Oʻzbekiston rasman: Oʻzbekiston Respublikasi, Ўзбекистон Республикаси



Yüklə 48,45 Kb.
səhifə5/5
tarix19.12.2023
ölçüsü48,45 Kb.
#151252
1   2   3   4   5
uzbekistan

Qurolli kuchlari


Yana qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari
Oʻzbekiston qoʻshinlari harbiy mashqlarda
Oʻzbekiston respublikasi qurolli kuchlari 2015-yilga kelib Oʻzbekiston armiyasi jahonning 106 mamlakati qurolli kuchlari oʻrin olgan jahon armiyalari reytingida 48-oʻrinni egallaydi.[39] Bu haqda yangilangan Global Firepower reytingida axborot berilgan.[40]
Global Fire Power (GFP) maʼlumotlariga koʻra (ular 2014-yil martiga doir), Oʻzbekiston ixtiyorida hozirgi vaqtda 420 ta tank, 715 ta BTR (zirhli transport vositasi), 109 ta raketa tizimlari, 69 ta qiruvchi samolyot, 65 ta vertolyot, xususan, 25 ta hujumkor vertolyot va boshqa koʻplab qurol-aslahaga ega, qurol koʻtarib, armiyada xizmat qilishi mumkin boʻlgan aholisi soni esa 15,7 milliondan oshadi.[41]
GFP Oʻzbekiston haqidagi maʼlumotlarni Markaziy razvedka boshqarmasi sayti, MRBning World Factbook toʻplami maʼlumotlari, „Vikipediya“ va ochiq manbalardagi boshqa maʼlumotlarga asoslanib tuzib chiqqan.
Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida Oʻzbekistondan tashqari Qozogʻiston ham reytingdan oʻrin olgan boʻlib, GFP uni 80-oʻringa joylashtirgan. Oʻzbekistonga hududiy jihatdan yaqin mamlakatlar orasida Afgʻoniston 76-oʻrinni egallagan, Tojikiston, Qirgʻiziston va Turkmaniston reytingga kiritilmagan.
MDH, Boltiqboʻyi mamlakatlari va Gruziya orasida Oʻzbekiston Rossiya (2-oʻrin) va Ukraina (21-oʻrin)dan keyingi 3-oʻrinni band etgan. Ozarbayjon (50-oʻrin), Belarus (52), Gruziya (64), Qozogʻiston (80), Estoniya (96), Litva (103) oʻrin olgan. Armaniston, Moldova, Latviya kabi mamlakatlar reytingga kiritilmagan.
Reytingga koʻra, AQSh armiyasi eng qudratli deb topilgan boʻlsa, Rossiya va Xitoy armiyasi kuchli uchlikdan oʻrin olgan. Hindiston, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Turkiya, Janubiy Koreya va Yaponiya armiyasi esa kuchli oʻnlikka kirgan.
Qayd etish joiz, GFPning 2014-yilgi reytingida ham Oʻzbekiston 48-oʻrinda borayotgan edi.[42]
Yüklə 48,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə