O‘zbek tili to`garagining yillik ish reja va ishlanmalari izga bu omonat tariqasida berildi. Ushbu qo`llanmani



Yüklə 15,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/122
tarix19.12.2023
ölçüsü15,46 Mb.
#151376
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   122
O\'zbek tili 6-7 to\'garak

MMIBDO‘ __________ __________________________ 
Sana:__________ 20___yil 7-sinf
Mavzu: Ko‗makchilar, ularning qo‗llanish 
Darsning maqsadi:1.O‘quvchilarga ko‗makchilar, ularning qo‗llanishi haqida 
ma‘lumot berish. Kundalik turmushda bu qoidalarga rioya qilishni 
shakllantirish. Nutqiy va lingvistik (tinglab tushunish, gapirish, o‗qish, yozish) 
kompetensiyalarni o‘stirish. badiiy va san‘at asarlarini tushunish;
2.Sport-salomatlik garovi ekanligini o‘quvchilarga uqtirish.Sportning biror turi 
bilan shug‘illanishga chaqirish. farzandlik va o‗quvchilik, fuqarolik burch va 
huquqlarini bilish, unga rioya qilish; xalqining tarixiy, ma‘naviy va madaniy 
merosini avaylab asrashga chaqirish. bilimini mustaqil ravishda oshirib borish, 
o‗qib o‗rganganlarini o‗rtoqlari bilan muhokama qilish;. 
3.O‘quvchilarning lug‘at boyligini oshirish.Mustaqil ishlash ko‘nikmasini 
o‘stirish. Mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, 
kompyuter, elektron pochta) ma‘lumot almashish; odob-axloq qoidalariga rioya 
qilish; 
Darsning turi:yangi bilim beruvchi va mustahkamlovchi 
Darsning usuli: 
Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,… 
Darsning borishi: A) Tashkiliy qism. 
Salomlashish,davomatni aniqlash,o‘quvchilarni darsga tayyorlash. 
―Kun yangiligi‖ rukni asosida suhbat
B) O‘tilganlarni mustahkamlash. 


Uy vazifasi so‘rab baholanadi. O‘qilgan badiiy asarlar tahlili qilinadi. 
S) Yangi mavzu: 
3- topshiriq. Berilgan rasmlar va tayanch so‗z, so‗z birikmalari asosida o‗zaro 
suhbatlashing. 
Tayanch so‗z va so‗z birikmalari: kuchlilar sporti, charm qo‗lqop ustasi, ringga 
chiqmoq, chaqqonlik, qiziqarli o‗yin, ommaviy sport turi, hayajonli damlar, 
g‗oliblik nashidasi, havas qilaman, O‗zbekiston chempioni. 
4- mashq. Matnni o‗qing va mazmunini so‗zlab bering. 
Go‗zallik, salomatlik va sport 
Har bir inson go‗zal bo‗lishni xohlaydi. Buning uchun, av-valo, sog‗lom 
bo‗lish kerak. Kelishgan qad-qomatli bo‗lish, yengil va ravon qadam tashlash 
go‗zallikning muhim belgilaridir. Yengil va chiroyli qadam tashlashga o‗rganish 
uchun xoda ustida yurishni, boshda yuk ko‗tarib gavdani tik tutishni mashq 
qilish kerak. Sportning yengil atletika, suzish turlari, raqs mashqlari ham 
qomatni chiroyli qilishga yordam beradi. Sportning boks, kurash turlari esa 
kuchli bo‗lishga; futbol, voleybol, karate kabi turlari epchil, chaqqon bo‗lishga 
yordam beradi. 
Piyoda ko‗p yuring, yuguring, suzing, jismoniy tarbiya bilan muntazam 
shug‗ullaning, shunda siz sog‗lom va go‗zal bo‗lasiz. 
Bilib oling! 
Haqida, to‗g‗risida, ustida, yonida, tomon, keyin, orqali, uchun, so‗ng, avval, 
ilgari, burun kabi so‗zlar ham ko‗makchi vazifasida keladi. 
Ko‗makchilar kelishiklarga o‗xshash vazifalarni ba-jaradi. Ayrim hollarda 
ko‗makchilar kelishik qo‗shim-chalari bilan birga yoki ularning o‗rniga 
qo‗llanishi mumkin. Masalan: 
Kitoblarni ukamga oldim. — Kitoblarni ukam uchun oldim. 
Darsdan keyin sinf yig‗ilishi bo‗ladi. 
5- mashq. Birinchi qatorda berilgan so‗zlarni ikkinchi qatordagi ko‗makchilar 
bilan bog‗lab yozing. 
Namuna: Dars boshlanishi bilan, ... 
Kitob, kelgusi orzularim, javon, maktabimiz, mashg‗ulot-dan, kun, har yildagi, 
tinchlik. 
Haqida, to‗g‗risida, kabi, yonida, ichida, tomon, keyin, avval, uchun, sayin. 
6- mashq. Ajratib ko‗rsatilgan so‗zlardagi kelishik qo‗shimchalarini uchun, rqali 
ko‗makchilari bilan almashtirib gaplarni ko‗chiring. 
2. 
Stadionga shu yo‗ldan boriladi. 2. Maktabimizga yangi sport anjomlari 
olindi. 3. U murabbiyi bilan telefonda gaplashdi. 4. Ten-nis musobaqasiga 
hakamlar tanlandi. 5. Bu xushxabarni tele-vizordan eshitdik. 6. Suv sporti 
insonga juda foydali. 7. Sportchiga temir iroda suv va havodek zarur. 
D)Mustahkamlash 


Adabiy o‗qish Sport, sport, sport! 
Sen bor joyda sog‗lik bor, 
Olam-jahon shodlik bor, 
Jaranglagan yoshlik bor
Sport, sport, sport! 
Sen bor joyda do‗stlik bor, 
Ezgulik bor, qo‗shiq bor, 
Doim vaqtichog‗lik bor, 
Sport, sport, sport! 
Keragisan barchaning, 
Yuragisan barchaning, 
Tilagisan barchaning, 
Sport, sport, sport! 
Topshiriq. She‘rni ifodali o‗qing va unga munosabat bildiring. 
F)Baholash. 
Uyga vazifa. „Men yoqtirgan sport turi― mavzusida matn yozing. 

Yüklə 15,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə