtisodiy qonunlardan
foydalanish imkoniyaglari har tomonlama kengayib boradi.
Menejmentning asosiy tamoyillari 
Tamoyil faoliyat yuritish, xalqning asosiy qoidasi, etakchi g’oyadir.
İ
lmiy adabiyotlarda
odatda boshqaruv tamoyillari deganda iqtisodiyotga rahbarlik qilishda asoslaniladigan asosiy qoida,
yo’l-yo’riq, xulq meyorlari tushuniladi. Boshqaruv tamoyillari iqtisodiyot qonunlari tasiri natijasida
boshqaruv usullariga bog’liq hodisalar mohiyatini aks ettiradi. Boshqaruv mexanizmi shaklini
quyidagicha ifodalash mumkin:
qonunlar tamoyillar uslublar usullar.
Boshqaruv tamoyillari o’zaro bog’liq va birgalikda qo’llanilishi lozim.
Asosiy tamoyillarga quyidagilar kiradi:
1. Boshkaruvda yakkaboshchilik va kollegiyalik tamoyilii

Yakkaboshchilik tamoyili
bevosita ishlab chiqarishda ishlab chiqarish personali azolarining yagona rahbar buyruqlariga qatiy
bo’ysunushini talab qiladi. Yuqori darajadagi rahbar quyi bo’g’in rahbari vakolatiga kiruvchi
masalalarni hal etmasligi lozim. Bu tamoyilni amalga oshirishning asosiy sharti har bir ijrochining
huquq, burch, majburiyatlarini qatiy belgilab qo’yishdir. Yagona boshchilik kollegiallik, qabul
qilinadigan qarorlar oshkoraligi bilan qo’shib olib borilishi kerak.
Kollegialik intizom, rahbar, yagona shaxs irodasiga so’zsiz bo’ysunish bilan birga amalga
oshishi kerak. Demokratiya, oshkoralik har bir kishiga o’z fuqarolik qarashlarini namoyon qilish
boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va qabul qilishda faol qatnashish uchun imkon yaratadi.
2
İ
lmiylik tamoyili.

Boshqaruvda volyuntarizmni inkor kiluvchi iktisodiy qonunlar, jamiyat


rivojlanishining obektiv yo’nalishlarini, bu sohadagi milliy va chet el tajribasi so’llanishini taqozo
qiladi.
3. Rejalilik tamoyili. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishni rejali boshqarish -
biznes va strategik rejasini tuzish - iqtisodiy siyosatlarni amalga oshirishning muhim shartidir. Bu
tamoyil ishlab chiqarish rivojlanishining uzoq muddatga mo’ljallangan yo’nalishlari, suratlari va
nisbatlarini, belgilashni ifodalaydi.
İ
shlab chiqarishni rejalashtirish boshqarishning asosiy vazifalaridan biridir. U iqtisodiy
qonun, ishlab chiqarishning hozirgi holatini ilmiy tahlil etish, ehtiyojlarni istiqbolini aniqlash
texnikaviy va tashkiliy qarorlarni qabul qilish asosida amalga oshiriladi. Bozor iqtisodiyoti
sharoitida strategik rejalashtirish - u yoki bu tarmoq rivojlanishining maqbul nisbatlarini, eng
muhimi resurslardan samarali foydalanish yo’llarini belgilovchi iqtisodiy rivojlanish miqyoslarini
aniqlashda muhim ahamiyatga ega bo’ladi.
4. Boshkaruv shakl va usullarini takomillashtirib borish tamoyili.

Bozor iqtisodiyoti





sharoitida boshqaruvning uch shakli mavjud: xususiy, jamoa, davlat boshqaruvi. Boshqaruvning


xususiy shaklida mulqdor yakka o’zi qaror qabul qiladi va butun ish uchun javobgar bo’ladi.
Boshqaruv xususiy shaklining ijobiy tomoni ~ mulk egasi ishlarning borishini o’zi to’liq nazorat
qilish imkoniyatiga egaligi, kamchiligini esa sarmoyaning uncha kata bo’lmasligi va bir kishi
boshqaruvning turli vazifalarini bajarishga majburligidir. Mulkdor boshqaruvning barcha
vazifalarini amalga oshirishi: rejalashtirish, tashkil etish, rag’batlantirish, yo’qatosh zarar va
boshqalarga shaxsan bo’lishdadir.Kuchli raqobat sharoitida mulkdor sinmasligi uchun doimo o’z
bilim saviyasini oshirib, boshqaruv usullarini takomillashtirib, yani ishchilarga tasir etish yo’llarini
bozorda mavjud holatga mos ravishda o’zgartirib borishi kerak Boshqaruvning jamoa shaklida ikki
yoki undan ortiq jismoniy va huquqiy shaxslar boshqaruv qarorlarini birgaliqda qabul qiladilar va
korxona yoki aktsiyadorlar jamiyati faoliyati uchun javobgar bo’ladilar. Sherikchilik nisbatan
malakali boshqaruv qarorlarini qabul qilishga, boshqaruvning xususiy shakli kamchiliklarini
bartaraf etishga imkon yaratadi. Boshqaruvning jamoa shaklining afzalligi sheriklar aktsiya sotish
yo’li bilan qo’shimcha sarmoya jalb qilish imkoniyatiga ega bo’lishidadir. Boshqaruvning jamoa
shakli direktorlar kengashi tomonidan amalga oshirilib, u asosiy boshqaruv siyosatini va
boshqaruvning mavjud vaziyatga mos iqtisodiy, tashkiliy-boshqaruvchilik, ijtimoiy-ruhiy, huquqiy
usullarini tanlaydilar. Boshqaruvning jamoa shaklining asosiy kamchiligi - barcha sheriklar
boshqaruvda va korxona faoliyatini nazorat qilishda teng qatnasha olmaydi. Uning yana bir
kamchiligi -korporatsiya, aktsiyadorlar jamiyati yoki korxona aktsiyadorlaridan «ikki yoqlama»
soliq olinishidir, chunki korxona foydadan, aktsionerlar esa qo’shimcha ravishda dividentdan soliq
to’laydilar.
Davlat boshqaruv shakli davlat yoki mahalliy mulk bo’lgan korxonalarda amalga oshiriladi.
Davlat bu korxonalar faoliyati uchun to’liq javob beradi.
5. Kadrlar tanlash va joylashtirish tamoyili.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida kadrlarni tanlash va


joy-joyiga qo’yish tamoyili muhim ahamiyat kasb etadi. Bozor munosabatlari boshqaruv kadrlariga
qatiy talablar qo’yadi, ularning ishbilarmonlik sifatlari, ishlab chiqarish oddida turgan masalalarni
belgilaydi.
6. Agentlar mustaqilligi va erkinligi tamoyti.

Bozorda agentlar faoliyati iqtisodiy javobgarlik


bilan birgalikda amalga oshishi kerak.
7.
Shaxsiy tashabbus tamoyili.

Bozorda ishbilarmon, omilkor, shaxsiy foyda uchun harakat


qiluvchi tadbirli kishilar faoliyat yuritishi kerak.
8.
Javobgarlik va tavakkalchilik tamoyili.

Tadbirkor o’z faoliyati uchun javobgar bo’ladi,


bunda malum tavakkalchilik ham hisobga olinadi, yani tadbirkorning o’z huquq va majburiyatlari
bo’lishi kerak.
Xulosa 
1.
Menejment asosida jamoa qonun tizimlari yotadi.
2.
İ
qtisodiatni boshqarish tizimida iqtisodiy qonunlar muhim ahamiyat kasb etadi.
3.
Yakka xokimlik va kollegiallik, ilmiylik, rejalashtirish, boshqaruv usullari va tizimlarini
takomillashtirish menejment asosiy tamoyillari bo’lib hisoblanadi.
4.
İ
shlab chiqarishni rejalashtirish - boshqaruvning asosiy vazifalaridan biri.
5.
Strategik va innovatsiyaviy menejment zamonaviy menejmentni rivojlanishi uchun asosiy
yo’nalish hisoblanadi.
6.
O’zbekistonda bozor munosabatlariga o’tish davrida davlat boshqaruvi boshqaruvning
asosiy shakli hisoblanadi.


Yüklə 280,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə