O’zbekiston jismoniy tarbiya


Jismoniy tarbiya tizimida gimnastika



Yüklə 351,5 Kb.
səhifə2/8
tarix28.11.2023
ölçüsü351,5 Kb.
#134692
1   2   3   4   5   6   7   8
kurs ishi gimnastika 2

1.1.Jismoniy tarbiya tizimida gimnastika.
O`zbekistonda jismoniy tarbiya vosita va uslublarining yagona tizimi yaratilgan. Mazkur vositalarning eng ommaviylaridan biri bo`lgan gimnastika bu tizimda haqli ravishda muhim o`rin tutadi. Gimnastika mashg`ulotlari-«yosh avlodni bolalik chog`idan boshlab jismoniy jihatdan sog`lom qilib tarbiyalashni, ularda jismoniy va ma`naviy kuchlarni garmonik tarzda rivojlantirishni ta`minlash» vazifasini hal qilishga yordam beradi.
«Gimnastika» yunoncha «gimnos» so`zidan kelib chiqqan bo`lib, «yalang`och» degan ma`noni anglatadi. Shuningdek, yunoncha gimnostike (gummazs-mashq qildiraman so`zidan) so`zining kishi salomatligini mustahkamlash, uni har tomonlama jismonan tarbiyalash va harakat qobiliyatlarini, kuchi, chaqqonligi, harakat tezkorligi, chidamliligi va boshqa xususiyatlarini takomillashtirish uchun ishlatadigan maxsus tanlangan jismoniy mashqlar, uslubiy usullarining tizimi, degan ma`nosi ham bor. Quyidagilar uning asosiy vazifalaridir:

  1. Inson organizmi shakl va funktsiyalarini kishiarning jismoniy qobiliyatlarini har tomonlama takomillashtirishga, salomatligini mustahkamlashga, uzoq-yilar davomida faoliyat ko`rsatib yashashlarini ta`minlashga yunaltirilgan mukammal rivojlantirish.

  2. Muxim ko`nikma va malakalarini (shu jumladan, amaliy va sport kunikmalarini) shakllantirish va maxsus bilimlar bilan qurollantirish).

  3. Ahloqiy, irodaviy va estetik xislatlarni tarbiyalash. Ko`p asrlik tajriba va jismoniy tarbiya sohasidagi zamonaviy fan yutuqlari asosida yaratilgan gimnastika O`zbekistonda yanada rivoj topdi va keng tadbiq etiladigan bo`ldi.

  4. Ayniqsa bolalar va o`smirlarni jismoniy shakllantirishda gimnastikaning ahamiyati katta. Gimnastikaning xilma-xil vosita va uslublari yordamida boshlang`ich jismoniy tarbiya vazifalari muvafaqiyatliroq hal qilinadi, bolalar va o`smirlarda jismoniy hamda harakat qobiliyatlarini rivojlantirish uchun asos yaratiladi, ularning funktsional va ko`nikish imkoniyatlari ancha kengayadi.

Gimnastikaning juda katta gigiena-sog`lomlashtirish
ahamiyati bor. Qadimgi dunyoning atoqli mutafakkirlaridan biri Plutarx gimnastikaning sog`lomlashtirish ahamiyatiga baho berib: «Gimnastika meditsinaning shifobaxsh qismidir»-degan edi. Jahon fanining atoqli arboblari bo`lgan rus olimlari I.M. Sechenov, I.P. Pavlov, I.N. Mechnikov, P.F. Lesgaft, V.V. Gorinevskiylar jismoniy mashqlarga, jumladan, gimnastika mashqlariga katta ahamiyat berib, bu mashqlarni hayotiy va faoliyat va ishchanlik qobiliyatini oshirishning, shuningdek sog`lomlashish va faol dam olishning eng yaxshi vositasi deb bilgan edilar.
Gimnastika bilan hamma-bolalar-u kattalar, keksalar-u yoshlar, yaxshi tayyorgarlik ko`rganlar-u endi boshlovchilar, sog`lom kishilar-u va, hatto notob kishilar-shug`ullanishlari mumkin. Gimnastika bilan maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalarida, maktablarda, o`rta va oliy o`quv yurtlarida, ko`ngilli sport jamiyatlarida, ishlab chiqarish janoblari va davolash pansionatlarida, dam olish oylari va sanatoriylarida, O`zbekiston Armiyasi va flotida ham shug`ullaniladi. Gimnastika bilan ko`plar o`z uylarida radiodan eshitib, televizorlardan ko`rib turib, uy boshqarmalariga qarashli turar joy va hokazolarda ham shug`ullanishganlar. Gimnastikaning bunchalik keng yoyilganligiga sabab uning vositalarining barchaga tushunarli va xilma-xil ekanligida, jismoniy tarbiyaning turli vazifalarini hal qilish uchun mashqlar tanlash imkoniyati katta ekanligidadir.



Yüklə 351,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə