O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə14/138
tarix23.12.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#154894
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   138
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul-fayllar.org

MIF VA BADIIY IJOD
REJA:
1. Mif va uning paydo bo‘lishi.
2. Mif va ertak.
3. Mif va badiiy adabiyot.
4. Qadimgi xalqlar miflari va ularning o‘ziga xosligi.
5. Qadimgi yunon miflari.
6. Mifologik maktab.
7. Folklor, mif va yozma adabiyot mushtarakligi. 
Tayanch so‘z va iboralar: Mif, mif va badiiy ijod, mif va ertak,
qadimgi xalqlar miflari, mif va jahon adabiyoti, mifologik maktab: 
aka–uka Grimmlarning “Nemis mifologiyasi” asari, mif, folklor va 
zamonaviy adabiyot munosabatlari.
Mif (yunoncha mythos – rivoyat, hikoya, masal) – xalq xalq
og‘zaki ijodining eng qadim davrlarida paydo bo‘lib, odamlarning
olam haqidagi o‘sha paytdagi tasavvurlarini aks ettiradi. Ammo
tasavvurlarni shunchaki aks ettirmaydi, balki konkret obrazlar vosi-
tasida bo‘rttirib aks ettiradi. Miflar olam va odam haqidagi rivoy-
atlar bo‘lishiga qaramay, zamonaviy inson tushunchasidagi san’at
hodisasi bilan bir hodisa emas. Miflar o‘z vaqtida odamlarning ta-
fakkur shakli hisoblanib, ular vositasida atrof-javonibni, olamu
odamni, tabiat hodisalarini bilishga urinishgan. Miflar vositasida
“olam yoki odam qanday yaralgan, nega kunduzi quyosh chiqib ke-
chqurun botadi, shamol qayerdan paydo bo‘ladiyu chaqmoq nima
o‘zi?” degan savollarga javob izlangan. Deylik, yunonlar chaqmoq
chaqishini Zevsning, dengizdagi dahshatli dovullarni Poseydonning
g‘azablangani bilan izohlaganlar, inson taqdiridagi turfa evrilish-
larda ilohlarning aralashuvini ko‘rganlar. Mifologiya esa miflarni
o‘rganuvchi fan hisoblanadi.

29
Sodda til bilan aytganda, ertalab quyosh chiqadi, odamlar


uyg‘onishadi. Kechqurun quyosh botganda, odamlar uyquga toli-
shadi. Osmonda esa yulduzlar paydo bo‘ladi. Har doim shunday
bo‘lgan. Qadimda ham, hozir ham shu hodisalar takrorlanadi. Lekin
qadimda bu hodisalarga boshqacha qarashib, quyoshning chiqishi
va botishi, dengiz suvlarining ko‘tarilishi va tushishi, suv toshqi-
ni, quyosh va oyning tutilishi, vulqonlar otilishini tushunmoqchi
bo‘lishgan. Tushunish va tushuntirish yo‘lidagi urinishlar miflarni
paydo qilgan.
Mif haqida rus olimi A.F. Losev o‘zining “Filosofiya. Mifologi-
ya. Kultura”
10
kitobida mifni qadimiy odam uchun g‘oya yoki tush-
uncha emas, balki reallik, hayotning o‘zi sanalgan, deb yozadi.
Miflar hamma xalqlarda bor. Ular qayerdadir bir-birlaridan farq
qilsa, qayerdadir o‘xshaydi, qayerdadir syujet chiziqlari kesishadi,
qayerdadir biron bir detal mushtarak chiqib qoladi. Xo‘sh, nima uc-
hun? Albatta, bu borada xalqlarning geografik jihatdan joylashuv
o‘rni, turmush tarzi va darajasi ko‘p narsani belgilab beradi. Ma-
salan, dengiz bo‘yida yashagan xalqlarning miflarida suv, baliq, kit
kabi atributlarning qatnashishi, voqealar ularning ishtirokida sodir
bo‘lishi tabiiydir. Xuddi shunday, Avstraliya miflarida kenguri va it-
ning ko‘p uchrashi ham geografik joy bilan bog‘liq hodisa. Bir xil
turmush tarzi, bir xil muammolar ham mushtarak miflarni, ulardagi
o‘xshash syujet chiziqlarini paydo qilgan. Ayni paytda, xalqlarning
bir-birilaridan ta’sirlanishi, bir-biridan o‘rganish faktini ham inkor
qilmaslik kerak. Masalan, rim miflarida yunon miflarining, yunon
miflarida esa shumer miflarining izlari bor.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə