O‘zbekiston davlati va huquqi asoslari 1 O. Karimova, N. Ismatova, sh. Sariqov, O. Amanova o‘zbekiston davlati va huquqi asoslari


EKSPERTIZA — muayyan masalalarni ekspertlar tomo nidan tekshirib  o‘rganilishi. EKSTERNAT



Yüklə 9,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/165
tarix22.05.2022
ölçüsü9,06 Mb.
#87660
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   165
EKSPERTIZA
— muayyan masalalarni ekspertlar tomo nidan tekshirib 
o‘rganilishi.
EKSTERNAT 
(lotin)
 —
tashqi, begona, o‘quv yurtida bevo sita o‘qima gan 
shaxslar uchun o‘quv kursi bo‘yicha imtihonlarni topshirish uchun belgilangan 
tartib.
EMANSIPATSIYA 
(lotin) 

jabr-zulmdan, qaramlikdan, xurofotdan qutulish, 
teng huquqlikka erishish, ozodlikka chiqish.
FARMON
— davlat boshlig‘i tomonidan chiqariladigan hujjat.
FARMOYISH
— davlatni boshqarish hujjatlari turlaridan biri.
AYRIM YURIDIK ATAMALARNING IZOHLI LUG‘ATI
http:eduportal.uz


186
FARZ 
(arab) — burch, majburiyat, hamma musulmonlar bajarishi shart bo‘lgan 
talablar va normalarni anglatuvchi diniy-huquqiy kategoriya.
FIRIBGARLIK
— aldash va boshqa yo‘llar bilan o‘zgalar mulkini g‘arazgo‘ylik 
maqsadida egallash.
GUVOH
— ro‘y bergan hodisani shaxsan o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan, bilganlarini 
aytib berish uchun sudga chaqirilgan kishi.
HADYA
— shaxsning o‘zga shaxs foydasiga o‘z mulkini bepul berish haqidagi 
shartnoma.
HAKAM
— tarafl ar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni sudsiz bartaraf etuvchi, 
kelishtiruvchi, xolis vositachi.
HUKM 
— ayblanuvchiga jazo berish yoki uni oqlash to‘g‘ri sida chiqarilgan sud 
qarori.
HUQUQ
— davlat tomonidan belgilangan va muhofaza etiladigan qonun-
qoidalar tizimi.
HUQUQIY MUNOSABAT
— ishtirokchilarning huquq va burchlarini 
belgilaydigan, qonun normalari bilan tartibga solina digan ijtimoiy muno sabat.
JABRLANUVCHI
— jinoiy harakati natijasida zarar ko‘rgan shaxs.
JARIMA
— aybdordan davlat daromadiga qonunda belgi langan miqdorda pul 
undirishdir.

Yüklə 9,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə