O’zbek maqomlari- madaniy durdonalar

Yüklə 43,87 Kb.
səhifə10/15
tarix22.03.2024
ölçüsü43,87 Kb.
#180642
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
O’zbek maqomlari- madaniy durdonalar

Bugungi kunda ustoz san’atkorning har ikkala bu ijrochiligi o‘zining noyob va nodir ijodiy jihatlari bilan e’tiborga sazovordir. Avvalambor, ustaning beqiyos maqom hofizi maqomiga qadar yuksalishi uning ijodkorlik fazilati bilan payvasta amalga oshganligini qayd etmoq kerak. Bu hol, ayniqsa, yuqori parda – tovushlarda sadolanuvchi avjlarda o‘zining yorqin ifodasini topgan. Ma’lumki, avj tuzilmalari maqomlarning eng salmoqli qismini tashkil etishi bilan bir qatorda yana asarning chuqur mazmuni, g‘oyaviy asosini anglab olishda qariyb hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shuningdek, hofizlarning kasbiy malaka va mahoratlari ham asosan ana shu avjlarni qay yo‘sinda ijro etishlari bilan bog‘liq baholanadi. Bu borada H.A.Rasulov ijrochiligida muayyan maqom yo‘liga yangi avjlar bog‘lashga yoki bir ashulani har xil avjlar bilan aytishga moyillik kuchli bo‘lganligini ta’kidlash kerak. Ustozsan’atkorning «Bozurgoniy», «Abdurahmonbegi» va «Ushshoq» yo‘llariga bog‘lagan yangi avjlari aslida ijod zavqlarining cho‘qqisi yanglig‘ yuzaga kelgan edi. Shuningdek, «Gullar bog‘i», «Bebokcha», «Qurbon o‘lan», «Gulyor», «Nasrulloyi», «Rosti Panjgoh», «Ushshoqi Hoji», «Navo», «Iroq» kabi ashula va maqom yo‘llari ham turli holatlarning badiiy in’ikosi o‘laroq bir necha ko‘rinish (variant)da zohir bo‘lgan. Binobarin, atoqli san’atkor ijrosidagi harbir maqom yoki ashula namunasi, eng avvalo, jonli ijodiy jarayon sifatida angalshiladi va idrok etiladi. Hoji Abdulaziz Rasulovning bastakorlik qobiliyati ham aynan shu jarayonda yorqin namoyon bo‘lgan.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə