O`zbekison respublikasi fan va innavatsiyalar vazirligi toshkent gumanitar fanlar universiteti



Yüklə 48,78 Kb.
səhifə5/6
tarix27.09.2023
ölçüsü48,78 Kb.
#124041
1   2   3   4   5   6
ravish yasalishi mustaqil ish

3-§.Semantik usul. Tilimizda ba’zi turkumiga mansub so‘zlar jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigi qo‘shimchalarini olgan holda yoki hech qanday vositasiz ravishga ko‘chishi mumkin. Xususan, kelishik affikslari vositasida quyidagi turkumga mansub so‘zlar ravishga ko‘chadi: 1) otlar jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigi qo‘shimchalarini olgan holda: oraga, orada, oradan, tubdan, tongdan, tongda, orqadan, orqaga, chetdan, chetga, chetda; 2) sifatlar jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigi qo‘shimchalarini olgan holda: uzoqqa, uzoqdan, uzoqda, yaqinda, yaqindan, yaqinga,chindan, pastdan, quyiga, quyida, yolg‘ondan; 3) ko‘rsatish olmoshlari o‘rin-payt, chiqish kelishigi qo‘shimchalarini olgan holda ravishga ko‘chadi: unda- bunda, o‘shanda, shundan, bundan; 4) bo‘lishsiz shaklidagi schifatdoshlar chiqish kelishigi qo‘shimchasini olgan holda: shoshmasdan, indamas-dan, charchamasdan, yiqilmasdan; 5) bir soni jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigi qo‘shimchalarini olgan holda: birdan, birga, birda. Bundan tashqari, erta, indin, kecha, burun kabi otlar; yaqqol, tugal, bafurja, uzluksiz, to‘xtovsiz kabi sifatlar; osha, o‘ta, qo‘sha, qayta kabi ravishdoshlar; shartta, tappa, chippa kabi taqlid so‘zlar hech qanday vositasiz tug‘ridan-to‘g‘ri ravishga ko‘chib yangi ma’noga ega bo‘ladi.
Harakat va holatning belgisini, belgining belgisini (sifat va ravishning), ba’zan predmetning (ot) belgisini bildiradigan mustaqil so`z turkumi ravish deyiladi. Masalan: Qutlug`jon tez orada o`zbekcha biyron-biyron gaplasha boshladi (O.). Ko`kday bepoyon mening Vatanim (Q.Hikmat). Sifat so`z turkumi kabi ravish ham belgi bildiradi. Lekin sifat, asosan, predmetning belgisini, ravish esa, asosan, ish-harakatning belgisini, belgining belgisini bildiradi. Ravish ish-harakatning bajarilish tarzi (astoydil urindi), payti (hozir keldi), o`rni (yuqoriga intildi), miqdori (kam gapirdi), darajasi (nihoyatda achindi), sababi (noiloj ko`ndi) va maqsadi (jo`rttaga indamadi)ni anglatadi. Ayrim ravishlar ba’zan otga bog`lanib, predmetning noaniq miqdorini (ko`p kitob), sifat va ravishning o`ziga bog`lanib, belgini kuchini; darajasini, o`xshashligini (obdon pishiq, ancha ilgari, toshday qattiq) ifodalaydi. Shu ma’no xususiyatlariga ko`ra ravish qanday? qay tarzda? qachon? qayerga? qayerda? qayerdan? qancha? qay darajada? nega? nima maqsadda? kabi so`roqlariga javob bo`ladi. Ravish o`ziga xos grammatik xususiyatlarga ega: 1) ravish boshqa so`z bilan bog`lanib kelganda morfologik jihatdan o`zgarmaydi (so`z o`zgartiruvchi affikslarni olmaydi). Lekin ma’lum kelishik yoki egalik kelishik shaklida (qotib qolgan holda) ravishga ko`chgan so`zlar mavjud: kunda, yiliga, kunduzi, chindan, rostdan, yaqinda, birdan, birga kabi. 2) ravish belgi bildiruvchi so`z bo`lgani uchun sifat kabi belgini (harakatning belgisini) darajalab, chog`ishtirib ko`rsatish xususiyatiga ega. Biroq ravishlarda daraja anglatish sifatlardagi kabi taraqqiy qilgan emas. Ravish ham uch daraja ko`rinishiga ega: oddiy daraja, qiyosiy daraja, orttirma daraja. Daraja ma’nosi sifat darajalaridagi vositalarning o`zi bilan ifodalanadi. Belgini darajalab ifodalash, asosan, holat ravishlari (ayrim payt va miqdor)ga xos. Oddiy daraja. Oddiy darajada ravish ish-harakat belgining normal holatda (chog`ishtirilmagan holatda) ekanligini bildiradi va o`ziga xos morfologik ko`rsatkichga emas: Usmonjon gunoxkorona jilmaydi (S.Z.). Qiyosiy daraja. Qiyosiy darajadagi ravish harakat belgisining boshqa belgi bilan chog`ishtirish orqali belgining kamligi, kuchsizligi, ko`pligi, ya’ni kuchaytirish ma’nosini ko`rsatadi va ravishlarga -roq affiksini qo`shish bilan hosil qilinadi: astaroq, ozroq, barvaqtroq, keyinroq kabi: Zaynab ilgariroq, Kumush keyinroq ichkariga kirishdi (A.Qodiriy). Ba’zan qiyosiy darajadagi ravishdan oldin sal, yana, tobora kabi ravishlar keladi. Bunday holda kuchaytiruv va kuchsizlantiruv ekspressiv yo`l bilan yanada orttirilgan bo`ladi: Sal burunroq o`tkazilsa, ancha bo`y bergan bo`ladi (Sh.Rashidov). Orttirma daraja esa ravishdan oldin juda, nihoyatda, eng, hammadan kabi so`zlarni keltirish bilan hosil qilinadi va harakat belgisining normal holatdan o`ta ortiqligini, kuchaytirilganligini ifodalaydi: Bu yurtda eng avval senda tong otar, Eng keyin tark etar seni quyoshing (E.Vohidov). Imon bilan amal bir-biriga juda yaqindir. Ular birbirisiz durust emas (Hadisdan). 3) ravishning fe’lga bog`lanib, gapda ko`pincha hol vazifasida kelishi, uning asosiy grammatik xususiyatlaridan biri sanaladi: Ogahiy yaratgan she’riy misralar o`zining serjiloligi bilan kishilarni hamon o`ziga rom qilib kelmoqda (Kaykovus). 4) ravish sifat va ravishga, ba’zan otga bog`lanib kelib, belgini belgisini bildiradi, gapda sifatlovchi-aniqlovchi vazifasi bajaradi: Tog`day og`ir bilak berdim... (H.O.). Ba’zi ravishlar otga ham bog`lanib, uning belgisini ko`rsatadi va sifatlovchi aniqlovchi vazifasini bajaradi. Fe’lga bog`lanib, harakatning belgisini bildirgan sifatlar ravish so`z turkumiga o`tib ketmagani kabi, otga bog`langan ravishlar ham sifat turkumiga o`tmaydi: U ancha jo`yaklarni oraladi, ancha qovunlarni ushlab, qay birini uzishni bilmadi (O.). Yetti qizning onasi haligacha kelinchak (Topishmoq). 5) ravish otlashish xususiyatiga ega, ya’ni ravish bog`lanib kelgan ot gapda qo`llanmasligi mumkin. Bunday holda ravig otga xos egalik, kelishik, ko`plik affikslarini qabul qiladi va gapda ot kabi ega, qaratuvchi-aniqlovchi, to`ldiruvchi vazifalarida keladi: Ko`pni ko`rgan ko`hna dunyoda Baxt axtarib ko`plar o`tdilar (H.O.). Ilm ko`pga etkazar, hunar esa ko`kka (Maqol). Har bir ishimizdan ertaning shabadasi kelib turibdi, o`g`lim (O.). Ravishlarda otlashish hodisasi, asosan, holat, miqdor belgisini (ba’zan payt belgisi) bildiruvchi ravishlarga xos. 6) ravish gapda hukm tushunchasini anglatib bosh bo`lak ot kesim vazifasida ham keladi: Odam har qancha olim bo`lsa ham, uning o`zi sezmagan kamchiliklari ko`p («Oz-oz o`rganib dono bo`lur»). 7) ravish so`z yasalish xususiyatiga ega. Ravish yasovchi maxsus so`z yasovchi affikslar mavjud: do`stona, yangicha, tasodifan, butunlay kabi. Bunday usul bilan ravish yasalishi morfologik usul sanaladi. Ravish sintaktik usul bilan ham yasaladi: bir oz, har gal, bir yo`la, dam-badam kabi. 8) ravishlarda modal ma’no yasalishi ham mavjud. Bunday shaklda kelgan ravishlar harakat belgisining kuchsizligi, ta’kid, noaniqlik kabi ma’nolar anglatadi. Bu modal ma’no sintetik shakl orqali hosil qilinadi, ya’ni ravishga -roq, -gina (-kina, -qina) affikslarini qo`shish orqali: ko`proq, endigina, sekingina, kechagina kabi hamda ravishlarni aynan takrorlash yo`li bilan hosil qilinadi: asta-asta, tez-tez, sal-pal. Men ko`proq uni ko`rish niyatida yurar edim, lekin o`ylaganim bo`lmadi (P.Qodirov). Hasanali sekingina daricha ostig`a yotib hujra ichiga quloq soldi (A.Qodiriy). CHiqsak ham Sulton amaki bilan chiqardik. Sekin-sekin unga o`rgana boshlagandik (H.Nazir).
Murakkab ravish tubandagicha yasaladi:

  1. o'rin, payt ma'nosidagi so'zlar yoki so'roq olmoshi oldidan o'z ma'nosini, mustaqilligini va urg'usini saqlagan har, hech, bir so'zlarini keltirish bilan: har vaqt, har qachon, har dam, har gal, har zamon, bir lahza, bir oz, bir yo'la, bir zamon, bir zum, bir nafas, bir ёqqa, hech vaqt, hech qachon kabi;

  2. o'z leksik ma'nosini saqlagan so'z formalarining aniqlovchi-aniqlanmish munosabatidan, birikishidan ham murakkab ravish hosil bo'ladi: hamma vaqt, o'tgan kun(y), shu zahoti, tunov kun, kuni kecha, shu yerda, bu yerga, bu ёqdan kabilar.

Juft ravishi ikki so'zning teng bog'lanishidan yasalgan ravishdir. Juft ravish quyidagicha yasaladi:

  1. ma'nodosh so'zlardan: asta-sekin, eson-omon, ochiq-oydin, uzil-kesil kabi.

  2. qarama-qarshi ma'noli so'zlardan: qishin-yozin, ostin-ustun, ochin-to'kin kabi.

  3. Juft ravishlarning ba'zilari otlarni, olmoshlarni o'rin kelishiklaridan birida takrorlash orqali yoki -ma, -ba elementi bilan takrorlash orqali ham yasaladi: ko'pdan-ko'p, yildan-yilga, shundan-shunga, yuzma-yuz, ko'chama-ko'cha kabi.

Bunday ravish harakatning bajarilish usulini, holatini anglatadi.Ma'lum sintaktik sharoit tufayli ravishlarning ko'p qismi boshqa so'z turkumlaridan ko'chgan. Ravishga ko'chish hodisasi deyarli barcha mustaqil so'zlarda mavjud. Bunday so'zlarning ma'lum kelishik yoki egalik formasida «qotib qolib», o'z turkumi ma'nosini yo'qotishi, ma'lum bir sintaktik vazifa bilan (hol vazifasi bilan) cheklanib qolishi katta rol o'ynaydi. Jo'nalish, o'rin-payt, chiqish kelishigi III shaxs egalik formasi anna shunday xususiyatga ega. Shu yo'l bilan otlar (kunda, kuniga, kunduzi, olg'a, orqaga kabi), sifatlar (yangidan, yaqindan kabi), sonlar (birdan, birga kabi), fe'llar (o'ta kabi) ravishga ko'chgan-ravish bo'lib qolgan.
Ravishlarda modal forma yasalishi.
Qiyos qilinmagan harakat (yoki predmet) belgisining odatdagi miqdordan kam ekanligi, noaniqligi, belgiga munosabat kabi modal ma'nolar -roq, -gina(-kina,-qina) affikslari orqali ifodalanadi: Masalan: ko'proq, ozroq, sekinroq, ko'pgina, andakkina kabi.
Qiyos qilinmagan belgining kuchliligi, takrorlanib turishi, sifatlarda bo'lganidek, juda, nihoyatda, behad, g'oyat kabi daraja ravishlarini boshqa ravishlarning oldidan keltirish bilan yoki ravishlarni takrorlash bilan ifodalanadi. Bunday ravishlar kuchaytirma ravishlar deyiladi.
Masalan: juda ko'p, juda oz, juda tez, nihoyatda sekin, behad jim, g'oyat sekin, kam-kam, tez-tez, ko'p-ko'p kabi.

Ravishlarning uzoq davrlar mobaynida so‘z turkumlari sirasida o‘z o‘rnini topa olmagani va hanuz bu borada fikrlar qat’iy emasligining asosiy sababi “ravishlashish” yo‘llarining ko‘pligidir. Ayni paytda mavjud darslik va qo‘llanmalarda so‘z turkumi sifatida umumiy grammatik ma’nosi “Asosan harakatning, qisman predmetning belgi, miqdor yoki holatini bildiruvchi o‘zgarmas so‘z” deb berilayotgan ravishning ta’rifiga tushadigan sof ravishlar o‘zbek tilida sanoqli. Ravish faqat affiksatsiya yoki kompozitsiya yo‘li bilan emas, balki katta miqdorda ko‘chish — reduplikatsiya, konversiya, morfologizatsiya hisobidan kengayib bormoqda.




Yüklə 48,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə