O`zbekison respublikasi fan va innavatsiyalar vazirligi toshkent gumanitar fanlar universiteti



Yüklə 48,78 Kb.
səhifə2/6
tarix27.09.2023
ölçüsü48,78 Kb.
#124041
1   2   3   4   5   6
ravish yasalishi mustaqil ish

Affiksatsiya usuli. Bu usulga ko‘ra, ot, sifat, son, olmosh va fe’lning sifatdosh, harakat nomi shakllariga maxsus ravish yasovchi qo‘shimchalar qo‘shish bilan ravishlar yasaladi. Ravishlar, asosan, quyidagi yasovchi qo‘shimchalar vositasida yasaladi:
-cha: ot, sifat, olmosh, sifatdosh va ravishlardan ravish yasaydi: inglizcha, vaqtincha, yaxshilikcha, yangicha, sencha, shuncha, istagan-cha, yugurgancha, hozircha, butunicha, ko‘pincha, keyincha. Ravish yasovchi -cha affiksi to‘g‘ridan- to‘g‘ri o‘zak-negizga qo‘shilib kela olganidek, ba’zi so‘z o‘zgartuvchi va shakl yasovchilardan keyin qo‘shilishi ham mumkin: ista+gan+cha, butun+i+cha, o‘z+i+cha, biz+ning+cha.
-larcha affiksi yordamida yasalgan ravishlar ma’no tomonidan –cha affiksi bilan yasalgan ravishlardan deyarli farq qilmaydi. Biroq –larcha asosan, ot va sifatlardan ravish yasaydi: o‘rtoqlarcha, bolalarcha, vaxshiylarcha, aybdorlarcha, yovuzlarcha. Bu affiks sifatga qo‘shilgan-da belgi bildiruvchi so‘z otga xos ma’noga ega bo‘ladi: telbalarcha, mardlarcha.
-chasiga, ma’no jihatdan –cha, -larcha affikslariga nisbatan harakat belgisining to‘liq o‘xshashligini bildiradi va ot hamda ba’zi sifatlardan ravish yasaydi: dehqonchasiga, qishloqchasiga, samarqandchasiga, ochiqchasiga, mardchasiga.
-iga\-siga: ot, sifat, olmosh, ravish va ravishdoshlardan ravish yasaydi: qatorasiga, uzunasiga, tikkasiga, ko‘tarasiga, ko‘ndalangiga, shunaqasiga.

  • lab: ot, sifat, son kabi turkum so‘zlardan ravish yasaydi: oylab, bo‘g‘inlab, yaxshilab, ko‘plab, bittalab, botmonlab.

  • ona: ba’zi bir ot, sifatlarga qo‘shilib ravish yasaydi: fidokorona, ojizona, mardona, xolisona, faqirona.

  • an: otlardan ravish yasaydi: majburan, qisman, tamoman, tasodifan.

  • siz, be: ot va fe’lning harakat nomi shakllaridan ravish yasaydi: to‘xtovsiz, beto‘xtov, ruxsatsiz, beruxsat, tinimsiz, betinim. Bu affikslar bevaqt, begumon kabi o‘zaklar asosida yasalganda ma’nodoshlikka ega bo‘lmaydi.

Bulardan tashqari,-n \- inertan, kechin; inchako‘pincha; – ligichatirikligicha, butunligicha-lay \- layinbutunlay, tiriklayin; –day (dek)qushday (uchmoq) toshday (irg‘itmoq) kabi yasovchi affikslar bilan ham ravishlar yasaladi.

Yüklə 48,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə