O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə65/138
tarix23.12.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#154894
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   138
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul-fayllar.org

Mavzu bo‘yicha nazorat savollari:
1. Klassitsizmning ijtimoiy va nazariy asoslari.
2. Uch birlik qonuni nimani anglatadi?
3. Barokko oqimining asosiy belgilari haqida nimalarni bilasiz?
4. Fransiyadagi klassitsizm adabiyotining o‘ziga xosligi nima-
larda ko‘rinadi?
5. Molyer komediyalarining mavzular doirasi.
Adabiyotlar
1. Introduction to Literature. Miller Gilbert. Williams John.
1995 The McGraw-Hill. P.1148.
2. Қаюмов О. Чет эл адабиёти тарихи. – T.: Ўқитувчи, 1987.
3. Артамонов С. История зарубежной литературы, XVII-
XVIII v.v.– M.: 1988.
4. Обломовский Д. Французкий классицизм. – М.: 1968.
5. Қуронов
Д,
Мамажонов
З,
Шералиева
М.
Адабиётшунослик луғати. – Тошкент: Akademnashr, 2010.

140
MA’RIFATCHILIK ADABIYOTI


REJA:
1. Ma’rifatchilik adabiyotining ijtimoiy-falsafiy asoslari.
2. Angliya adabiyoti:
a) D.Defo ijodi;
b) J.Svift ijodi.
3. Fransuz ma’rifatchilik adabiyoti:
a) Volter ijodi;
b) Bomarshe ijodi;
4. Nemis adabiyoti:
a) Shiller ijodi;
b) Gyote ijodi.
Tayanch iboralar: Ma’rifatchilik, Angliyada ma’rifatchilik;
D.Defo; «Robinzon Kruzo»; J.Svift, «Gulliverning sayyohatlari»;
Volter; Bomarshe; «Sevilyalik sartarosh»; «Bo‘ron va tayziq»;
Shiller; Gyote; Faust.
Ma’rifatchilik adabiyotining ijtimoiy-falsafiy asoslari
XVIII asrga kelib G‘arbiy Ovrupa davlatlari turlicha siyosiy tu-
zumga ega edilar. Angliyada mutlaq hokimiyat o‘z umrini yashab
bo‘ldi. Qirollik hokimiyati siyosatiga ta’sir o‘tkazmaydigan hoki-
myatga aylandi. (1648–49 burjuaziya inqilobi).
Fransiyada hali mutloq hokimiyat yashamoqda edi. Germaniya
mayda knyazlik, gersogliklarga bo‘linib ketgan edi. Italiyada ham
Germaniya singari mayda davlatlarga bo‘linish yuz bergan, shimoli
esa Avstriya mustamlakachiligi azoblarini tortmoqda edi.
Ovrupa ilg‘or kuchlarining siyosiy kurashlari, asosan, antifeodal
xarakterda bo‘lgani uchun , XVIII asr adabiyoti ham, asosan, anti-
feodal yoki ma’rifatchilik ruhida edi.

141
«Ma’rifat» so‘zi, keng ma’noda xalqni bilimli, ma’rifatli qilish


ma’nosida qo‘llansa, tor ma’noda burjuaziyaning feodalizmga qa-
rshi kurashi avj olgan davrdagi aqliy harakatni ifoda etadi.
Ma’rifatchilik adabiyoti – feodal asoslarga qarshi o‘laroq may-
donga chiqib, XVII-XVIII asrlarda G‘arbiy Ovrupa mamlakatlari va
Shimoliy Amerikada keng yoyilgan g‘oyaviy-mafkuraviy harakat;
shu harakat g‘oyalarini o‘ziga singdirgan va targ‘ib etgan adabi-
yot. Ovrupa ning turli mamlakatlarida ma’rifatchilikning maydonga
kelishi vaqt jihatidan farqlanadi: u dastlab Angliyada yuzaga kelgan
bo‘lsa, ijtimoiy shart-sharoitlarning yetilishi barobarida qit’aning
boshqa mamlakatlariga yoyilgan va ularning har birida konkret
shart-sharoitlar bilan bog‘liq tarzda kechgan. Jumladan, Rossiyada
Ma’rifatparvarlik ancha kech – XVIII asrning ikkinchi yarmida may-
donga chiqqan; shuningdek, XIX asr oxiri – XX asr boshlarida qa-
tor Sharq mamlakatlari, jumladan, Rossiya tarkibidagi turkiy xalqlar
yashovchi mintaqalar (Qrim, Tatariston, Ozarbayjon, Turkiston) da
kuzatilgan Ma’rifatchilik harakatlari ham Ovrupa Ma’rifatparvarlari
bilan ko‘plab mushtarak jihatlarga egadir.
23
Ma’rifatparvarlar uchun aql-idrok bosh masaladir. Ular inson-
ning aqliy faoliyatiga, odamiylik fazilatlariga yuqori baho bergan-
lar. Shu bilan birga, ma’rifatparvarchilik g‘oyasiga yuqori baho
berishadi. Ma’lumki, Ovrupa XVIII asr ma’rifatchilarining aksari-
yati “ma’rifatli hukmdor” g‘oyasini ilgari surgan edilar. Fransuz
ma’rifatchisi Golbax “Tabiat tizimi” va “Tabiiy siyosat” kabi asar-
larida Fransiya erishishi mumkin bo‘lgan siyosiy tizim sifatida kon-
stitutsiyaviy monarxiya haqida fikr yuritib, uning boshida ma’rifatli
hukmdor turishi lozimligini ta’kidlaydi. “Taqdir taqozosi bilan
taxtga ma’rifatli, adolatli, mard, xushaxloq hukmdorlar o‘tirishlari
mumkin va ular inson boshiga yog‘ilgan balolarning asl sababini
bilib, aql ko‘rsatmalari bo‘yicha bartaraf etishga harakat qiladilar”.
Badiiy adabiyotda ham o‘z ifodasini topgan bunday g‘oyalarni
Volter (“Kandid yoki optimizm”), Monteskyo (“Fors nomalari”),
23
Қуронов Д, Мамажонов З, Шералиева М. Адабиётшунослик луғати,
Тошкент : “Akademnashr”, 2010. – Б.164.

142
J.Svift (“Gulliverning sayohatlari”), Deni Didro (“Rohiba”),


I.V.Gyote (“Faust”, “Gets fon Berlixingen”) va boshqa ma’rifatparvar
yozuvchilar ijodida ko‘plab uchratish mumkin.
Ma’rifatparvarlar «tabiiy inson haqidagi» konsepsiyasini ilgari
surdilar. Ularning fikricha, inson tabiatan go‘zal va yaxshi xulqli,
uni faqatgina hayot, yashash sharoiti buzadi.
Djon Lokk falsafasi ma’rifatchilarga katta ta’sir o‘tkazdi. Uning
«Inson aqli haqida tajriba» (1690) kitobi. Uning fikricha, inson olay-
otgan barcha bilimlar aql-idrok orqali keladi.
Jamiyat hayotida katta o‘zgarishlar kechayotgan davrda esa,
ma’lumki, yangicha fikrlaydigan kishilarni tarbiyalash masalasi bi-
rinchi o‘ringa chiqadi. Shu bois Ovrupa ma’rifatchilari ta’lim-tarbiya
masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Ingliz faylasufi Jon Lokkning
ta’lim-tarbiyaga oid qarashlari (“Aql borasidagi tajriba”) XVIII
asr ma’rifatchilarining inson va uning tarbiyasi haqidagi fikrlariga
jiddiy ta’sir o‘tkazdi. Ta’lim-tarbiya masalalariga bag‘ishlangan
J.J.Russoning “Emil yoki tarbiya” singari asarlari maydonga keldi.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə