Oʻzbekiston rasman: Oʻzbekiston Respublikasi, Ўзбекистон Республикаси



Yüklə 48,45 Kb.
səhifə4/5
tarix19.12.2023
ölçüsü48,45 Kb.
#151252
1   2   3   4   5
uzbekistan

Xalqaro moliyaviy tashkilotlar:


  • Jahon banki vakolatxonasi — JB/World Bank

  • Xalqaro valyuta fondi vakolatxonasi — HVH/IMF

  • Еvrоpа Tiklаnish vа Tаrаqqiyot Bаnki vakolatxonasi

  • Xalqaro Moliya korporatsiyasi vakolatxonasi

  • Osiyo taraqqiyot banki vakolatxonasi

Tabiiy resurslar


Oʻzbekiston Respublikasida juda katta ishlab chiqarish va mineral xom-ashyo boyligi, noyob qishloq xoʻjaligi xom-ashyosi, qayta ishlash jarayonida olinadigan juda katta yarim fabrikatlar, boy tabiiy resurslar, ravnaq topgan infratuzilma bor.
Foydali qazilmalar razvedkasining zamonaviy darajasi juda boy nodir, rangli va noyob metall konlarini, organik yonilgʻining barcha turlari — neft, tabiiy gaz, gaz kondensati, qoʻngʻir va yarim kokslanadigan koʻmir, yonuvchi slaneslar, uran, qurilish materiallari uchun xom ashyoning koʻp turlarini oʻzlashtirish bilan bogʻliqdir.
Oʻzbekiston hududida 100 xildan ortiq mineral xom ashyolarning keng tarmogʻi aniqlangan boʻlib, hozir ularning 60 dan ortigʻi xalq xoʻjaligining tarmoqlarida ishlatilmoqda.
Oltin, uran, mis, tabiy gaz, volfram, kaliy tuzlari, fosforit, kaolin singari foydali qazilmalarning tasdiqlangan zahiralariga koʻra Oʻzbekiston MDH emas, butun jahonda yetakchi oʻrinni egallaydi.
Masalan, oltin zahiralari boʻyicha respublika jahonda toʻrtinchi oʻrinda, uni qazib olish boʻyicha oltinchi oʻrinda, mis zahiralar boʻyicha 10-11 oʻrinda, uran boʻyicha yettinchi-sakkizinchi oʻrinda, uni qazib olish boʻyicha 11-12 oʻrinda turibdi.
Mavjud boʻlgan mineral xom-ashyo zahiralarining aksariyati hozir ishlab turgan kon qazish komplyekslarini istiqboldagi uzoq muddat mobaynida xom-ashyo bilan taʼminlaydi, ayni vaqtda, oltin, uran mis, qoʻrgʻoshin, kumush, litiy, fosforitlar, kaliy tuzlari, dala shpati, vollastonit, agrokimyo maʼdanlari va shu kabi juda muhim foydali qazilmalarni qazib olishni tashkil etish, quvvatlarni koʻpaytirishga imkon beradi.

Yüklə 48,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə