O‘zbek tili to`garagining yillik ish reja va ishlanmalari izga bu omonat tariqasida berildi. Ushbu qo`llanmani



Yüklə 15,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/122
tarix19.12.2023
ölçüsü15,46 Mb.
#151376
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   122
O\'zbek tili 6-7 to\'garak

MMIBDO‘ __________ __________________________ 
Sana:__________ 20___yil 7-sinf
Mavzu: Yuklamalarning qo‗llanishi va imlosi 
Darsning maqsadi:1.O‘quvchilarga yuklamalarning qo‗llanishi va imlosi haqida 
ma‘lumot berish. Kundalik turmushda bu qoidalarga rioya qilishni 
shakllantirish. Nutqiy va lingvistik (tinglab tushunish, gapirish, o‗qish, yozish) 
kompetensiyalarni o‘stirish. badiiy va san‘at asarlarini tushunish;
2.O‘quvchilarga orzular mehnat natijasida ro‘yobga chiqishini uqtirish.Vaqtdan 
unumli foydalanishga, reja asosida ish olib borishga o‘rgatish.Shaxsiy reja 
tuzishni o‘rgatish. farzandlik va o‗quvchilik, fuqarolik burch va huquqlarini 
bilish, unga rioya qilish; xalqining tarixiy, ma‘naviy va madaniy merosini 
avaylab asrashga chaqirish. bilimini mustaqil ravishda oshirib borish, o‗qib 
o‗rganganlarini o‗rtoqlari bilan muhokama qilish;. 
3.O‘quvchilarning lug‘at boyligini oshirish.Mustaqil ishlash ko‘nikmasini 
o‘stirish. Mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, 
kompyuter, elektron pochta) ma‘lumot almashish; odob-axloq qoidalariga rioya 
qilish; 
Darsning turi:yangi bilim beruvchi va mustahkamlovchi 
Darsning usuli: 
Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,… 
Darsning borishi: A) Tashkiliy qism. 
Salomlashish,davomatni aniqlash,o‘quvchilarni darsga tayyorlash. 


―Kun yangiligi‖ rukni asosida suhbat
B) O‘tilganlarni mustahkamlash. 
Uy vazifasi so‘rab baholanadi. O‘qilgan badiiy asarlar tahlili qilinadi. 
S) Yangi mavzu: 
1- topshiriq. Berilgan rasm asosida matn tuzing. 
1- mashq. Matnni o‗qing va davom ettiring. 
Mening rejalarim 
Bolalar, mana o‗quv yili ham yakunlandi. Siz yana bir sinfni tamomladingiz. 
Eng quvnoq yozgi ta‘til boshlanmoqda. Sizni turli sayohatlar, zilol suvlar, 
viqorli tog‗lar, bepoyon qirlar va go‗zal bog‗lar o‗z quchog‗iga chorlamoqda. 
Bu o‗quv yili davomidagi aqliy mehnatdan so‗ng siz uchun eng yaxshi dam 
olish hisob-lanadi. Siz ta‘til kunlarida yaxshi dam olib, keyingi o‗quv yili uchun 
kuch-quvvat yig‗ib qayting. „Yaxshi dam — mehnatga hamdam― deydilar. 
Ayting-chi, yozda kim qayerda dam olmoq-chi? Masalan, biz yozgi ta‘tilda 
oilamiz bilan avval Samarqand shahriga sayohatga, so‗ng dam olishga 
bormoqchimiz. Shu bilan birga ota-onamning uy va dala hovlidagi ishlarni 
bajarishlariga yordam bermoqchiman. 
Sizning yozgi rejalaringiz qanday? 
2- topshiriq. Suhbat matnini o‗qing va sinfdoshlaringiz bilan davom ettiring. 
Oleg: Men dam olish oromgohida dam olaman. Bunyod: Men ukam bilan 
qishloqqa — buvamlarnikiga ketaman. 
Zuhra: Men musobaqalarga tayyorlanish uchun Olimpiya sport majmuasiga 
boraman. 
— Men esa ... 
Bilib oling! 
Faqat, ham, -gina (-kina, -qina) yuklamalari ayi-rish, ajratib ko‗rsatish, 
chegaralash ma‘nolarini bildi-ruvchi yuklamalardir. 
-gina (-kina, -qina) yuklamalari o‗zidan oldingi so‗zga qo‗shilib, faqat, ham 
yuklamalari esa ajratib yo-ziladi. Masalan: Yig‗ilishga faqat Murod kelmadi. Bu 
gap sengagina tegishli emas. 
2- mashq. Gaplarni o‗qing. Yuklamalarni aniqlang va ma‘nolarini tushuntiring. 
A‘zamjon juda ham band. U ertalab badantarbiya mashqlari bilan shug‗ullanadi. 
Har kuni o‗qishga boradi, darsdan keyin to‗garak mashg‗ulotlariga ketadi. 
Ukasini bog‗chadan olib keladi. Uy-ro‗zg‗or ishlariga qarashadi, buvisi va 
bobosidan ham xabar oladi. Televizorni faqat kechqurunlari ko‗radi. 
3- mashq. Nuqtalar o‗rniga ham, faqat, -gina, -kina, -qina yuk-lamalaridan 
mosini qo‗yib matnni ko‗chiring. 
Orzuga ayb yo‗q, deyishadi. Men ... bobom singari geolog bo‗lmoqchiman. 
Bobom ... bilimdon geolog... emas, balki dorishunos va rassom ... bo‗lganlar. 
Ular bolaligidan tog‗-u tosh-larga havas bilan qaraganlar. Tog‗larning bag‗rida 


yashirinib yotgan ma‘danlar to‗g‗risida uzoq o‗ylaganlar. Bobomning 
ma‘danlarni kashf etish haqidagi orzulari ... qiziqish bo‗lib qolmagan. 
Ular bu sohani egallash uchun bilim yurtida ..., institutda ... tahsil olganlar. 
„Orzuga erishish uchun ... o‗qishning o‗zi yetarli emas, balki maqsad yo‗lida 
tinimsiz izlanish ... kerak―, derdilar bobom. 
3- topshiriq. Suhbat matnini rollarga bo‗lib o‗qing va mazmunini so‗zlab bering. 
Hikmatli savol-javoblar 
Qadimda iki donishmand axloq-odob borasida suhbatla-shibdi: 
— Qaysi xislat odamni past martabadan a‘lo darajaga ko‗ta-radi? 
— Aql va farost bo‗lsa kerak. 
— Odam qaysi xususiyati bilan boshqa jonzotlardan farq qiladi? 
— Menimcha, odamgarchiligi bilan. 
— Dunyoda eng achchiq narsa nima? 
— Dunyoda eng achchiq narsa bema‘ni so‗zlar eshitish bo‗lsa kerak. 
— Qanday odamlar aqlli, ziyrak hisoblanadi? 
— Bir ishga kirishmasdan avval uning oqibatini yaxshilab o‗ylab, so‗ng shu 
ishga kirishgan odam aqlli hisoblanadi. Keyin bo‗ladigan voqeani ilgariroq 
sezib, uning chora va tadbirini ko‗rib qo‗ygan odam ziyrak sanaladi. 
— Qaysi odatlar insonni odamgarchilikdan chiqaradi? 
— Baxillik, yolg‗onchilik, chaqimchilik, o‗z aybini ko‗rmay, boshqalarning 
aybini oshkor qilish insonni odamgarchilikdan chiqarsa kerak. Do‗stlarning 
ozgina kamchiliklari uchun ulardan yuz o‗girgan insonlar ham obro‗-e‘tibor 
qozonolmasa kerak. 
D)Mustahkamlash. 
Adabiy o‗qish. Bahs 
Oqsoy qishlog‗ida Halim, Salim, Karim degan bolalar bor.Ular bir sinfda 
o‗qishadi. Sinfda ham yonma-yon o‗tirishadi. Darsni ham birga tayyorlashadi. 
Yozgi ta‘til yaqinlashgan sari uch o‗rtoq soy bo‗yidagi ko‗r-paday qalin chimga 
cho‗zilib, yozda qiladigan ishlari to‗g‗risida uzoq-uzoq suhbatlashadigan bo‗lib 
qolishdi. 
— O‗qish tugagan kunning ertasigayoq yaylovga ketaman, — dedi Karim. — 
Tog‗da maza ... 
Karim „tog‗da maza― deganda, Halim bilan Salim uzoqda osmonga nayzaday 
qadalib turgan Abulqashqa tog‗iga beixtiyor qarab qo‗yishdi. 
Karim o‗rtoqlarining havasi kelganini sezib, yanada qizishib: 
— Tog‗ning baland cho‗qqisiga chiqib o‗tiraman, — dedi ko‗zini o‗ynatib. — 
Bo‗ribosar oyog‗imning tagiga kelib yotadi. Pastda qo‗y-qo‗zilar yoyilib yuradi. 
Hamma yoq menga kaftday ko‗rinib turadi... Katta bo‗lsam-chi, otam kabi 
cho‗pon bo‗laman. Cho‗ponlikdan yaxshi kasb yo‗q olamda! 


Karimning keyingi gapi Halim bilan Salimning yayrab turgan ko‗ngliga 
muzday tegib, sapchitib yubordi. 
— Nega eni? — deyishdi ikkovlari birdaniga. 
— Mana, maSalan, mening otamday hisobchi bo‗lish yomon ekanmi? — dedi 
achchiqlanib Halim. — Ha, bundan o‗tadigan kasb yo‗q! — dedi u takrorlab. — 
Katta bo‗lsam, albatta, otam-day hisobchi bo‗laman. 
Topshiriq. Matnni o‗qing. Bolalar nimalar haqida bahslashganini ayting. Sizning 
kelajak orzularingiz qanday? 
F)Baholash. 
Uyga vazifa. Yozg 
MMIBDO‘ __________ __________________________ 
 
 


 

Yüklə 15,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə