O'zbekiston hududida amal qiluvchi tarif rejalari, tarif paketlari va opsiyalar. Tarifikatsiyaning asosiy prinsiplari


«Cheklanmagan SMS-xabarlar» opsiyasi (“Option Unlimited Messages”)



Yüklə 236,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix23.02.2023
ölçüsü236,65 Kb.
#101350
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
o-zbekiston-hududida-amal-qiluvchi-tarif-rejalari

«Cheklanmagan SMS-xabarlar» opsiyasi (“Option Unlimited Messages”) 
Tarif paketiga ulangan Mijoz «Cheklanmagan SMS xabarlar» xizmatini ulab olishi mumkin. 
Mijozga O'zbekiston raqamlariga cheklanmagan miqdorda SMS jo'natish imkoniyati taqdim 
etiladi. 


Xizmat uchun abonent to'lovi 7000 so'mni tashkil qiladi. Pul mablag'lari xizmat ulanishi vaqtida 
Shaxsiy hisobvaraqdan bir vaqtning o'zida yechib olinadi. 
Xizmat ulangan vaqtidan boshlab, Tarif paketining Hisob-kitob davri tugashigacha amal qiladi. 
Agar Mijoz ulangan Tarif paketining Hisob-kitob davri tugagach u avtomatik ravishda uzaytirilsa
xizmat ham avtomatik ravishda yangi Hisob-kitob davriga uzaytiriladi. 
Opsiya avtomatik ravishda uzaytirilishini Mijoz o'zi istagan payt Ilovada yoki 
Qo‘llab-quvvatlash 
markaziga murojaat qilgan holda o'chirib qo'yishi mumkin.
«Cheklanmagan Ilovalar» opsiyalari 
Tarif paketiga ulangan Mijoz Tarif paketiga quyidagi Cheklanmagan Ilovalar xizmatlarini ulab 
olishi mumkin: 
«Cheklanmagan Instagram», «Cheklanmagan PUBG», «Cheklanmagan 
TikTok», «Cheklanmagan Telegram», «Cheklanmagan Whatsapp», «Cheklanmagan IMO», 
«Cheklanmagan YouTube». 
Xizmatga ulanishda tegishli resurs trafigi (rasmiy mobil ilova orqali ham, brauzer orqali ham) 
Tarif paketining gigabaytalarini sarflamaydi va hatto Tarif paketi doirasida taqdim etilgan trafik 
gigabaytlari tugaganidan keyin ham tezlik bo'yicha cheklovlarsiz ishlaydi. Mijoz o'zi istagan 
miqdorda Cheklanmagan ilovalar xizmatlarini ulab olishi yoki birortasini ham ulamasligi mumkin. 
Cheklanmagan ilovalarni ulash ilova ichidagi kontent obunasini xarid qilishni o'z ichiga olmaydi. 
3-sonli jadval 
Cheklanmagan Ilovalar opsiyalari 
Hisob-kitob davri 
uchun xizmat narxi 
«Cheklanmagan Whatsapp» / Unlimited Whatsapp 
7000 
«Cheklanmagan IMO» / Unlimited IMO 
7000 
«Cheklanmagan TikTok» / Unlimited TikTok 
10000 
«Cheklanmagan Instagram» / Unlimited Instagram 
10000 
«Cheklanmagan PUBG» / Unlimited PUBG 
10000 
«Cheklanmagan Telegram» / Unlimited Telegram 
14000 
«Cheklanmagan YouTube» / Unlimited Youtube 
15000 


Xizmatlar uchun abonent to'lovi Shaxsiy hisobvaraqdan xizmat ulanishida bir vaqtning o'zida 
yechib olinadi.
Xizmatlar ulangan vaqtdan boshlab ular ulangan Tarif paketining Hisob-kitob davri tugaguniga 
qadar amal qiladi. Agar Hisob-kitob davri tugagach Mijoz ulagan Tarif paketi avtomatik ravishda 
uzaytirilsa, xizmat ham yangi Hisob-kitob davriga avtomatik tarzda uzaytiriladi. 
Xizmatning avtomatik ravishda uzaytirilishini Mijoz o'zi istagan payt Ilovada yoki 
Qo‘llab-
quvvatlash markaziga murojaat qilgan holda o'chirib qo'yishi mumkin. 
Yandeks Turbo, Opera Turbo hamda proksi-server, anonimayzer, VPN va boshqa shunga 
o'xshash texnologiyalardan foydalanishda, servislarga cheksiz kirish imkoniyati taqdim 
etilmaydi. Bunday holatlarda trafik Tarif paketi doirasida taqdim etilgan gigabaytlarni sarflaydi. 
14.11.2022 dan cheklanmagan ilovalarning quyidagi variantlarini ulash imkoniyati yopiladi: 
“Cheklanmagan Vkontakte”, “Cheklanmagan Facebook”, “Cheklanmagan Likee”, 
“Cheklanmagan Wechat”, “Cheklanmagan Odnoklassniki", "Cheklanmagan Yandex Music", 
"Cheklanmagan Shazam", "Cheklanmagan Apple Music", "Cheklanmagan Spotify", 
"Cheklanmagan Twitch", "Cheklanmagan Zoom", "Cheklanmagan TAS-
IX”. 

Yüklə 236,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə