O’zbekiston jismoniy tarbiya



Yüklə 351,5 Kb.
səhifə1/8
tarix28.11.2023
ölçüsü351,5 Kb.
#134692
  1   2   3   4   5   6   7   8
kurs ishi gimnastika 2


REJA:


I.Kirish


II.Asosiy qism


1.1.Jismoniy tarbiya tizimida gimnastika.
1.2.Bolalar va o`smirlarni jismoniy shakllantirishda gimnastikaning ahamiyati.
1.3.Yosh va kata yoshli gimnastikachilarning jismoniy va maxsus tayyorgarligi
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Gimnastika sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Qarorlari aholi o‘rtasida gimnastika sport turlarining ommaviyligini oshirishga qaratilgan. Jumladan, Aholi o‘rtasida gimnastika sport turlari (sport gimnastikasi, badiiy gimnastika, trampolin, akrobatika) ommaviyligini oshirish, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish tizimini takomillashtirish, xalqaro talab va standartlar asosida professional sportchilarni tayyorlash orqali milliy terma jamoalarimizning nufuzli musobaqalarda yuqori natijalarga erishishini ta’minlash maqsad qilib olingan. Mazkur hujjatda nafaqat bolalar sportini rivojlantirishda muhim omil bo‘lgan moddiy va huquqiy ta’minotni yaratish zarurligiga asos solingan, balki shu yo‘nalishni jadal sur’atlar bilan taraqqiy ettirish uchun raqobatbardosh mutaxassis kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash masalasiga katta e’tibor qaratilgan. So‘nggi yillarda yurtimizda ko‘pdan-ko‘p jahon standartlariga mos sport inshoatlarining barpo etilishi, Respublikamizning deyarli barcha mintaqalarida nufuzli xalqaro musobaqalarni o‘tkazilib borilayotganligi hamda turli yoshdagi sportchilarimizning Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, Jahon va Osiyo chempionatlari kabi yirik musobaqalarda yuksak natijalarga erishib kelayotganligi yuqorida qayd etilgan fundamental hujjatlarning hayotiy aksidir. Yuqori malakali yosh sportchilarni tayyorlash, shu jumladan gimnastika bo‘yicha iste’dodli sportchi bolalarni yetishtirish o‘quv-trenirovka jarayoni yangicha ilmiy nazar bilan yondoshish hamda samarali pedagogik texnologiyalar yaratish darkorligini taqozo etadi. O‘rgatish (o‘qitish) texnologiyasi (yunoncha techne – san’at, mahorat; logos – o‘qitish) – bu noan’anaviy tartib va didaktik qonuniyatlarga asoslangan ilmiy uslublar, usullar, shakl va vositalar kabi tushunchlarni o‘z ichiga biriktirgan atamadir .


Sport amaliyoti tajribasi shuni ko‘rsatadiki, sportchilarni tayyorlashda qo‘llaniladigan an’anaviy uslub va vositalar ko‘p yillik tayyorgarlik jarayonining muayyan bosqichida o‘z samaradorligini yo‘qotishi yoki sustlashtirishi mumkin. Natijada, sport natijalari ham, jismoniy va funksional imkoniyatlar ham taraqqiyotdan to‘xtashi ehtimoldan holi emas. Ma’lumki, yildan yilga gimnastik mashqlar dasturi yangicha mazmun va mohiyatga ega bo‘lib, ijro etilayotgan harakat kombinasiyalari borgan sari murakkablashib borayapti. Binobarin, ushbu vaziyat gimnastik ko‘pkurash turlari istiqbolini oldindan belgilab berish imkonini yaratadi. Ayrim tadqiqotchilar tarbiyalash mushkulroq bo‘lgan nisbiy kuchni texnik natijalarga ijobiy ta’sir etishini aniqlaganlar. L.P.Volkovning ta’kidlashicha, yosh ulg‘aygan sari nisbiy kuchning rivojlanishi susayish bilan izohlanadi.Lekin, bu holat o‘zga jismoniy sifatlarning (shu jumladan o‘zga kuch sifatlarini ham) maksimal shakllanganligi bilan bartaraf etilishi mumkin. Aksariyat mutaxassislarning e’tirof etishicha, kuch tayyorgarligiga bolalik va o‘smirlik yoshdan boshlab e’tibor qaratish lozim , bolalikdan boshlab nafaqat umumiy kuch tayyorgarligini shakllantirish darkor, balki maxsus kuch sifatlarini ham rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Ayrim olimlar kuchni rivojlantirishning eng qulay davri 7-9 va 13-17 yoshlarga to‘g‘ri kelishi kerak deb ta’kidlaydilar. Qayd etilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, kuch sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan mashqlarni tabaqalashtirilgan tarzda bolalar va o‘smirlar mashg‘ulotlarida to‘la-to‘kis qo‘llash mumkin. Shu bilan bir qatorda e’tiborli joyi shundaki, 6-9 yoshli gimnastikachi o‘g‘il bolalarda kuch sifatlarini qaysi tartib va yo‘nalishda rivojlantirish zarurligi yetarli darajada isbot qilinmagan.
Ko‘pchilik olimlar, tezkorlik-kuch qobiliyatlarini o‘rganish natijasida ularni shiddatli o‘sishi 9-10 yoshdan boshlanib, 13-14 yoshgacha davom etadi degan xulosaga kelishgan. Kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarida tezkorlik-kuch qobiliyatlari muayyan harakat malakalarini ijro etishda maksimal mushak kuchini qisqa vaqt oralig‘ida namoyon bo‘lishi bilan izohlanadi. Maxsus jismoniy tayyorgarlik vositalarini musobaqa mashqlari mazmuni va xususiyatlariga yaqin yoki mos bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Yosh gimnastikachilar jismoniy sifatlarini rivojlantirish uslublari va vositalarini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, ko‘pgina sportchilar 1 razryad va sport ustaligiga nomzod darajasiga yetgandan so‘ng tayyorgarlikning ayrim ko‘rsatkichlari bo‘yicha avvalgi bosqichlarda zaif o‘zlashtirilgan sifat va harakat malakalari (elementlari)ga qaytish hollari uchrab turadi. Bunga esa talaygina vaqt sarflanadi. Ayrim sportchilar yetarli jismoniy tayyorlarlikka ega bo‘lsalarda texnik jixatdanmurakkab bo‘lgan qator elementlarni qo‘llarni bukib ijro etadilar (zamonaviy gimnastikada barcha elementlar yozgan xolatda bajariladi) yoki elementning yakuniyqismida «gimnastik qomatni» saqlab qololmaydilar. Statistika natijalari shuni ko‘rsatadiki, 80-90% qobiliyatli gimnastikachilar sport ustaligiga nomzod darajasida ko‘tarila olmaydilar. Sport ustaligi darajasiga faqat ayrim sportchilargina erishadi. Yosh gimnastikachilar jismoniy tayyorgarligini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, ularning mashg‘ulotlarida musobaqa mashqlari xususiyatiga mos hamda jismoniy va texnik tayyorgarlikka baravar ta’sir etuvchi prinsipda qo‘llaniladigan mashqlar yetarli darajada o‘z ifodasini topmaydi. Ushbu prinsipda qo‘llaniladigan mashqlardan odatda trenerlar tayyorgarlikning ancha keyingi bosqichlarida foydalanadilar. Maxkur mashqlarni qo‘llashda asosiy e’tibor qo‘l va oyoqlarni «yozuvchi» va «olib keluvchi» (dastlabgi holatga) mushaklar harakati sifatlarini tarbiyalashga qaratildi. Yosh gimnastikachilarni haftalik mikrosikllar va o‘rgatish yillari bo‘yicha tashkil etiladigan trenirovka jarayonining umumiy andozasi 1-jadvalda keltirilgan. Mashg‘ulotning yakuniy qismida gimnastikachilar umumiy jismoniy tayyorgarlikni rivojlantiruvchi sekin shiddatli mashqlarni bajaradi. Mashg‘ulotlarda umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikka oid mashqlarni bajarishga jami 30-40% vaqt sarflanadi. Har 2-3 haftada jismoniy sifatlarni rivojlanganlik darajasi nazorat mashqlari yordamida baholanib boriladi. Kuzatuvlar shuni ko‘rsatdiki, dastlabki tayyorgarlik bosqichida yosh gimnastikachilar jismoniy tayyorgarligini baholashda trenerlar aksariyat pedagogik kuzatuv uslubidan foydalanar ekan. Bunday vaziyat maxsus pedagogik tajriba o‘tkazishga vauning yordamida umumiy jismoniy mashqlar bilan maxsus jismoniy.



Yüklə 351,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə