O’zbek maqomlari- madaniy durdonalar

Yüklə 43,87 Kb.
səhifə11/15
tarix22.03.2024
ölçüsü43,87 Kb.
#180642
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
O’zbek maqomlari- madaniy durdonalar

Atoqli san’atkor Matyoqub Xarratov (1867–1939) xalq ijodi va mumtoz musiqiy merosning yirik bilimdoni, tanbur, dutor va g‘ijjak cholg‘ularining mohir ijrochisi bo‘lgan. Otasi Qurbon Xarrat – do‘kchi o‘spirin o‘g‘lining noyob musiqiy qobiliyatini payqagach, uni taniqli san’atkor, shoir va musiqachi Komil Xorazmiyga shogirdlikka beradi. Ustoz zukko shogirdiga tanbur va g‘ijjak cholg‘ularini chalish mahoratini o‘rgatish bilan birga, yana xattotlik va she’r yozish asrorlaridan ham voqif qiladi. Iste’dodli shogirdining bu jabhalarda ildamlab erishayotgan yutuqlarini ko‘rgan Komil Xorazmiy unga Xiva xonining saroyida musiqachi bo‘lib xizmat qilishi uchun tavsiya beradi. Shu asnoda M. Xarratov 1888–1906-yillari Muhammad Rahimxon II saroyida maqomchi-sozanda bo‘lib ishlaydi. XX asr boshlarida ro‘y bergan ma’lum ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlardan so‘ng u Xiva musiqa maktablarida yoshlarga ustozlik qildi (1923–1928). Shundan so‘ng, 1932-yilgacha sozchilar ansamblida ishladi va 1932-yildan to umrining so‘nggi kunlarigacha Urganch teatrida sozandalik faoliyatini olib bordi. M.Xarratov Xorazm maqomlarining yirik mutaxassisi bo‘lgan. U Xudoybergan muhrkan, Niyozjon Xo‘ja va Komil Xorazmiy kabi zabardast ustozlarning mazkur turdagi maqomlarni tizimlashtirish, ularni yozuvlar vositasida hujjatlashtirish va shu tarzda ham keying avlodga yetkazib berish sa’y-harakatlariga faol ergashdi.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə