O‘zbek tili to`garagining yillik ish reja va ishlanmalari izga bu omonat tariqasida berildi. Ushbu qo`llanmani



Yüklə 15,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/122
tarix19.12.2023
ölçüsü15,46 Mb.
#151376
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   122
O\'zbek tili 6-7 to\'garak

MMIBDO‘ __________ __________________________ 
Sana:__________ 20___yil 7-sinf
Mavzu: SUV — HAYOT MANBAYI. 
Darsning maqsadi:1.O‘quvchilarga shart maylidagi fe‘llar va ularning qo‗llanishi haqida 
ma‘lumot berish. Kundalik turmushda bu qoidalarga rioya qilishni shakllantirish. Nutqiy va 
lingvistik (tinglab tushunish, gapirish, o‗qish, yozish) kompetensiyalarni o‘stirish. badiiy va 
san‘at asarlarini tushunish;
2.Suv – hayot manbayi ekanligini o‘quvchilarga uqtirish. Tabiiy boyliklarni asrab – 
avaylashga chaqirish. Suv havzalari haqidagi bilimlarni mustahkamlash. farzandlik va 
o‗quvchilik, fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish; xalqining tarixiy
ma‘naviy va madaniy merosini avaylab asrashga chaqirish. bilimini mustaqil ravishda 
oshirib borish, o‗qib o‗rganganlarini o‗rtoqlari bilan muhokama qilish; o‗zgalarning milliy 
va etnik xususiyatlari, an‘ana va marosimlarini hurmat qilishni o‘rgatish. 
3.O‘quvchilarning lug‘at boyligini oshirish.Mustaqil ishlash ko‘nikmasini o‘stirish. Mavjud 
axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta) ma‘lumot 
almashish; odob-axloq qoidalariga rioya qilish; 
Darsning turi:yangi bilim beruvchi va mustahkamlovchi 
Darsning usuli: 
Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,… 


Darsning borishi: A) Tashkiliy qism. 
Salomlashish,davomatni aniqlash,o‘quvchilarni darsga tayyorlash. 
―Kun yangiligi‖ rukni asosida suhbat
B) O‘tilganlarni mustahkamlash. 
Uy vazifasi so‘rab baholanadi. O‘qilgan badiiy asarlar tahlili qilinadi. 
S) Yangi mavzu: 
1- topshiriq. Berilgan tayanch so‗zlar ishtirokida gaplar tuzib suh-batlashing. 
Zilol suv, suv zarralari, muzdek, ichmoq, tabiat ne‘mati. 
1- mashq. Matnni o‗qing, ona tilingizga tarjima qiling. 
Suv — hayot manbayi 
Suvsiz hayotni tasavvur qilib bo‗lmaydi. Suv inson hayoti, tirikligimiz manbayidir. Odam 
och qolib bir necha kun yashashi mumkin, lekin suvsiz uzoq yashay olmaydi. Kundalik ha-
yotimizda ham suvning ahamiyati va xizmati nihoyatda katta. Atrof-muhitning tozaligi, 
havoning mo‗tadilligi, o‗zimizning orastaligimiz ham suv tufayli. Shuning uchun ota-
bobolarimiz suvni muqaddas bilib, uni tejashga katta e‘tibor berganlar. Biz ham bu 
an‘analarni davom ettirib, bir tomchi suvni ham ehtiyot qilib ishlatishimiz kerak. Ba‘zan 
ko‗chalarda suv oqib yotganiga ko‗zimiz tushadi. Ichimlik suvini bunday isrof qilish 
mumkin emas. Yer yuzida ichimlik suvi kamayib borayotganligini hech kim esdan 
chiqarmasin. Suvni hamma tejab ishlatsin. Ariq va 
anhorlarga chiqindilar tashlanmasin. Bebaho xazinamizni hamma avaylab asrasin. Shunda 
hayotimiz farovon, turmushimiz obod bo‗ladi.
Bilib oling! 
Boshqa harakatning bajarilishi yoki bajarilmasligi uchun shart bo‗lgan harakatni 
ifodalashda -sa shart mayli qo‗shimchasi qo‗llanadi. Masalan:
Atrofgae‘tiborli bo‗lsak, boyliklarimiz, sog‗lig‗imizni saqlab qolamiz. Tabiatni asramasak, 
juda ko‗p narsalarni yo‗qotamiz. Shart maylidagi fe‘llar bo‗lishli va bo‗lishsiz shaklda quyi-
dagicha tuslanadi: 
Shaxs
Birlik
Ko ‗plik 

asraasasaam, aasrasrmmasamasa 
asraasasakak,, asramaasaksa 
II 
asra rasang, aasrars mmasangasa 
asrasa
asangizgnas z,, asramaasangizignas
III 
asraasasaa,, aasrasrmmasaas 
asraa asalarlas
r,, asramaasalaralas 
2- mashq. Birinchi qatorda berilgan fe‘llarni shart maylining bo‗-lishli 
shaklida, ikkinchi qatordagi fe‘llarni bo‗lishsiz shaklda tuslab yozing. 
1. 
O‗qimoq, yozmoq, yod olmoq, shug‗ullanmoq. 
2. 
Ketib qolmoq, tayyorlamoq, javob bermoq, ishlamoq. 
3- mashq. 2- mashqda berilgan fe‘llarning I shaxs shart mayli shak-li ishtirokida gaplar 
tuzing. 


Namuna: Men yaxshi o‗qisam, ... . Darslardan ketib qolma-sam, ... . 
4- mashq. Qavs ichida berilgan fe‘llarni shart maylida yozib, gap-larni ko‗chiring.Ahil 
(bo‗lmoq), hech kim bizni yengolmaydi. 2. Daraxt bargi yoz faslida (sarg‗aymoq), kuz erta 
keladi. 3. Kuzda daraxt barglari birdan to‗kilib (ketmoq), qish qattiq keladi. 4. Osmonda 
qushlar pastlab (uchmoq), yomg‗ir yog‗adi. 5. Ko‗k rang bilan qizil rangni (aralàshtirmoq), 
binafsha rang hosil bo‗ladi. 6. Bar-chamiz atrof-muhitga e‘tiborli (bo‗lmoq), tabiatni asrab 
qo-lamiz. 
2- topshiriq. Berilgan jadvalni davom ettiring va bir kunda qancha suv ishlatishingizni 
aniqlang. 
Ish turi 
Qancha suv 1 kunda bu ishni necha 1 haftada qancha
ishlataman? marta bajaraman? suv sarflanadi? 
Tishimni 
2 litr 2 marta 
2 x 2 x 7 = 28 litr
yuvaman 
3- topshiriq. Vaziyatli test topshiriqlarini o‗qing va ularga javob bering. 
1. 
Suv hayot demakdir. Biroq ariqlarga turli chiqindilarni tashlaymiz. Ko‗pchilik ko‗rib 
turib, indamay ketadi, shuning uchun bo‗lsa kerak shahrimizda ariq suvlari borgan sari 
kamayib ketmoqda. Bu muammoni qanday hal qilish mumkin? 
A) 
Ariqlarni butunlay ko‗mib tashlash kerak. 
B) 
Ariqqa chiqindi tashlaganlarga jarima solish kerak. 
D) 
Ariqdan baribir suv ichilmaydi. 
2. 
Ba‘zilar jo‗mrakdan suv oqizib qo‗yadilar yoki jo‗mrakni burab qo‗yishni unutadilar. 
Shunda siz qanday yo‗l tutasiz? 
A) 
Jo‗mrakni kim ochgan bo‗lsa, o‗sha yopsin. 
B) 
Darrov jo‗mrakni yopaman. 
D) Men javobgar emasman. 
D)mustahkamlash. 
4- topshiriq. Maqollarning mazmunini tushuntiring. 
N a m u n a : Bir kishi ariq qaziydi, ming kishi suv ichadi. — Bu maqolda ariq qazish va 
suv keltirish xayrli ish ekanligi aytilgan.Suv bor yerda hayot bor. 
1. 
O‗zing suv ichadigan quduqqa tupurma. 
2. 
Suv — yorug‗lik. 
3. 
Suv — zar, suvchi — zargar. 
Adabiy o‗qish Suv — bebaho xazina 
Rivoyat qilishlaricha, Jaloliddin Manguberdining ukasi suvga kesak otibdi. Shunda akasi 
undan qattiq ranjib: „Sen gunoh ish qilding. Jayõunni ona o‗rnida ko‗r. Axir shu daryo seni 
yediradi, kiyintiradi―, debdi. Ukasi aka nasihatidan so‗ng o‗zini o‗nglab suvga munosabati 
o‗zgaribdi. 
Suvga tupurish, unga xas-xashak tashlash hamda isrof qilish qadimdan qoralangan. Biz ham 
suvni tejab ishlatish, ariq va anhorlarga chiqindi tashlamaslik haqida uka-singillarimizga 
gapirib bersak, o‗zimiz ularga ibrat bo‗lamiz. Odam och-nahor bir necha kun yashashi 
mumkin, lekin suvsiz yashay olmasligini hamma biladi. 
Suv nafaqat hayot manbayi, balki hayotimizning ko‗rki hamdir. Bizning issiq mintaqamizda 
suvning o‗rni nihoyatda katta. Zilol suv oqib turgan ariqcha oldida bir zumgina o‗tiring, 
bahri dilingiz ochiladi. Sharsharani kuzating, ko‗zingiz dam oladi. Favvoradan xuddi 
durdek sachragan suv tomchilari sizga orom bag‗ishlaydi. 


Shuning uchun suvdek noyob xazinamizni asraylik. Shunda ona tabiat bizga o‗zining 
barcha boyliklarini in‘om etib, el-yurt boy-badavlat, xalqimiz farovon yashaydi. 
Topshiriq: Matnni o‗qing va unga munosabat bildiring. 
F)Baholash 
Uyga vazifa. Nima uchun suvsiz yashab bo‗lmaydi? Fikr-laringizni yozing. 

Yüklə 15,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə