O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə4/138
tarix23.12.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#154894
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul-fayllar.org

Shumerlar adabiyoti
Taxminan 5–6 ming yil muqaddam shumerliklar dunyo miqyo-
sidagi toshqin to‘g‘risida yozishgan. Mixxatlar bular haqida, yana
ilk kemani kim qurganligi haqida, toshqin haqida batafsil ma’lumot
beradi. Shumerlar eposlar, dostonlar, qo‘shiqlar bitishgan. Ulardan
namunalar saqlanib qolgan. Masalan, “Bilgamish” dostoni. Bu asar-
larda olam va odamni Tangri yaratganligi haqida kuylanadi. Qizig‘i
shundaki, “Injil”dagi hikoyalar “Bilgamish”dagi hikoyalar bilan ju-
dayam o‘xshash. Olimlarning fikricha, “Injil”dagi ayrim hikoyalar
shumer hikoyalari ta’sirida bitilgan. Bu ish mixxatlarni ko‘chirib
oluvchilar tomonidan amalga oshirilgan bo‘lsa kerak, deb taxmin
qilinadi. “Injil”da nomlari zikr etilgan Nuh, Muso, Yoqub haqidagi
rivoyatlarning ilk namunalari aynan shumerlar adabiyotidan, o‘sha
mixxatlarga bitilgan rivoyatlardan topilgani bugungi o‘quvchini lol
qoldiradi. Yana aytish joizki, asarga qiyosiy tipologik mezonlar bi-
lan yondashilganda, dunyo xalqlarining ko‘pgina eposlarining ildi-
zlarini ham aynan “Bilgamish” dostonidan topish mumkin bo‘ladi.
Chunonchi, Homerning “Iliada”, “Odissey”, hindlarning “Maxobx-
orat”, “Ramayana”, o‘zbek xalqining “Alpomish” va boshqa shun-
ing kabi ko‘plab dostonlar ildizlari aynan “Bilgamish”ning tupro-
qlaridan suv ichadi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Bilgamish” dostoni
Shumerlar sivilizatsiyasi topilganda, ular yashagan joylarda arx-
eologik qazishmalar olib borishar ekan, olimlar bu qadar katta xa-
zinaga duch kelishini hatto tasavvur ham qilmagan edilar. Turli-tu-
man ro‘zg‘or buyumlari, ish va harbiy qurollar, g‘ishtlar kabilardan
tashqari, ko‘pdan ko‘p osori atiqalar, o‘sha davr kishilarining na-
faqat turmush tarzidan, balki ulkan ma’naviy hayotidan ham xabar
berib turar edi. Topilgan yozma yodgorliklarning aksariyati hozirda
dunyoning ko‘plab muzeylariga tarqab ketgan. Ularning umumiy

12
soni taxminan 1 mln.dan ortiq deyiladi manbalarda. Yozma yodgor-


liklar (asosan, mixxatlar) ning taxminan 90–95 foizi xo‘jalik yuritish
bilan bog‘liq bo‘lsa, qolgan qismi shumer adabiyotiga tegishlidir.
S.Kramerning fikricha, badiiy asar bitilgan taxtachalar 5000 tadan
ziyoddir. Shumerlar adabiyoti haqida o‘zbek olimi Zoyir Ziyotov
shunday yozadi: “Shumer adabiyoti o‘zlari zamonida yozilgan “sof
shumer” asarlariga va shumerlarning merosi sifatida, albatta, ularni
ulug‘lab yozilgan keyingi toifa asarlarga bo‘linadi”. Xo‘sh, Ninevi-
yada ilk topilgan “Bilgamish” dostoni qaysi toifa asarlarga kiradi?
Z.Ziyotov keyingi toifaga deydi. Lekin, shunday bo‘lsa-da, doston
shumerlar madaniyati negizida paydo bo‘lganiga ko‘ra, uni shum-
er adabiyoti sirasida ko‘rish va qabul qilish maqsadga muvofiqdir.
Chunki doston yoshini m.o. 2600–2700-yil deb belgilanishiga qara-
may, uning dastlabki sof shumerlar variantini olimlar 3700-yil deb
bilishadi. Bundan tashari, dostonning dastlabki og‘zaki variantin-
ing yoshi 4500-yildan 6000-yilga qadar tarix bag‘riga qirib keti-
shi haqida qarashlar mavjud. Zero, Bilgamish tarixiy shaxs bo‘lib,
4500–6000-yillar muqaddam Mesopotamiyadagi Uruk (Erex)
shahrining birinchi sulolasi tarkibidagi hukmdorlardan biri o‘laroq
yashab o‘tgan. Bilgamish Shumerda shu darajada mashhur shaxs
bo‘lganki, tiriklik chog‘laridayoq u haqda afsonalar to‘qilgan. Dos-
tonning bir qancha syujet chizig‘i mavjud. Biz hozir shulardan bit-
tasiga – 11 chi bitikka qisqacha to‘xtalamiz. Shuning o‘ziyoq bu
Sharq dostonining nechog‘li ahamiyatli ekanini, tarixiy, adabiy va
estetik qiymatini, o‘rnini yaqqol ko‘rsatishga kifoya qiladi. “Bil-
gamish” dostonining Shumer va Bobil variantlari bor bo‘lib, ular
bir-birlaridan syujet chiziqlari borasida farq qiladi.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə