O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə2/138
tarix23.12.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#154894
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul-fayllar.org

QADIMGI SHARQ ADABIYOTI
REJA:
1. Shumerlar – sivilizatsiya beshigi.
2. Mixxatlardagi tarix.
3. “Bilgamish” dostoni.
4. Akkadlar: Bobil va Ossuriya adabiyoti.
5. Qadimgi Misr adabiyoti.
6. Avesto – Markaziy Osiyo va Eronning mushtarak yod-
gorligi.
7. Qadimgi hind eposlari.
8. Xitoy ierogliflaridagi adabiyot. Konfutsiy va Dao qonun-
lari.
Tayanch so‘z va iboralar: shumerlar, akkadlar, Bobil, Ossuriya, 
Bilgamish, Avesto, Mahabhorat, Ramayana, Panchatantra, Kalila 
va Dimna, piramidalar kitobi, sarkafaglar kitobi, marhumlar kitobi, 
Konfutsiy va Dao qonunlari.
Shumerlar. Yaqin-yaqin vaqtlargacha bashariyatning madaniyat
o‘chog‘i G‘arb, qadim Yunoniston, qadim Rim deb kelindi, shunday
bilindi, shunday talqin etildi. Ming yillar mobaynida shu qarashga
suyanilib, madaniy, ma’naviy, ilmiy ishlar yurgizildi. Ijtimoiy fan-
lar bo‘yicha tadqiqotlarning indallosi mazkur qarash bo‘ldi. Albatta,
buning o‘ziga yarasha asosli sabablari bor bo‘lib, ilmning qo‘li yetib
borgan joy – Zevs rahnomaligida ilohlar makon tutgan Olimp tog‘ini
o‘z bag‘riga olganYunoniston edi. Ammo keyingi, qariyb, bir asr
davomida yangi arxeologik qazishmalarda qo‘lga kiritilgan topilma-
lar natijasida ilgari surilayotgan ilmiy fikrlar yuqoridagi qarashning
umri bitganligini, ilk madaniyat o‘chog‘i antik madaniyat emas,
balki Sharq ekanligini ko‘rsatmoqda. U ham bo‘lsa, shumerlar dun-
yosi, shumerlar madaniyati, shumerlar adabiyotidir. Ushbu xulosaga

7
ham olimlar birdaniga kelgani yo‘q, albatta. Yangilikni birdaniga tan


olmagan, tan olishni istamagan olimlar talay bo‘ldi, ular haligacha
bor. Bu orada dogma qarashlarga tahrir kiritadigan olamshumul aha-
miyatga molik topilmalar, ilmiy izlanishlar ko‘payaverdi. Natijada
amerikalik olim Samuel Kramerning “Tarix Shumerda boshlanadi”
2

degan tadqiqot kitobi dunyo ilmiy jamoatchiligi e’tiborini shumer-


larga qaratdi. Axir, bir necha ming yillar mobaynida insoniyat tar-
ixda bunday xalq yashab o‘tganini bilmas edi-da. Faqat XIX asrga
kelib, Bobil (Vavilyon) mixxatlarining siri ochilgandagina olimlar
shumerlar haqida ilk kez xabar topishdi.
Shunday qilib, shumerlar madaniyatidan so‘z ochguvchi mix-
xatlar bashar ahlining madaniyat beshigi Yunoniston emas, balki
shumerlar ekanini isbot qildi. Toir Eftining Rossiyada amalga
oshirgan, O‘zbekistonda chop etilgan “Shumerlar va etruslar – in-
soniyat tamadduni ibtidosidagi qadimiy turkiylar”
3
deb nomlangan
tad-qiqoti so‘nggi yillarda yaratilgan va ayni shu masalaga ko‘p ji-
hatdan oydinlik kiritishi mumkin bo‘lgan tadqiqotlardan yana biri
hisoblanadi. Kitobcha shumer mixxatlarini o‘qigan va shumer tili-
ning turkiy til bilan genetik qarindoshligini aniqlagan Genri Roulin-
son, Yuliusa Opperto, Arno Peblya va Samuel Nao Kramer xotirasiga
bag‘ishlanadiki, shuning o‘zidayoq bu kitobning yo‘nalishi, ahami-
yati yaqqol ko‘zga tashlanadi. 2012-yilda Toshkentda o‘zbek olimi
Zoyir Ziyotovning “Shumerlar va Turon qavmlari”
4
degan kitobi
nashr etildi. Kitob bejiz bunday nomlanmagan. Unda bashariyatga
tamaddun eshiklarini ilk ochgan shumerlar bilan Turon qavmlari
o‘rtasidagi aloqaga ishora qilinmoqda. Albatta, shumerlarning kelib
chiqishi haqida bir-birini inkor va tasdiq etadigan ko‘plab qarashlar
borligini yodda tutmoq kerak
5
.
2
История начинается в Шумере. – Москва: Наука, 1991.
3
Шумерцы и этруски – древние тюрки у истоков человеческой
цивилизации. – Тошкент: Нисо полиграф, 2013.
4
Шумерлар ва Турон қавмлари. – Тошкент: Мумтоз сўз, 2012.
5
Qarang: Эргашев Ш. Қадимги цивилизациялар. – Тошкент: Ўзбекистон,
2016.

8
Shumer tamadduni hozirgi Iroq territoriyasida joylashgan ikki


daryo oralig‘ida paydo bo‘lgan. Bu daryolarning nomi Dajla (Tigr)
va Frot (Yefrat) dir. Lekin olimlarni “shunday katta tamaddunni
barpo etgan xalk, shaharlar qayerga g‘oyib bo‘ldi?” degan savol
o‘ylatib keladi. Chindanam, ular qayerga ketishgan? Undan ham
qizig‘i, shumerlar qayerdan kelishgan? Ular kim o‘zi?.. Yuqorida
nomlari zikr etilgan tadqiqotlar bashar ahlining tarix haqidagi qa-
rashlariga jiddiy tahrirlar kiritadi, uni o‘ylashga, fikr yuritishga
chorlaydi. Ulardan kelib chiqadigan xulosalardan asosiysi shuki,
dunyo tamaddun o‘choqlaridan biri, balki eng qadimiysi bo‘lmish
shumerlar madaniyati hamda shumerlarning qadim ajdodlari turkiy
qavmlardir. Ayniqsa, Toir Eftining “Shumerlar va etruslar – insoni-
yat tamadduni ibtidosidagi qadimiy turkiylar” nomli tadqiqotida
bugun Markaziy Osiyoda yashayotgan o‘zbeklar, qozoqlar, turk-
manlar, qirg‘izlar, Kavkazdagi ozarbayjonlar, Turkiyadagi turklar
va boshqa turkiy qavmlar bilan shumerlarning ildizi bir ekanligi
to‘g‘risidagi fikr har tomonlama himoya qilinadi. Buning qay da-
rajada haqiqat ekanligini hali yangidan yangi ilmiy tekshirishlar
aytib beradi, lekin nima bo‘lganda ham shumerlar madaniyatining
borligi va u hozirgacha topilgan madaniyatlar ichida eng qadimiysi
ekanligining o‘ziyoq uning barcha madaniyatlarning sarchashmasi
mavqeyiga olib chiqadi.
O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning “O‘zbegim” qasida-
sida shunday satrlar bor:

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə