O’zbek maqomlari- madaniy durdonalar

Yüklə 43,87 Kb.
səhifə12/15
tarix22.03.2024
ölçüsü43,87 Kb.
#180642
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
O’zbek maqomlari- madaniy durdonalar

Rajabiylar sulolasining eng yirik vakili, hassos bastakor, xonanda va sozanda, O‘zbekiston xalq artisti, O‘zFA akademigi Yunus Rajabiy (1897–1976) milliy musiqa madaniyatimiz ravnaqiga ulkan hissa qo‘shdi. Atoqli san’atkorning komillik sari yuksalish bosqichlari dastlab madrasada an’anaviy tahsil olish bilan boshlanib, ke­yinchalik Turkiston xalq konservatoriyasi (1919–1923), Toshkent oliy musiqa maktabining tayyorlov kursi (1934) hamda Moskvada tashkil etilgan kompozitorlar kursi (1940–41)da davom etgan. Ayni paytda mumtoz musiqa namunalaridan Farg‘ona – Toshkent maqom yo‘llarini mashhur hofizlar Mirza Qosim, Shorahim Shoumarov va Mulla To‘ychi Toshmuhammedovlardan mukammal o‘rgandi, Buxoro maqomlarini Hoji Abdulaziz Rasulov, Domla Halim Ibodov kabi zabardast maqomdonlar ustozligida o‘zlashtirdi. Erishgan teran bilimi va amaliy-ijodiy malakalari pirovardida Yunus Rajabiy Farg‘ona – Toshkent maqom yo‘llari, Shashmaqom turkumi, katta ashula, bastakorlik asarlari hamda xalq musiqa ijodiyotining turfa namunalarini nota yozuvlariga oldi va ularni besh jildlik «O‘zbek xalq musiqasi» hamda olti jildlik Shashmaqom to‘plamlarida nashrdan chiqarishga muvaffaq bo‘ldi.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə