O’zbek xalqi an'anaviy madaniyati



Yüklə 33,52 Kb.
tarix11.12.2023
ölçüsü33,52 Kb.
#144216
5 мавзу


O’zbek xalqi an'anaviy madaniyati
Reja:

  1. Mustaqil O’zbekistonda ma'naviy islohotlar negizida milliy qadriyatlarning tiklanishi.

  2. An'anaviy xalq madaniyatining mohiyati va xususiyati.

  3. An'anaviy xalq ijodi.

  4. Xalq an'analari

Mustaqillikka erishgan har bir davlatning ma'naviy poydevori mustahkam bo’lgandagina, u baquvvat bo’lib, keng ko’lamda rivojlana oladi. Buning uchun esa ajdodlar ming yilliklar ichida yaratgan bebaho meros — xalq madaniyati an'analarini yanada jovojlantirish, taraqqiy etlirish va ulardan aql-idrok bilan foydalanish lozim bo’ladi. Biroq ma'naviy merosni chuqur, har tomonlama o’rganmasdan turib, bu bebaho boylikni liklash, ayniqsa, rivojlantirish aslo mumkin emas.
Ayonki, sobiq sho’ro hokimiyati davrida, mamlakatda tezroq yagona sovet xalqini shakllantirish maqsadida milliy xususiyatga ega bo’lgan qadriyatlar, milliy ong, ruhiyat, xalq odatlari, an'anaviy madaniyat kabi hodisalar rasmiy-norasmiy taqiqlandi.
Mustaqillikka erishgan har bir millat, avvalo, o’zligini tiklashga harakat qiladi. Chunki istilochilar, eng avval, o’z mustamlakasidagi xalqning ma'naviy o’zligini yo’q qilishga intiladi. Millatning ma'naviy o’zligini esa milliy ong, ruh, an'analar, til, din, adabiyot, axloq, ilm-fan, ma'rifat kabi ma'naviy qadriyatlar vujudga keltiradi. Respublikamiz mustaqlllikka erishgandan so’ng eng dastlabki ishlardan biri, bu — tarixiy-ma'naviy qadriyatlarni tiklash bo’ldi.
«Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar mobaynida yaratib kelingan g’oyat ulkan, bebaho ma'naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo’lib qoldi», deb ta'kidlagan edi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov. Darhaqiqat, mustaqillik tufayli amalga oshirilgan tarixiy buyuk ishlardan biri - bu xalqimizning ma'naviy merosini tiklana boshlagani bo’ldi.
Ma'naviy qadriyatlarimizni tiklash o’z-o'zidan bo’layotgani yo’q, albatta. U, eng avvalo, mustaqillik sharofati bilan vujudga kelgan tarixiy ehtiyojlar asosida ma'naviyat va ma'rifat sohasidagi islohotlar zamirida sodir bo’lmoqda. Ma'naviy sohadagi islohotlar doirasida muhim ishlar amalga osbirila boshladi. Eng muhimi, Respublikamizda «Ma'naviyat va ma'rifat» Kengashi tuzildi va uning markazlariga yuklatilgan vazifalar yurtimizda ma'naviyat masalalarini yuksaltirishga qaratildi.
Ma'naviyatni rivojlantirish — davlatning bosh vazifasi deb qarash sohaning jiddiy taraqqiy etishiga zamin bo’ldi.
O’zbekiston Prezidentining avvaldagi «Ma'naviyat va ma'rifat» jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to’g’risidagi» (1996-y) farmonida «Ma'naviy-ma'rifiy islohotlar davlat siyosatining asosiy, ustuvor yo’nalishi deb hisoblansin», — deb qayd qilindi.
«Ayrim katta-kichik rahbarlar... - deyiladi ushbu farmonda, - ma'naviyatnig asl ma'nosini tushunib yetmaslik tufayli, unga ikkinchi darajali ish sifatida qarashmoqda. Ma'naviy-ma'rifiy ishlarga bo’lgan bunday e'tiborsizlik kelajagi buyuk demokratik, ozod davlat qurishdek ezgu maqsadimiz ro’yobi uchun mutloqo ziddir».
Farmondagi bu fikrlar turli darajadagi rahbarlarni xalq ma'naviyatiga jiddiy e’tibor berishga undadi.
Milliy mafkuraga bag’ishlangan (6-aprel 2000-yilgi) anjumanda Prezidentimiz rahbar xodimlar, eng avvalo, ma'naviyat, mafkura, madaniyat bilan shug’ullanishi darkor ekanligini ta'kidladi.
Barcha darajadagi rahbarlar ma'naviyat bilan bevosita shug’ullana boshlashi keng ko’lamda ma'naviyatni jonlantirishga imkoniyat yaratmoqda.
Ma'lumki, ilgari, jumladan, sobiq sho’rolar davrida ma'naviyat bilan uchinchi rahbar (yoki rahbarning uchinchi o’rinbosari) ideologiya ishining bir qismi sifatida shug’ullanar edi. Ko’pgina mustaqillikka erishgan davlatlarda hozirham shunday bo’lib qolmoqda. Bizning Respublikamizda esa Prezideniimiz Farmoni asosida joylarda ma'naviyat bilan bog’liq ishlarning amalga oshirilishi uchun butun mas'uliyat shaxsan Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyat shahar va tuman hokimlari, respublikamizdagi barcha vazirliklar, idoralar, tashkilotlar birinchi rahbarlarining zimmasiga yuklatildi. Prezidentimiz esa barcha rahbarlarga shaxsiy namuna ko’rsatib, «ma'naviyatning bosh homiysi va himoyachisi» sifatida namoyon bo’lmoqda.
Yirik nufuzli tashkilotlarda ma'naviyat bo’yicha bosh rahbarning birinchi o’rinbosari lavozimi joriy etilishi, darhaqiqat, barcha ishlar orasida ma'naviyatning birinchi o’ringa ko’tarilganiga amaliy isbot bo’ldi. Ayniqsa, oliy va o’rta maxsus bilim yurtlarida rektor va direktorlarining, endilikda esa hatto tuman, viloyat hokimlarining ma'naviyat va ma'rifat bo’yicha 1-o'rinbosari lavozimlari joriy etilishi yurtimizda ma'naviyat sohasiga bo’lgan davlatimiz siyosatini yana bir bor ko’rsatib turibdi.
Tarixiy-ma'naviy qadriyatlarni tiklash millatni tiklash demakdir. Xalq madaniyati an'analarini tiklash bu boradagi muhim ishlardan biridir. Chunki an'anaviy xalq madaniyati - ajdodlarimiz merosining tarkibiy qismi sifatida ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot jarayonida muhim o’rin tutib kelgan va hozirgi davrda ham jamiyatni ma'naviy kamol toptirishda katta ahamiyatga ega.
Respublikamiz mustaqillikka erishgach, milliy meroslarni tadqiq qilishga keng yo'1 ochilishi natijasida, sho’rolar davrida taqiqlangan tarixiy meros, ma'naviy qadriyatlar, xalq madaniyati an'analari va ulardan foydalanish masalalariga doir qator izlanishlar paydo bo’la boshladi. Ayniqsa, bu borada Jabborov, N.Komilov, Q.Nazarov, S.Otamurodov, Sh.Rizayev, A.Erkayev, E.Yusupov kabi olimlar ishlari diqqatga sazovordir. Shimingdek, xalq turmushi, ijodi, san'atini o’rganishda folklorshunoslar, etnograflar, san'atshunoslar va pedagoglar ham faollik ko’rsata boshlashdi.
Mazkur muammoga diqqat jalb qilish uchun, eng avvalo, adabiy, ilmiy, qomusiy va boshqa manbalardagi «xalq madaniyati» tushunchasiga izoh berish lozim. Agar mavjud manbalardagi bu atamaga oid turlicha izohlar umumlashtirilib, qisqa bayon qilinshi, unda «xalq madaniyati», birinchidan, muayyan joy (hudud)dagi aholi madaniyali; ikkinchidan, oddiy xalq va keng mehnatkash omma madaniyati; uchinchidan, etnos (ya'ni urug’, elat, millat)lar madaniyati kabi ma’nolarda tushuniladi. (Aynan, uchinchi ma'no etnomadaniyat tushunchasiga to’g’ri keladi). Endi ma'naviy merosning asrlararo shakllangan, avloddan aylodga o’tib, odalga aylanib qolgan qismi — «an'anaviy xalq madaniyali» tushunchasiga ta'rif berish maqsadga muvofiqdir.
An'anaviy xalq madaniyati — etnosiarning tarixiy-ma'naviy ehtiyojlari asosida vujudga kelgan, ularning aqliy-yodiy faoliyati natijasida taraqqiy etgan, ming yilliklar mobaynida ajdodlar o’gitlari, tajribalari, orzu-istaklari, an'analari va qadriyatlarini o’zida birlashtirgan, avloddan avlodga o’tib asrlar osha sayqallanib, murakkablashib borgan bebaho meros hamda jamiyatimizni axloqiy sog’lomlashtiruvchi va insonparvarligini barqaror etuvchi xalqning ma'naviy kamol topishiga xizmat qiladigan muhim omildir.
An'anaviy o’zbek xalq madaniyatiga yaxlit ijtimoiy-ma'naviy hodisa va xalq turmushining tarkibiy qismi sifatida qarash madaniyatshunoslik fani doirasida «Etnomadaniyat konsepsiyasi»ni yaratishga imkon beradi. Bu konsepsiya an'anaviy xalq madaniyatini yaxshiroq tushunishga yordam beradi.
Mustaqillik sharoitida ko’pgina fan tarmoqlarining mazmuni, shu jumladan, madaniyatshunoslikning asosiy tushunchalarini ham qaytadan ko’rib chiqish lozim bo’Imoqda. Ayniqsa, «xalq madaniyati», «milliy madaniyat», «an'anaviy madaniyat», «etnomadaniyat» atamalari yangi izofani talab qilmoqda. Hanuzgacha kam o’rganilgan «etnomadaniyat» (yoki «etaik madaniyat») tushunchasi yuqoridagi boshqa atamaiarni tushunishga qulayliklar yaratadi.
«Etnomadaniyat» tushunchasi tarixiy jarayonda urug’, elat, millat madaniyatining shakllanishi va rivojlanishini aks ettiradi. «An'anaviy xalq madaniyati» tushunchasi esa aynan etnik madaniyatning tarixiy jarayonda shakllangan, sinalgan va an'anaga aylangan, avloddan avlodga meros bo’lib o’tayotgan muhim qismi sifatida namoyon bo’ladi.
Agar etnomadaniyatning tarixiy-madaniy xususiyatlarini belgilaydigan bo’lsak, u quyidagilardan tashkil topishi mumkin:

  1. etnoslar tabiiy va tarixiy ma'naviy ehtiyoj asosida vujudga keladi;

  1. o’z mohiyati va xususiyati, mazmuni va shakliga ega bo’lib, boshqa hayotiy
    sohalar bilan chambarchas bog’lanib ketadi;

  2. xalq hayotida o’z o’rnini topib, turmushning tarkibiy ajralmas qismiga aylanadi;

  3. ma'naviy - tarixiy ehtiyoj sifatida avloddan avlodga meros bo’lib o’tadi va davrlar osha taraqqiy etadi;

t) jamiyatning barkamol bo’lishiga xizmat qiladi.
Etnomadaniyatning asosiy ko’rinishlari (shakllari). An'anaviy xalq madaniyatini yaxlit va ko’p qirrali hodisa sifatida o’rganish, uning tuzilishi, asosiy ko’rinishlari, shakllarini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Shu bois biz etnomadaniyat evolutsiyasi va umum qabul qilgan «madaniyat» tasnifidan kelib chiqib, xalq madaniyatining asosiy sohalarini aniqlashga intildik. Etnomadaniyat va uning tarkibiy qismi bo’lgan an'anaviy xalq madaniyati tizimining tarkibiy qismida: xalq donishmandligi, xalq falsafasi, xalq e'tiqodi, xalq pedagogikasi, xalq odatlari, xalq ijodi, xalq o’yinlari, dam olish madaniyati, xalq pazandaligi, milliy liboslar, xalq me'morchiligi, xalq amaliy san'ati, xalq tabobati, xalq turmush madaniyati kabi ko’plab sohalarni ajratsa bo’ladi.
An'anaviy xalq madaniyatining barcha sohalarida avlodlarning dunyoqa-rashlari, falsafiy tushunchalari o’z aksini topganligi uchun etnomadaniyat tarkibida xalq donishmandligiga alohida e'tibor berish lozim. Buning sababi shundaki, xalqning g’oya, fikr, bilim, dunyoqarashini ifoda etgan etnomadaniyat ko’rinishini xalq falsafiy donishmandligisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Tahlillar shuni ko’rsatadiki, xalq madaniyatining falsafiy-g’oyaviy mazmuni qanchalik chuqur bo’lsa, uning shakli ham shuncha baquvvat, ijtimoiy ahamiyati kuchli, umri ham boqiy bo’lar ekan.
Xalq madaniyatining asosiy ko’rinishlarini aniqlash natijasida o’ziga xos xususiyatlari va tavsifiy belgilarini aniqlash ham katta ilmiy qiymatga egadir.
Xalq pedagogikasining yillar davomida qaror topib, yuzlab avlodlarni tarbiyalash jarayonida vujudga kelgan ilg’or axloqiy g’oyalar, tajribalar va usullarni o’zida umumlashtirgani uchun, u faqat tarixiy madaniyat qadriyatlari sifatida namoyon bo’libgina qolmay, balki hozirgi zamon ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Chunonchi, xalq pedagogikasi qadriyatlaridan foydalanish zamonaviy ta'lim-tarbiya, madaniyat tizimi faoliyatining samaradorligini oshirib, ijtimoiy hayotda insonparvarlikning yanada kamol topishiga zarur imkoniyatlar yaratib beradi. Xalq pedagogikasiga oid tajribalar, an'analami o’rganish natijasida tarbiyaviy jarayonning samarali bo’lishiga xizmat qiluvchi «Tag maqsad (tag ma'no), - podsel», salbiy tarbiyaviy jarayonni keltirib chiqaruvchi «Xufiya tarbiya» - «tenovaya pedagogika» hamda katta qimmatga ega asrlar osha sinalgan «ustoz-shogird» an'analariga alohida o’rin berish muhim sanaladi.
Mustaqillik sharoitida xalq ommasining ijodiy an'analarini saqlash va rivojlantirish, jumladan, xalqning og’zaki, musiqali, amaliy, teatr-tomoshaviy deb atalgan ijod turlari va janrlarini tiklash va kamol toptirish muhim ahamiyat kasb etib bormoqda.
Xalq og’zaki ijodining askiya, doston, mushoira, lof, kulgi-hikoya, asotir (mif), afsona, ertak, latifa; an'anaviy musiqa ijodining alla, yalla, yor-yor, alyor, terma, ashula, marosim qo’shiqlari va musiqa folklori asosida vujudga kelgan oilaviy ansambllar, folkloi elnografik guruhlar, xalq havaskorlik jamoalari; xalq teatr-tomosha ijodining masxarabozlik, qo’g’irchoqbozlik; xalq amaliy-bezak ijodining naqqoshlik, kulolchilik, o’ymakorlik, zardo’zlik, zargarlik, to’qimachilik kabilarini; tabiat bilan bog’liq bo’lgan ijodning rang-barang tur va janrlarini tahlil qilishi asosida shunday xulosaga kelindiki, ular avlodlar ongini, badiiy tafakkurini, esletik qarashlarini taraqqiy ettiribgina qolmay, balki ijtimoiy hayotning barcha sohalarida ijodkorlikni rivojlantirgan, xalqning o’z tarixini o’ylashga, bunyodkorlik qilishga undagan. Shuning uchun ijodiy merosni tiklashi va kamol toptirish xalqning barcha ijtimoiy-madaniy sohalaridagi faolligini oshirishda muhim omil bo’ladi.
Mustaqillik sharoyitida o’zbek xalq ijodining tiklanish va ravnaq topish jarayoni jadal sur'atlar bilan amalga oshmoqda. O’zbekiston Respublikasida bu soha islarini rivojlantirishda «Respublika xalq ijodi va madaniy-ma'rifiy ishlar markazi»ning xizmati kattadir, Xalq ijodiga oid ma'naviyatimiz durdonalarini aniqlash va ularga tegishli ko’mak berish borasida respublikamizda amalga oshirilayotgan diqqalga gazovor tadbirlarga murojaat qilamiz:

  • xalq hunarmandchiligi, amaliy va tasviriy san'at, havaskor ijodkorlar ko’rigi, savdo-ko’rgazmalari amaliy san'at ixlosmandlarini rag’batlantirib, ularning ilhomiga ilhom qo’lib yubordi.

  • «Alla» ijrochilarining Respublika ko’rik-tanlovlari bola kamolotida muhim
    o’rin tutadigan Ona shaxsini e'zozlashga oid ko’plab qo’shiqlarning yuzaga kelishiga imkon berdi.

  • folklor jamoalari Respublika seminar-kengashi faoliyati xalq ijodiyoti sarchashmalarini aniqlash, tiklashi va targ’ib qilishda folklor-etnografik ansambllaning muhim o’lin tutishini namoyon etdi.

  • oilaviy ansambllar, katta ashulla, lapar ijrochilari Respublika ko’rik-tanlovlari o’zbek xalq ijodining barcha tur va janrlariga Xalqaro darajada ham katta qiziqish bilan qaralayotgonligidan dalolat berdi.

  • «Chashma» Respublika Folklor ko’rik-tanlovi xalq ijodi bitmas-tuganmas va boy ma'naviy «buloq» ekanligini ma'lum qildi va ayni chog’da bu sohadagi qator muammolarni davlat miqyosida ijobiy hal etilishiga turtki berdi.

  • maqomchilar Respublika ko’rik-tanlovlari bu mumtoz san'at dovrag’ini yanada keng yoyib, ko’plab iqtidorli iste'dodlarni yuzaga chiqardi.

  • mashhur xalq baxshilari yubileylari baxshilik san'ati hozirgi kunda qaysi
    yo’llar, janrlar va qaysi ijodiy maktablar doirasida ravnaq topayotganligini namoyon qildi.

  • «Oilaviy ansambllar Respublika ko'rik-tanlovlari» vatanimizda oilaviy ijodni targ’ib qilishda va ommalashishida muhim omil bo’ldi.

- «Turkiston — umumiy uyimiz!» ruknida Markaziy Osiyo baxshi-shoirlarining ko’rik-tanlovi o’z atrofiga 100 dan ortiq baxshilarni yig’ib, mintaqa ko’lamida Turkmaniston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Qoraqalpog’iston baxshilarining o’zaro ijodiy boyishiga xizmat qildi.

  • dorbozlar, an'anaviy sirk san’ati va qo’girchoq teatri jamoalarining Respublika ko’rik-festivali bu qadimiy san'atga yanada jiddiyroq va har taraflama e’tibor berishimiz lozimligi masalasini kun tartibiga qo’ydi.

  • «qadimgi qo’shiqlar, urf-odatlar, an'analar, marosimlarni o’rganish va targ’ib qilish» bo’yicha uyushtirilgan respublika ilmiy ekspeditsiyasi xalqimiz tarixiy-madaniy merosining ko’pgira namunalarini saqlab qolishga ko’mak berdi.

  • Milliy qadriyatlarga bag’ishlangan Respublika ilmiy-amaliy anjumaniari bu soha muammolarining hal qilinishida muhim amaliy yo’llarni belgilab berdi.

  • «Oilaviy ansambllar»ning navbatdagi Respublika ko’rik-tanlovi xalqimiz
    ruhiyatiga mos mazkur o’ziga xos ijodiy yo’lga katta e'tibor berish zarurligini ko’rsatdi.

  • qadimgi qo’shiqlar, urf-odatlar, an'analar va marosimlami o’rganish, targ’ib qilish maqsadida Jizzax viloyatiga uyushtirilgan ilmiy-amaliy ekspeditsiya ham ko’pgina ijodiy an'analarni asrash va targ’ib qilishga ko’mak berdi.

Xalq ijodini tiklash va ravnaq toptirish bo’yicha amalga oshirilayotgan bu tadbirlar mustaqillik sharoitida Respublikamiz miqyosida xalq ma'naviyati, boy ijodiy an'analariga qay daraja e'tibor berilayotganiga guvohlik beradi.
Xalq ijodi sohasida respublikamizda o’tgan Xalqaro nufuzli anjumanlardan biri BMTning 50 yilligiga bag’ishlangan Toshkentdagi Milliy bog’da (1997, 24-25- oktabr) «Barhayot an'analar» nomli xalq amaliy san'ati va hunarmandchiligi yarmarkasi bo’ldi. Bu yarmarka o’zbek xalq amaliy san'atiga xalqaro darajada bo’lgan qiziqishni yana bir marta namoyon qildi. Samarqand, Buxoro, Xorazm va Farg’ona amaliy san'at ustalari o’ziga xos an'anaviy ijodlari bilan barcha kishilarni lol qoldirdi. Yarmarka yakunida xalqimizning amaliy ijod turlari barhayot an'analarga aylanishi uchun har bir noyob kasb egasi bo’lgan iste'dodli ustozga o’ziga 5 tadan shogird tayyorlashga oid huquqiy va iqtisodiy imkoniyatlar yaratib berildi.
YuNESKO tasarrufida uyushtirilgan «Boysun bahori» xalqaro folklor festivali o’zbek og’zaki va nomoddiy madaniyati durdonalarini jahon tan olganligining isboti bo’ldi. Festival doirasida bo’lib o’tgan folldor jamoalar ko’rigi, baxshi qo’shiqchilar tanlovi, yosh modelerlar ko’rigi, folklorga bag’ishlangan xalqaro ilmiy anjuman va yakunlovchi folklor tomoshasi o’zbek an'anaviy nomoddiy madaniyati boy va serqirra ekanligini yaqqol namoyish qildi.
O’zbekistonda xalq amaliy san'ati va hunarmandchiligini ravnaq toptirish uchun 1997-yil 31-martda Respublika Prezidentining maxsus farmoni chiqdi va unga binoan respublikamizda bu boradagi barcha ishlarni muvofiqlashtiruvchi maxsus markaz tuzildi. Bunday e'tibor natijasida xalqimizning ko’plab ijod turlari tiklanmoqda. Respublika xalq amaliy san'ati markazi rahbari Shoxalil Shoyoqubovning ta'kidlashicha, agar mustaqillikgacha xalq hunarmandchiligining 10 ga yaqin turi saqlanib qolgan bo’lsa, mustaqillikdan so’ng hozirgi vaqtga kelib, uning 50 ga yaqin turlari qayta tiklangan va hozir ham bu jarayon davom etmoqda.
O’z navbatida, o’zbek folklori jahonga tanilmoqda, ko’plab folklor jamoalar xorijiy mamlakatlarga chiqib xalqaro anjumanlarda qatnashib, ajnabiylar e'tiboriga nodirsan'atimiz durdonalarini havola etishmoqda. Quyida mustaqillik yillari xorijiy mamlakatlarga chiqib, o’bek xalq ijodini jahonga tanitib kelgan ba'zi folklor jamoalari haqida qisqa ma'lumollar keltiramiz:
Toshkentning «Kamalak» folklor-etnografik ansambli, Andijonning «Sumalak» xalq raqs ansambli, Xorazm viloyati xalq ijodiyoti markazi qoshidagi «Meros» bolalar namunali folklor-etnografik jamoasi, Respublika op’quvchilar saroyi qoshidagi "Chaman" folklor guruhi, Quvaning «Anor» xalq ashula-raqs ansambli, Navoiy viloyat qo’shma folklor jamoasi Misr, Turkiya, AQSh, Fransiya, Pokiston, Yaponiya kabi mamlakatlarda bo’lib o’tgan xalqaro folklor festivallari va boshqa tadbirlarda ishtirok etib, vatanimizga ko’plab nufuzli sovrinlar olib kelishgan.
Chet ellarda o’zbek xalq ijodiga oid ko’plab kitoblar, maqolalar chop etilmoqda.
Keyingi yillar milliy madaniyatimiz o’tmishi va bugungi kunini uzviy bog’laydigan festivallar safi kengayib bormoqda. Madaniyat va san'at Forumining yangi keng qamrovli loyihasi — «Asrlar Sadosi» festivali ham xalqimizning an'analari, amaliy san'ati va milliy taomlari, xalq og’zaki ijodi kabilarning boy va rang-barang ekanligini namoyon etmoqda. Ushbu festival har yili mamlakatimizning turli madaniy va tarixiy maskanlarida mutaxassislar, olimlar va xorijiy mehmonlar ishtirokida xalqaro darajada YuNESKO hamkorligida o’tkazildi.
2008- yilda Festival Kitob tumanida, 2009- yilda esa Parkent tumanida o’tkazilgan «Asrlar sadosi» festivalida folklor va teatr guruhlari, xonandalar, musiqachilar, raqqoslar, xalq baxshilari, masxarabozlar, liboschi dizaynerlar, rassomlar, amaliy san'alning atoqli vakillari, mohir oshpazlar ishtirok etishdi. Festival dasturi, shuningdek, xalq o’yinlari, ko’pkari (uloq), kurash, dorbozlar chiqishi, mamlakatning, turli viloyatlaridan kelgan oshpazlar tanlovini ham o’z ichiga olgan. Foslival amaliy san'at yarmarkasi doirasida kulolchilik, kandakorlik, kashlachilik, miniatura, o’ymakorlik ustalari ham o’z mahoratlarini namoyish etdilar.
Festivalga 50 ming nafarga yaqin tomoshabin, 15 mingga yaqin mehmonlar tashrif buyurishdi. Ular orasida Rossiya, Fransiya, AQSh, Turkiya, Koreya, Italiya, Yaponiya, Xiloy, Sheiysariya, Bolgariya, Avstriya kabi davlatlardan 100 nafardan ortiq madaniyat va san'at arboblari, olim va tadqiqotchilar, nufuzli xalqaro OAV vakillari, diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar xodimlari bor edi.
Respublikamizda muntazam ravishda o’tkazib kelinayotgan turli xil ko’rik-tanlovlar, Respublika miqyosidagi tadbirlar o’zbek milliy san'at turlarining rivojiga munosib hissa bo’lib qo’shilmoqda. Milliy dorbozlar va an'anaviy sirk san'ati jamoalarining Respublika ko’rik-festivali, Askiyachi va qiziqchilarning an’anaviy Respublika ko’rik-festivali, "O’lan aytgani keldik" nomli an'anaviy folklor san'ati bayrami, Yosh kulollarning Respublika ko’rgazmasi, Qo’girchoqbozlik san'ati bayrami, Xalq ashula va raqs ansambllarining Respublika ko’rik-festivali, "Barhayot navolar" turkumidan milliy cholg’u sozlar ijrochilarining Respublika ko’rik-festivali mamlakatimizning ko’plab viloyatlarida iqtidorli ijrochi yoshlarni kashf etmoqda.
Joylarda milliy qadriyatlar, xalq ijodiyotini targ’ib qilish maqsadida 2006-yildan buyon "Xalq ijodiyoti poyezdi" tashkil etilmoqda. Bu poyezd yordamida respublika ko’rik-tanloviar, festivallar g’oliblarining chekka qishloqlar aholisi bilan ijodiy uchrashuvlari o’tkazilmoqda. Madaniyat poyezdi aholiga madaniy-maishiy xizmat ko’rsatib, xalq ijodiyotining noyob durdonalari (o’lan, lapar, askiya, baxshichilik va foklor san'ati turlari)ni keng omma o’rtasida targ’ib etib bormoqda.
Mustaqillikning birinchi yillaridanoq milliy qadriyatlar, xalq an'analarini tiklash O’zbekistonda davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan muhim vazifaga aylandi. Darhaqiqat, milliy an'analarni tiklash borasida amalga oshirilayotgan tarixiy ishlarimizning qamrovi juda kengdir. An'analar - xalqning tarixiy shakllanishi va rivojlanishi jarayonida yaratilgan va avlodlardan avlodlarga muqaddas meros sifatida o’tib kelayotgan bebaho ma'naviy boyligi hisoblanadi. Milatning asosiy belgilaridan biriga aylangan odatlarni asrash va kamol toptirish har bir avlodning muqaddas burchidir. Ajdodlarimiz an'analari barhayot bo’lishi uchun, eng avvalo, uni kelajagimiz bunyodkorlari - yoshlarimiz ongida barqarorlashtirish lozim. Yoshlar tomonidan ajdodlar an'analarini qadrlanmay qo’yilishi avlodlar o’rtasida ma'naviy uzilishni vujudga keltiradi.
Eng qadimiy xalqlardan biri hisoblangan o’zbeklarning an'analari tarixiy zaruriyat asosida vujudga kelgan, zamon chiqiriqlaridan o’tib, muhim ma'naviy qadriyat sifatida ravnaq topgan. Biroq avloddan avlodga o’tib kelayotgan xalq an'analari sobiq sho’rolar davrida jiddiy to’siqlarga uchragan bo’lsa ham, o’zbek xalqi mustaqillikka erishgandan so’ng, ularga ehtiyoj kuchayib, qayta tiklana boshlandi. Buning natijasida ilgari norasmiy nishonlangan an'analar jiddiy tadqiqot obyektlariga aylanib, milliy an'anaiar haqida qator kitoblar chop etilmoqda. Bu bejiz emas, albatta. Chunki an‘analar xalq ma'naviyatining tarkibiy qismi, muhim axloqiy qadriyat, tarbiya vositasi sifatida xizmat qilmoqda. Xalq an'analari, marosimlar jarayonida namoyon bo’layotgan odob-axloq, mehr-oqibat, izzat-ikrom kabi xislatlar yoshlar ma'naviyatini shakllanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Etnos-millatning asosiy belgilaridan biriga aylangan odatlarni asrash va kamol toptirish har bir avlodning muqaddas burchiga aylangan. An’anaviy xalq bayramlarining tiklanishi o’zbek madaniyati tarixida o’ta muhim voqea bo’lib qolmoqda. Chunki bayramlar hayotning eng yaxshi tomonlarini o’zida mujassamlashtiradigan va aks ettiradigan ko’zgu sifatida xalq madaniyatining yirik va muhim shakli hisoblanadi. Shuning uchun azaliy madaniyatning eng qimmatli tomonlarini qoidalashtirishga zamin yaratildi.
Mustaqillikka erishilgandan so’ng O’zbekiston rahbariyati, eng avvalo, xalqimizning ehtiyoji, orzu-istaklarini hisobga olib, azaliy bayramlarni tiklashga va yangi istiqlol bayramlarini shakllantirishga katta e'tibor bera boshladi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov Farmonlari asosida «Navro'z», «Ro’za hayiti», «Qurbon hayit»lari rasman tiklanib, xalq o’rtasida keng nishonlana boshladi. Shuningdek, istiqlolni sharaflaydigan bayramlar «Mustaqillik kuni» va «Konstitutsiya kuni» joriy etildi. O’z navbatida, O’zbekiston rahbariyati sho’ro davrida paydo bo’lgan barcha bayramlarni taqiqlamadi. Ular orasida umurninsoniy g’oya va qadriyatlarni targ’ib qiluvchi «Yangi yil bayrami», «Xotin-qizlar bayrami» kabilar saqlab qolindi.
Hozirgj vaqtda O’zbekistonning asosiy davlat bayramlari asosan shakllangan bo'lsa-da, azaliy bayramlarni tiklash jarayoni tugagan, deb hisoblash noto’g’ri bo’ladi. Bu borada hali bajariladigan ishlar ham kam emas. Bir tomondan, azaliy bayramlar bilan birga ularga xos odatlar va an'analar tiklanishi darkor. Ikkinchi tomondan, mustaqillik davrida paydo bo’lgan tarixiy - ma'naviy qadriyatlar bilan ham boyitilmog’i lozim.
Xalq an'analarlga oid tadqiqotlarimiz, chunonchi, Markaziy Osiyo xalqlarining ming yil ichidagi yuzga yaqin bayram va marosimlariga oid to’plangan ma'lumotlar tahlili natijasida quyidagilar ma'lum bo’ldi: insonning tabiiy-hayotiy ehtiyojlari asosida paydo bo'lgan marosim va bayramlar asrlar davomida o’z ahamiyatini yo’qotmaydi. Ularga siyosiy vaziyatlar, turli davlat sulolalarining mahv etilishi, hukmdorlar, istilochilarning kelib-ketishlari, hattoki, hududdagi aholi tarkibiy o’zgarishlari ham ta'sir etmaydi. Ikkinchi turkum bayram-marosimlar esa malum vaqtdan so’ng o’zgarishi yoki boshqa yangi bayramlar vujudga kelishiga asos bo’lishi mumkin. Uchinchi guruh marosim va bayramlar esa muayyan davr siyosati, davlat yoki hukmdorlarning xohish-irodasi sifatida vujudga keladi, o’shalar bilan birgalikda yashaydi va o’z tarixiy vazifasini bajarib bo’lganidan so’ng barham topadi.
Oilaviy marosimlar. Ma'lumki, oilaviy marosimlar o’zbek xalq an'analarining asosiy va muhim qismini tashkil etadi. Oilaviy marosimlarning aksariyati bolalar hayotidagi muhim voqealarga bag’ishlangani uchun ham yoshlarning ma'naviy kamol topishida muhim o’rin tutadi.
Ma'lumki, o’zbek xalqi — to’yparast xalq. U to’y qilaman, dasturxon yozib, el duosini olaman, boshqalarni quvonchimga sherik qilaman, degan maqsadda yashaydi. Shuning uchun to’y o’zbek millati hayotida muqaddas hodisa hisoblanadi. Biroq sobiq sovet davrida o’zbek oilaviy marosimlarining bir qismi taqiqlandi, taqiqlash mumkin bo’lmaganlari (masalan, «Nikoh to'yi») yangicha umumsovet an'analari asosida o’zgartirila boshlandi.
Mustaqillik sharoitida bu holatlarni to’g’rilash maqsadida oilaviy marosimlarning asosiy tadbirlari, chunonchi, «ismlash» odati, «chilla» udumlari, «soch to'yi», «tish to'yi», «beshik to'yi», «sunnat to'yi», «muchal yoshi», «nikoh to'yi» kabilarni tiklash uchun yo'l ochildi. Oilaviy qadriyatlarning tiklanish jarayoni milliy-ma'naviy tiklanish jarayonidagi muhim hodisa bo’ldi. Ammo hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida, bir iqtisodiy holatdan ikkinchisiga o’tish paytida oilaviy marosimlarga oid muammoli hodisalar ham ko’zga tashlanmoqda. Masalan, ko’pgina iqtisodiy baquvvat oilalar ortiqcha dabdabali, haddan tashqari ko’p xarajatlar bilan isrofgarchilikka yo'1 qo’yib to’y o’tkazsalar, kam xarajatli oilalar bolalarning rizqini qiyib, qarzga botib to’y qilishmoqda. Ko’pgina marosimlar, masalan, «Beshik to'yi», «Sunnat to'yi» oila, qo'ni-qo'shni va qarindoshlar o’rtasida o’tkazilishi o’rniga, dabdabali bayramga aylantirib yuborilmoqda.
Nikoh to’yiga oid «non sindirish», «kelin ko'rdi», «kelin chorlar», «kuyov chaqirdi» kabi odatlar alohida-alohida tadbirga aylanib ketmoqda. Ular ortiqcha dabdaba va katta xarajatsiz, ixcham shaklda, oila a'zolari, yaqin qarindoshlar ishlirokida o’tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Joylarda katta to’yga aylanib ketayotgan «Tug’ilgan kun», «Beshik to'y», «Sunnat to'y», «Payg’ambar yoshi» kabi marosimlar ham kichik, ixcham, oilaviy tadbir sifatida yaqin qarindosh va qo’ni-qo’shnilar ishtirokida nishonlashni taqozo etadi. Hozirgi davrda egalari o’z boyliklarini targ’ib qiladigan - «Kiyim ko'rdi», «Sarpo yozdi», «Tugun qaytdi», «Eshik ochdi» kabi ortiqcha marosimlardan voz kechish kerak bo’ladi. To’yning moddiy tomoniga emas, balki ma'naviy jihatlariga alohida urg’u berish lozim bo’ladi.
To’y-bazmlarni mazmunli, fayzli, yaxshi badiiy saviyada o’tkazishga ham jiddiy e'tibor berraoq lozim. Joylarda shahar, tuman, xo’jalik rahbarlari yosh kelin-kuyovlarga rnoddiy va ma'naviy yordam berish keraldigini sira ham unutmasligi lozim. Xullas, oilaviy marosimlarga oid muammolar ko’p. Ularni hal qilish uchun joylarda — tuman, shahar, qishloq mahallalarida nuroniy otaxonlar, nufuzli va obro’li kishilardan tashkil topgan oilaviy to’y komissiyalari ishlab turgani ayni muddao bo’lmoqda. Bu kengashlar mahalliy sharoitdan va iqtisodiy ahvoldan kelib chiqib, joylardagi oilaviy marosimlarni munosib rivojlanishiga yordara berishi tabiiydir.
So’nggi vaqtlarda o’zbek odatlarining ijobiy tomonlariga ko’proq diqqat jalb etilib, bu sohada paydo bo’layotgan salbiy asoratlar e'tibordan chetda qola boshlagan edi. Shu sababli O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov bunday salbiy illatlarning oldini olish maqsadida (1998-yil 28-oktabr) maxsus farmon chiqardi. Unda aytilishicha, keyingi vaqtlarda to’y-hashamlar, ma'raka va marosimlarni o’tkazishda mamlakatimizning ko’p joylarida shuhratparastlik, dabdababozlik, isrofgarchilikka yo'1 qo’yish, el-yurt odatlari va an'anarini mensimaslik, o’zini ko'z-ko’z qilish, atrofda yashayotgan odamlarning hol-ahvolini inobatga olmaslik kabi eskidan qolgan asoratlarga yo’l qo’yilmoqda, manmanlikka berilib ketgan havoyilarning nomaqbul harakatlari mahallalarda, istiqomat joylarida sog’lom muhit buzilishiga sabab bo’lmoqda, oddiy odamlarning nafsoniyatiga tegmoqda, ularning adolatga, umuman, davlat hokimiyatiga bo’lgan ishonchiga ziyon yetkazmoqda.
Farmonda keng jamoalchilikning bu boradagi e'tirozlari bisobga olinib, bunday soxta xo’jako’rsinlik, shuhratparastlik odatlari o’rniga, ehtiyojlaridan ortiq mablag’larini xalqimizning azaliy odatlariga amal qilib, xayr-ehson, mehr-muruvvat ko’rsatish, muhlojlarga, beva-bechoralarga yordam berish, turarjoylarini obod qilish, yo’llar, ko’priklar qurish, ishlab chiqarishga sarf qilish — shunday oliyjanob sa'y-barakatlar orqali el-yurt oldida o’zlariga haqiqiy obro' orttirish kabi takliflar va maslahatlar berilgan.
Oddiy mehnatkash xalq ommasi madaniy-ijodiy faoliyat bilan asosan ishdan tashqari, ya'ni bo’sh vaqlida mashg’ul bo’ladi. Endilikda hanuzgacha deyarli o’rganilmagan an'anaviy dam olish madaniyatiga alohida e'tibor berish lozim bo’lmoqda. Shu sababli xalq orasida mashhur bo’lgan mavsumiy dam olish an'analari («Gul sayili», «Suv sayili», «Tog’ sayili», «Bog’ sayili», «Gap-gashtak» kabilar)ga hamda turli tarixiy jarayonlarda madaniy - ma'rifiy hordiq chiqarish maskanlari (Erkaklar uyi, Otashxona, Iydgob, Sherda, Madaniy bog’lar, Tarobxona, Tomoshagoh, Sayilgoh, o’yingoh, Choyxona kabilar) tajribasi diqqatga sazovordir.
Xalq o’yinlari. Xalq an'anaviy madaniyati borasida so’z borganda, yoshlar kamolotida muhim o’rin tutadigan xalq o’yinlariga alohida to’xtalish lozim. Buning sababi quyidagilardan iborat:
birinchidan, o’yinlar — ajdodlarimizning eng qadimiy tarixiy qadriyati, ko’pgina madaniyati shakllari chashmasi — raqs, teatr, sport, marosimlar kabilar aynan o’yinlar zaminida kelib chiqqan va tarixiy jarayonlarda o’yinlar ajdod-avlodlarimizning sog’lomlashtiruvchi vositasi bo’lib kelgan;
ikkinchidan, ota-bobolarimiz xalq o’yinlari va musobaqalari yordamida aqlan raso, ruhan tetik, jismonan baquvvat bo’lib kelgan;
uchinchidan, o’yinlar ma'naviy merosgina bo’lib qolmasdan, zamondoshlarimizni, ayniqsa, yoshlarimizni aqliy, ruhiy va jismoniy barkamol bo’lishida o’ta muhim o’rin tutadigan manbadir.
Biz shunga alohida e'tibor berib, Forish tumanida 1985-yildan boshlab unutilgan xalq o’yinlarini o’rganish (1985-1986-yy.), tiklash (1987-1991-yy.) va targ’ib qilish (1991-1993-yy.) bo’yicha tajribalar olib bordik. Buning natijasida, 100 ga yaqin o’yinlar tiklandi. Mazkur tajriba natijalari an'anaga aylanib, har yili o’tkazilib kelinayotgan «Xalq o’yinlari» bayramlari olimpiadasi, qator filmlar va ommaviy axborot vositalarida, tadqiqotlarda o’z aksini topdi. Tajriba asosida xalq o’yinlarini tiklash va rivojlantirish yo’llari belgilandi.
Respublikamizda xalq o’yinlarining tiklamshida ham aynan Jizzax viloyati Forish tumanining tajribasi diqqatga sazovor boidi. Bu yerda avvaliga bir maktab, qishloq, keyin tuman, so’ngra viloyat va nihoyat, respublika darajasida tiklangan xalq o’yinlari bo’yicha musobaqalaruyushtirildi. Forishda 1994-1996-yiliarda Respublika l-II Olimpiadalari o’tkazilishi o’lkamizning turli joylarida azaliy xalq o’yinlariga bo’lgan qiziqishni kuchaytirib yubordi.
1996-yil Tailand poytaxti Bangkokda bo’lib o’tgan Butun dunyo xalq o’yinlari festivalida O’zbekiston delegatsiyasining qatnashishi, o’zbek xalq o’yinlarining «jahon milliy o’yinlari» guldastasida o’zining munosib o’rin olishiga imkon yaratdi.
Boysunda «Alpomish»ga bag’ishlangan anjumanlar doirasida o’zbek xalq o’yinlari Respublika musobaqa-tomoshalari festivalining uyushtirilishi Alpomish davridagi dostoiilarga ko’chgan xalq o’yinlarini tiklanishida muhim voqea bo’ldi.
Shu narsani quvonch bilan qayd etish kerakki, o’yinni jon-dildan sevadigan yoshlarimiz ajdodlarimizning o’yinlariga katta qiziqish bilan qarashmoqda. Forishda o’tkazilgan olimpiada musobaqalarining ishtirokchilari, asosan, o’spirin-yoshlardan tashkil topdi. Bu esa XX asr o’rtalarida unutilgan an'analar asr oxirida tildanganidan dalolat beradi.
Xalq o’yinlarini tiklash jarayonida ham o’ziga xos muammolar yo’q emas. Masalan, azaliy musobaqalarning sportga yaqin turlariga ko’p e'tibor berilmoqda. Biroq o’yinlarning harakatli tomoniga e'tiborni kuchaytirib, urg’u berib, ruhiy tomoni unutilib qo’yilmoqda. Holbuki, sharq o’yinlarida oldingi o’rinda ruhiyat, keyin jismoniyat turgan. Ajdodlarimiz foydalangan so’z o’yinlari, aqliy, raqsli o’yinlar, sujetli teatrlashtirilgan o’yinlar ham diqqat talab qiladi. Xalqimizda insonni har tomonlama barkamol qiladigan an'analar, o’yinlar, musobaqalar yaratilgan, ulardan nafaqat saralab, balki an'anaviy o’yinlar tizimidan yaxlit shaklda foydalanmoq ham kerak.
Madaniy merosimizning uzviy va ajralmas qismi bo’lgan, avlod-ajdodlarimizga asrlar mobaynida ruh, jon va sog’liq ato etib kelgan xalq o’yinlarini tiklash va ulardan foydalanish milliy qiyofamiz, ma'naviyatimiz va qadriyatimizni yuksaltirish demakdir. Ularni ko’z qorachig’idek asrash, e'zozlash va ulardan oqilona foydalanish - mamlakatimiz har bir fuqarosi uchun muqaddas ishdir. An'anaviy xalq madaniyati va uning asosiy ko’rinishlari (xalq donish-mandligi, e'tiqodi, pedagogikasi, an'analari, ijodi, dam olish madaniyati, o’yinlari kabilar) insoniyatning tarixiy ehtiyojlari asosida vujudga kelib, xalq hayotida o’zining munosib o’rnini topgan, avloddan avlodga meros boiib o’tgan, takomillashib, ijtimoiy taraqqiyotda muhim o’rin tutgan. Ular hozirgi zamonda ham jamiyatni ma'naviy kamol toptirish uchun muhim omil sifatida xizmat qiladi. Shuning uchun ajdodlarimizning bu bebaho merosini yanada chuqurroq o’rganishimiz, tiklashimiz va kamol toptirishimiz uchun aql, kuch va g’ayratimizni ayaraasligimiz lozim.
Xullas, asrlar osha shakllanib, avloddan avlodga ma'naviy meros sifatida o’tib, rivojlanib kelgan urf-odatlar, marosimlar va bayramlarni saqlamasdan milliy tiklanish jarayonini amalga oshirish qiyin. Shu sababli bu borada jiddiy ilmiy va amaliy ishlarni amalga oshirish lozim. Jumladan, Respublika, viloyat, tuman, shaharlar miqyosida milliy an'analarni saqlash, tiklash va rivojlantirish kengashlarini tuzish maqsadga muvofiq bo’lardi. Ular milliy an'analar muammolarini muntazam ravishda hal qilib borishga o’z hissalarini qo’shib boradilar.
Xalq madaniyatiga oid vazifalar. Ma'lumki, hayot o’z joyida bir maromda turmaydi. Taraqqiyot xohlaymizmi-yo’qmi, oldimizga muayyan muammolarni qo’yib turadi.
Albatta, ijtimoiy-ma'naviy sohalarning biri — xalq an'analari doirasida ham yutuqlar bilan birga o’ziga xos muammolar mavjud. Ma'naviyat sohasida vujudga kelayotgan masalalarni hal qilmasak, ular borgan sari kattalashib va murakkablashib boraveradi va taraqqiyotga to’sqinlik qiladi. Quyida ma'naviyat sohasining eng muhim masalalariga to’xtalamiz.
Birinchisi: madaniyat amaliyotini ravnaq toptirish uchun, eng avvalo, bu sohaning ilmini rivojlantirish lozim. Shunday qilsak, madaniyat ilmi bu soha amaliyotida vujudga kelgan muammolarni aniqlash va hal qilishga ko’mak beradi. Gap shundaki, madaniyat muammolarini bevosita tadqiq etadigan maxsus markaz hozirgaclia respublikamizda yo’q. Bu sohaga yaqin tashkilotlar, muassasalar (masalan, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashi markazlari, Respublika madaniy-ma'rifiy ishlar va xalq ijodi ilmiy-metodik markazi, Ta'lim markazi, San'atshunoslik instituti, Til va adabiyot instituti va boshqalar) asosan o’z yo’nalishida tashkiliy va taig’ibot ishlari, milliy g’oya va mafkura, ma'naviyat targ’iboti masalalari, san'at, adabiyot, til, xalq ijodi bo’yicha xususiy tadqiqotlar bilan mashg’ul bo’lib, ular bevosita madaniyat muammolari bilan maxsus shug’ullanilmaydilar. Bu ish ularning vazifalariga kirmaydi ham. Xullas, madaniyatning umumiy va o’ziga xos muammolari bilan shug’ullanadigan maxsus ilmiy-tadqiqot markazi tuzilsa, u xalq madaniyatining amaliy ravnaq topishiga xizmat qilgan bo’lar edi.
Ikkinchisi: muammo ma'naviyatning moddiy zaminini mustahkamlash bilan bog’liq. Ayonki, madaniyatsiz (chunonchi, uning tarkibiy qismlari — ilm, fan, ma'rifat, axloq, din, san'at kabilarsiz) moddiy hayotni taraqqiy etishi qiyin bo’ladi. O’z navbatida, madaniyat ham moddiy zaminsiz yashay olmaydi. Agar ma'naviyatning moddiy «tomiri» bo’sh bo’lsa, u yaxshi ravnaq topa olmaydi. Har bir ma'naviyat sohasidagi mutaxassis o’z kasbiga yengil qarasa, natijada ma'naviyat taraqqiy etmasligi ma'lum. Ma'naviyat yaxshi taraqqiy etmasa, moddiy sohada ham rivojlanish bo’lmaydi. Shunday ekan, ma'naviy qadriyatlar bilan shug’ullanayotgan mutaxassislar moddiy va ruhan qadrlab turilsa, ularning asosiy vaqti va harakati ma'naviyat taraqqiyotiga sarflanadi.
Shuning uchun ham respublikamizda ma'naviyat sohasi mutaxassislarini moddiy va ma'naviy rag’batlantirish ishiga jiddiy e'tibor qaratilmoqda.
Uchinchi muammo mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bilan bog’liq. Malumki, fuqarolarni ma'naviy kamol toptirish uchun madaniyat maskanlari tizimidan mahorat bilan foydalanish kerak. Bunday tizim hali mukammal bo’lmasa-da, biroq mavjud teatr, konsert zallari, klub, madaniyat uylari, muzey, kutubxona, istirohat bog’lari kabi maskanlar insonni ma'naviy kamol toptirish uchun ulkan imkoniyatlarga ega. Ammo joylarda ularga kerakli darajada e'tibor berilmayotganligi uchun ular faoliyatsizlanib qolmoqda. Ko’pgina teatr, klub, kutubxona va boshqa maskanlarga odamlar deyarli kirmay qo’ygan. Xullas, joylarda aholining ma'naviy kamol topishiga ko’maklashish uchun, bir tomondan, madaniyat maskanlari tizimini mukaminallashtirish, ikkinchidan, mavjud madaniy maskanlar imkoniyatlaridan samarali foydalanishimiz darkor.
Vazirliklar, hokimiyat kabi joylarda mutaxassislardan tashkil topgan maslahatchi kengashlar tuzilsa, ayni muddao bo’lar edi. Ayniqsa, bunday maslahatchi kengashlar ma'naviyat sohasiga juda zarur.
Tarixiy jarayonda ziyoli-mutaxassislar ijtimoiy hayotni taraqqiy ettirishda asosiy o’rin tutgani barchaga ma'lum. Ajdod-bobokalonlarimiz — Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Bobur, Ulug’bek, Fitrat kabi buyuk ma'naviyat darg’alari jahonga mashhur ishlarni amalga oshirib, nafaqat vatanimiz, balki butun insoniyat taraqqiyotiga o’z hissalarini qo’shganlar. Bugungi kun ziyolilari ham mustaqil O’zbekiston taraqqiyotiga o’z munosib hissalarini qo’shadilar, deb umid qilamiz.
An'anaviy xalq madaniyatini kamol toptirish yo’llari. An'anaviy madaniyatni tadqiq qilishdan asosiy maqsad, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan bebaho merosni asrash va taraqqiy ettirishdan iborat. Shuning uchun tadqiqot natijalari asosida xalq manfaniyati an'analarini tiklash va rivojlantirishga oid asosiy yo’nalishlar, shoxobchalar va ijtimoiy madaniy uslubiyatlardan tashkil topgan tendensiyalarni aniqlashga intildik.
An'anaviy xalq madaniyatini tiklash va taraqqiy ettirish tendensiyalari tarkibida uch bosh yo’nalish mavjud:
Birinchi yo’nalish — odamlar istiqomat qilayotgan joylarda, oilalarda bebaho qadriyatlarni saqlash va rivojlantirish;
Ikkinchi yo’nalish — davlat madaniyat muassasalari - klub, madaniyat uyi, kutubxona, muzey, madaniyat va istirohat bog’lari, madaniy markazlarda ma'naviy merosni tiklash va taraqqiy ettirish;
Uchinchi yo’nalish esa xalq madaniyati an'analarini yuqori pog’onalarda — tuman, viloyat, respublika va xalqaro miqyosda targ’ibot qilish yo’llarini takomillashtirish.
Uch yo’nalish ham, o’z navbatida, uch asosiy shoxobchaga bo’linadi. Ularning zaminida umumiy ijtimoiy-madaniy uslubiyat ishlab chiqildi. U to’rt pog’onali jarayondan tashkil topdi.
Xullas, an'anaviy xalq madaniyatini saqlash, tiklash va kamol topdirish uchun quyidagi pog’onalarda ish olib borish lozim:
1. Xalq madaniyati durdonalarini tarixiy-ma'naviy meros sifatida, asl holida, an'anaviy shaklda asrash;
2. Zamonaviy (jumladan, boshqa xalqlardan o’tgan) madaniy shakllarni an'anaviy elementlar hisobiga boyitish;
3. Xalq an'analari asosida o’ziga xos zamonaviy milliy madaniyat shakllarini bunyod qilish;
4. Kelajakda xizmat qiladigan, istiqbolli, yangi etnomadaniyat durdonalarining yaratilishi uchun sharoitlar hozirlash.
Mazkur jarayon an'anaviy xalq madaniyatini keng ko’lamda taraqqiy ettirishga samarali xizmat qiladi.
Yüklə 33,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə