O‘zbek tili fonologiyasi va morfonologiyaSI



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/39
tarix05.10.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#125398
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39
Kitob 5149 uzsmart.uz

morfonema
ning ajratilishi ham 
morfonologiya tarixida salbiy rol o‘ynadi.
11
V.G.Churgunova morfonologiya birligi sifatida morfonema bo‘lishini 
ma’qullaydi. Uning fikricha, morfonema morfonologik sathning elementar 
birligidir. Rus tilida u ko‘proq kuchli va kuchsiz plozitsiyadagi fonema qatorlarini 
o‘z ichiga oladi. Demak, morfonema – real morfema (morf) komponenti sifatida 
qaraluvchi bir sinfdagi kuchli va kuchsiz fonemalar birligini aks ettiradigan birlik. 
Shu bilan birga, u morfonologiyaning yuqori birligi sifatida 
submorf
ni ham 
ajratadi. 
Ma’lumki, morfema ma’lum ma’no ifodalovchi eng kichik shakldir. Bu shakl 
bir ma’no bilan bog‘langan va turli qurshovda uchraydigan bir necha shakllarning 
birligi bo‘lishi ham mumkin. Bunday shakllar morf, allomorf yoki morfema 
alternantlari sanaladi. V.G.Churgunova morfni ma’lum jihatdan shakllangan 
morfonem qatori deb tasavvur qilish va morf strukturasining qandaydir 
morfonologik qonuniyati haqida gapirish mumkinmi degan savolga quyidagicha 
javob beradi: «Agar til sun’iy qurilma bo‘lganida edi, ehtimol, morf shunday 
shakllangan bo‘lardi. Differensial belgilarning ma’lum sintaktik qoidasi asosida 
fonema, fonemalar sintaksisi asosida morf, turli qurshovda uchraydigan va bir 
ma’no ifodalovchi morflar asosida morfema, morfemalardan so‘z qurilgan 
bo‘lardi. Ammo til sun’iy qurilma emas, u ko‘p asrlik tarixga ega. Tarixiy 
taraqqiyot jarayonida uning ayrim elementlari morfonem qurilmasini saqlagan 
holda ma’nosini yo‘qotadi. Mazmun plani nuqtai nazaridan ajralmaydigan bu 
morfonem qator morfonologik strukturaning boshqa elementi bilan o‘z aloqasini 
saqlagan holda morfonologik nuqtai nazardan bo‘laklarga ajralishi mumkin. Ana 
shunday birliklar submorf (yoki fonomorf) deb nomlanadi». 
Uning fikricha, submorf – morfonemaning doimiy qatori, so‘z tovush 
qobig‘ining barqaror shakllangan elementlarining morfonologik yaxlitligini 
ifodalovchi birlik.
12
Masalan, 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə