O‘zbek tili to`garagining yillik ish reja va ishlanmalari izga bu omonat tariqasida berildi. Ushbu qo`llanmani



Yüklə 15,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/122
tarix19.12.2023
ölçüsü15,46 Mb.
#151376
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   122
O\'zbek tili 6-7 to\'garak

MMIBDO‘ __________ __________________________ 
Sana:__________ 20___yil 7-sinf
 
Mavzu:Kerak, zarur, shart modal so‗zlarining qo‗llanishi 
Darsning maqsadi:1.O‘quvchilarga kerak, zarur, shart modal so‗zlarining qo‗llanishi haqida 
ma‘lumot berish. Kundalik turmushda bu qoidalarga rioya qilishni shakllantirish. Nutqiy va 
lingvistik (tinglab tushunish, gapirish, o‗qish, yozish) kompetensiyalarni o‘stirish. badiiy va 
san‘at asarlarini tushunish;
2.Suv – hayot manbayi ekanligini o‘quvchilarga uqtirish. Tabiiy boyliklarni asrab – 
avaylashga chaqirish. Suv havzalari haqidagi bilimlarni mustahkamlash. farzandlik va 
o‗quvchilik, fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish; xalqining tarixiy, 
ma‘naviy va madaniy merosini avaylab asrashga chaqirish. bilimini mustaqil ravishda 
oshirib borish, o‗qib o‗rganganlarini o‗rtoqlari bilan muhokama qilish. 
3.O‘quvchilarning lug‘at boyligini oshirish.Mustaqil ishlash ko‘nikmasini o‘stirish. Mavjud 
axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta) ma‘lumot 
almashish; odob-axloq qoidalariga rioya qilish; 
Darsning turi:yangi bilim beruvchi va mustahkamlovchi 
Darsning usuli: 
Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,… 


Darsning borishi: A) Tashkiliy qism. 
Salomlashish,davomatni aniqlash,o‘quvchilarni darsga tayyorlash. 
―Kun yangiligi‖ rukni asosida suhbat
B) O‘tilganlarni mustahkamlash. 
Uy vazifasi so‘rab baholanadi. O‘qilgan badiiy asarlar tahlili qilinadi. 
S) Yangi mavzu: 
4- topshiriq. Suhbat matnini rollarga bo‗lib o‗qing. 
O‗qituvchi: Ayting-chi, qadimda shaharlar suv havzalari mavjud bo‗lgan joylarda yuzaga 
kelishining sababi ni-mada? 
Jasur: Suvsiz hayot bo‗lmaydi. Suv insonlar, barcha jonivor va o‗simliklarning yashash 
manbayi. 
Nozima: Oqar suvlar bo‗lmasa, bog‗-rog‗lar barpo etil-maydi. Xonadonlarda qulayliklar 
ham bo‗lmaydi. O‗qituvchi: Ayting-chi, shahrimiz yaqinida qanday suv havzalari bor? 
Bobur: Chirchiq daryosi shahrimizning eng asosiy suv havzasi hisoblanadi. Shahrimizdagi 
barcha kanallar, an-horlar shu daryodan hosil bo‗lgan. 
Ali: Chirchiqdan ajralib chiqqan kanallar Bo‗zsuv, Kay-kovusdir. Kaykovus Anhor va 
Bo‗rijar kanallariga bo‗-linadi. 
Nozima: Bulardan tashqari Qorasuv, Salor kanallari ham bor. Ular shaharning 4 ta 
tumanidan oqib o‗tadi. O‗qituvchi: Ushbu suv havzalarini asrash, shahardagi katta-kichik 
ariqlarni ozoda saqlash hammaning burchi hisoblanadi. 
— ... 
4- mashq. Berilgan gaplardagi fe‘llarni faraz, gumon, orzu-istak ma‘nolarini ifodalovchi 
shart mayli shakliga aylantirib ko‗chiring. 
Suv inson uchun durdek noyob ekanligini hamma biladi. 
2. 
Nasiba ham „Yosh tabiatshunoslar― to‗garagiga qatnashyapti. 
3. 
Toza havoda sayr qilish hammaga birdek yoqadi. 4. Men ham „Tomchi suvda hayot 
nafasi― tanlovida qatnashaman. 5. Muzdek suvdan qonib-qonib ichaman. 
5- mashq. Maqollarni o‗qing. Shart maylidagi fe‘llar qanday ma‘-no ifodalayotganligini 
aniqlang. 
Yerni boqsang, yer seni boqadi. 
Mehnat qilsang, rohat ko‗rasan. 
Yolg‗on aytib foyda ko‗rsang, oxirida zarar topasan. 
Hurmat qilsang, hurmat ko‗rasan. 
D)Mustahkamlash. 
dabiy o‗qish. Soy suvi haqida rivoyat 
Bir dehqon bola-chaqasi bilan tog‗ etagida yashar ekan. Tog‗ etagi daraxtzor bo‗lib, yonida 
katta soy ham oqar ekan. Dehqon va uning oila a‘zolari shu soydan oqqan suvdan kundalik 
yumushlari uchun foydalanishar ekanlar. Dehqon o‗z ekinlarini ham shu soy suvi bilan 
sug‗orar ekan. U soy bo‗yidagi katta daraxtlarni kesib, o‗ziga uy quribdi. Shoxlarini arralab, 
o‗tin qilibdi. 
Oradan bir yil o‗tibdi. Bahor kelibdi. Dehqon yerini haydab sug‗ormoqchi bo‗libdi. Qarasa, 
soyda suv yo‗q emish. U suv kelishi uchun soy bo‗ylarini tozalab, suvni rosa kutibdi. Biroq, 
qancha harakat qilmasin, foydasi bo‗lmabdi. Oxiri tog‗ga chiqib, tog‗ cho‗qqilaridagi 
qorlardan suv berishlarini so‗rabdi. Qor dehqonga: 


— Kim senga daraxtlarni kessin dedi? O‗sha daraxtlar soy-ning namligini saqlab turar edi, 
— debdi. 
Soy daraxtga, daraxt esa soyga yordam berib turgan ekan. Dehqon bilmay qilgan ishidan 
afsuslanibdi. So‗ng bir talay ko‗chatlar olib kelib soy bo‗yiga o‗tqazibdi. Ko‗p o‗tmay, soy-
dan yana suv oqadigan bo‗libdi. Dehqon yana ekinlarini sug‗orib, bola-chaqasi bilan yaxshi 
hayot kechira boshlabdi. 
Qissadan hissa. Tabiatga yetkazilgan har qanday zarar o‗zi-mizga ziyon keltiradi. 
Topshiriq. Rivoyatni o‗qing va mazmunini so‗zlab bering. Rivoyat matnidan buyruq-istak 
maylidagi fe‘llarini toping va qo‗llanishini tu-shuntiring. 
F)Baholash. 
Uyga vazifa. Soy suvi haqidagi rivoyatdan qanday xulosaga keldingiz? Fikringizni yozing. 

Yüklə 15,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə