O`zbekison respublikasi fan va innavatsiyalar vazirligi toshkent gumanitar fanlar universiteti



Yüklə 48,78 Kb.
səhifə3/6
tarix27.09.2023
ölçüsü48,78 Kb.
#124041
1   2   3   4   5   6
ravish yasalishi mustaqil ish

2-§. Kompozitsiya usuli. Bu usul bilan turli turkumga mansub so‘zlarning qo‘shilishi yoki juftlanishi, takrorlanishi orqali ravishlar yasaladi. Qo‘shma ravishlarning yasalishida quyidagi so‘zlar faol ishtirok etadi: 1) u, bu, shu, o‘sha kabi ko‘rsatish olmoshlaridan so‘ng o‘rin-payt, chiqish kelishigidagi yer, yoq, ora, o‘rta so‘zlarini keltirish orqali: u yerga, shu yerdan, o‘sha yoqdan, bu orada, shu o‘rtada kabi; 2) bir so‘zining bosh yoki o‘rin-payt, chiqish, jo‘nalish kelishigidagi so‘zlar bilan qo‘llanishi orqali: bir oz, bir talay, bir vaqt, bir yo‘la, bir onda, bir zumga, bir boshdan, bir chekkadan, bir talay kabi; 3) har belgilash olmoshiga bosh va o‘rin-payt, jo‘nalish kelishigidagi so‘zlarni qo‘shish orqali: har yoqqa, har yerda, har tomon, har onda, har lahzada, har qayerda, har safar kabi.
Turli turkumlarga mansub so‘zlarning juft va takror holda qo‘llani-shi asosida ham ravishlar yasaladi. Bunda quyidagi turkum so‘zlarining juft va takror holda qo‘llanishi kuzatiladi: 1) ot+ot: qator-qator, yildan-yilga, tun-kun, navbatma-navbat, qadam-baqadam; 2) sifat+sifat: eson-omon, pishiq-pishiq, ochiqdan-ochiq, uzindan-uzoq, zo‘r-bazo‘r; 3) fe’l+fe’l: uzil-kesil, ag‘dar-to‘ntar, olmoq-solmoq, bilinar-bilinmas, qo‘yarda-qo‘ymay, turib-turib, ozib-yozib, qayta-qayta; 4) ravish+ravish: nari-beri, oldinma-keyin, birin-ketin, unda-bunda, hali-beri; 5) olmosh+olmosh: o‘zidan-o‘zi, o‘z-o‘zidan, o‘z-o‘zicha; 6) aralash holda: ochiq-oydin, to‘la-to‘kis, vaqt-bevaqt, chornochor; 7) yordamchi so‘zlar ishtirokida: apil-tapil, taqa-taq, shartta-shartta.
3-§.Semantik usul. Tilimizda ba’zi turkumiga mansub so‘zlar jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigi qo‘shimchalarini olgan holda yoki hech qanday vositasiz ravishga ko‘chishi mumkin. Xususan, kelishik affikslari vositasida quyidagi turkumga mansub so‘zlar ravishga ko‘chadi: 1) otlar jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigi qo‘shimchalarini olgan holda: oraga, orada, oradan, tubdan, tongdan, tongda, orqadan, orqaga, chetdan, chetga, chetda; 2) sifatlar jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigi qo‘shimchalarini olgan holda: uzoqqa, uzoqdan, uzoqda, yaqinda, yaqindan, yaqinga,chindan, pastdan, quyiga, quyida, yolg‘ondan; 3) ko‘rsatish olmoshlari o‘rin-payt, chiqish kelishigi qo‘shimchalarini olgan holda ravishga ko‘chadi: unda- bunda, o‘shanda, shundan, bundan; 4) bo‘lishsiz shaklidagi schifatdoshlar chiqish kelishigi qo‘shimchasini olgan holda: shoshmasdan, indamas-dan, charchamasdan, yiqilmasdan; 5) bir soni jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigi qo‘shimchalarini olgan holda: birdan, birga, birda. Bundan tashqari, erta, indin, kecha, burun kabi otlar; yaqqol, tugal, bafurja, uzluksiz, to‘xtovsiz kabi sifatlarosha, o‘ta, qo‘sha, qayta kabi ravishdoshlar; shartta, tappa, chippa kabi taqlid so‘zlar hech qanday vositasiz tug‘ridan-to‘g‘ri ravishga ko‘chib yangi ma’noga ega bo‘ladi.
-chasiga, ma’no jihatdan –cha, -larcha affikslariga nisbatan harakat belgisining to‘liq o‘xshashligini bildiradi va ot hamda ba’zi sifatlardan ravish yasaydi: dehqonchasiga, qishloqchasiga, samarqandchasiga, ochiqchasiga, mardchasiga.
-iga\-siga: ot, sifat, olmosh, ravish va ravishdoshlardan ravish yasaydi: qatorasiga, uzunasiga, tikkasiga, ko‘tarasiga, ko‘ndalangiga, shunaqasiga.
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə