Oʻzbekiston rasman: Oʻzbekiston Respublikasi, Ўзбекистон Республикаси



Yüklə 48,45 Kb.
səhifə3/5
tarix19.12.2023
ölçüsü48,45 Kb.
#151252
1   2   3   4   5
uzbekistan

Oʻzbekiston Prezidenti


Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19-bobi „Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti“ deb nomlanadi. Bu bob 9 ta moddadan iborat boʻlib, ularda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy huquqiy maqomi belgilab berilgan. Oliy Kengash 12-chaqiriq 1-sessiyasida deputatlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti lavozimyga Islom Karimov saylangan edi. „Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻgʻrisida“gi qonunga binoan, 1991-yil 29-dekabr va 2000-yil 9-yanvarda muqobillik asosida toʻgʻridan-toʻgʻri umumxalq Prezident saylovlari oʻtkazildi. Bu saylovlar natijasida Islom Karimov Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylandi. 2016-yil 2-sentabrda Islom Karimov vafot etdi. Shu munosabat bilan navbatdan tashqari umumxalq prezidentlik saylovlari oʻtkazildi va unda bosh vazir Shavkat Mirziyoyev prezident etib saylandi.

Milliy bayramlar


1992-yil 2-iyulda Oliy Majlis qaroriga binoan ushbu kunlar bayram va dam olish kunlari deb eʼlon qilingan:

  • 8-mart — „Xalqaro xotin-qizlar kuni“

  • 21-mart — „Navroʻz bayrami“

  • 9-may — „Xotira va qadrlash kuni“

  • 1-sentabr — „Mustaqillik kuni“

  • 1-oktabr — „Oʻqituvchi va murabbiylar kuni“

  • 8-dekabr — „Konstitutsiya kuni“

  • Ramazon hayiti (Iyd-al-Fitr) bayrami

  • Qurbon hayiti (Iyd-al-Adha) bayrami

Xalqaro munosabatlar


Oʻzbekiston 37 ta xalqaro tashkilotlar aʼzosi. Quyidagi tashkilotlar Oʻzbekistonda oʻz vakolatxonalariga ega:

  • BMT

  • Narkotiklar nazorati va jinoyatchilikning oldini olish boʻyicha BMT dasturining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi

  • BMTning milliyxalqlar Fondi

  • Qochoqlar boʻyicha BMTning Oliy Komissariat boshqarmasi

  • BMTning bolalar fondi vakolatxonasi — UNICEF

  • BMTning taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha vakolatxonasi

  • Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkilotining vakolatxonasi JSST/WHO

  • Yevropada xavfsizlik va hamkorlik Tashkiloti — EXHT /ОSCЕ

  • Xalqaro qizil xoch qoʻmitasining vakolatxonasi — ICRC

  • Xalqaro qizil xoch va qizil yarim oy jamiyatlari federatsiyasining vakolatxonasi — Red Cross

Yüklə 48,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə