O‘zbekiston kitob grafikasi san’ati Darsning maqsadi va vazifasi: Ta’limiy maqsad



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə27/74
tarix27.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#163984
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   74
6 sinf tasviriy sanat

I I. O’tilgan mavzuni takrorlash:
Guruhlarda ishlash”
O’quvchilar 2 guruhga bo’linadi. Har bir guruh uyga berilgan mavzuga oid atamalardan o’z guruhlariga nom qo’yib olishadi hamda guruhga qo’yilgan nomga qisqacha ta’rif berishadi.
III. Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish
Qadrli o‘quvchilar, siz yoshligingizdan 0‘zbek xalq ertaklarini eshitib, o‘qib o‘rgangansiz. Bulardan “Zumrad va Qimmat”, “Ur to‘qmoq”, “Ochil dasturxon” va boshqalari mashhur. Ertaklar orqali biz yaxshi bilan yomonni, oq-qorani ajratib olamiz. Ertaklar bizni ezgu ishlar, yaxshilik, adolat, ezgulik, albatta, g‘alaba qilishiga ishontiradi va yo‘naltiradi. Ba’zi ertaklar ota-ona, ustoz va kattalaming so‘ziga quloq solishga, ulami hurmat qilishga o‘rgatsa, ba’zi ertaklar doimo to‘g‘ri so‘zlashga, adolatli, mehribon bo‘lishga o‘rgatadi. Yana shunday ertaklar borki, bilimdon, hunarli, mehnatsevar, tadbirkor bo‘lishga, muammolami aql bilan o‘ylab, do‘stlar bilan maslahatlashib hal qilishga o‘rgatadi. Biz 0‘zbek xalq ertaklari sujetlariga miniatyura usulida illyustratsiya ishlash uchun ertak asosida ishlangan miniatyura kompozitsiyalarini tahlil qilishimiz, kuzatishimiz zarur bo‘ladi. Mana bu ertak asosida ishlangan miniatyuralarga e’tibor bering. 60-rasmdagi 0‘zbek xalq ertaklari asosida chizilgan kompozitsiyalami rassom Telman Muhamedov ishlagan. 
Biz avvalgi darslarda miniatyura asarlari elementlaridan nusxa ko‘chirgan edik. Mana shu o‘zlashtirgan bilim va malakalarimizga, rassomlar tomonidan ertaklarga ishlangan asarlardan olgan taassurotlarimizga tayanib, 0‘zbek xalq ertaklari uchun miniatyura usulida illyustratsiya ishlaymiz.
13-amaliy mashg‘ulot
0‘zbek xalq ertaklari uchun miniatyura usulida illyustratsiya ishlash
Miniatyura usulida illyustratsiya ishlaganingizda quyidagi umumiy qoidalami unutmang!
l.Yaqindagi narsalar qog‘oz pastiga, uzoqdagi narsalar qog‘ozning yuqori qismiga chiziladi.
2.Narsa va odamning rasmini chizishda yaqindagi va uzoqdagi o‘lchovlari o‘zgarmaydi.
3.Perspektiva qoidasiga amal qilimnaydi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə