O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə13/138
tarix23.12.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#154894
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   138
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul-fayllar.org

Konfutsiy qonunlari. Ulug‘ mutafakkir Konfutsiy (Kun Fu szi,
ya’ni muallim m.a. 552/551–479) ning 3000 taga yaqin o‘quvchisi
bo‘lgan. Ularga og‘zaki dars bergan. Ammo uning ta’limoti avlodlar
tomonidan yozib olingan va Konfutsiy qonunlari (O‘n uch qonun,
“Shi san szin”) bizgacha yetib kelgan. U 13 kitobdan iborat bo‘lib,
ayrimlari “Suhbatlar va mulohazalar”, “Ulug‘ ta’limot”, “O‘rtalik
haqida ta’limot” deya nomlanadi. Konfutsiyning asosiy g‘oyasi dao
bo‘lib, bu yo‘l insonni ezgulikka olib boradi. Buning uchun u inson
qarshisiga 5 ta talabni qo‘yadi: 1. Burch. 2. Insoniylik. 3. An’anaga
sadoqat (Me’yorni bilish). 4. Jasorat (Hayotini o‘rtaga qo‘yib bo‘lsa
ham ezgulikni himoya qilish). 5. Bilim (Tabiatni emas, balki insonni
bilish).
Dao qununi. “Dao de szin” (Dao – yo‘l, de – ezgulik. Ezgu yo‘l
haqida kitob). Bu qonun Lao-szi (m.a.VI-V a.) ga oid deb qaraladi.
Shu bilan birga, keyingi davrlarga tegishli degan qarashlar ham yo‘q
emas. Dao qonuni Konfutsiy qonunlariga zid mohiyatda turadi. Bu
qonunlar asrlar davomida to‘planib, milodiy 1019-yilda e’lon qil-
ingan. Uning mohiyati faoliyatda emas, balki tabiat bilan qo‘shilib,
unga singib ketishda: “Dao hech narsa qilmaydi, lekin qilinmagan
hech qanday ish yo‘q”.
Mavzu bo‘yicha nazorat savollari:
1. Qadimgi Sharq adabiyoti deganda qaysi adabiyot tushuni-
ladi?
2. Shumerlar adabiyotining o‘ziga xosligi nimalarda ko‘rinadi?
3. “Bilgamish” dostoni mazmunini gapirib bering.
4. Akkad adabiyoti haqida tushuncha bering.
5. Qadimgi Hind, Xitoy, Markaziy Osiyo va Eron adabiyotlari
haqida nimalarni bilasiz?
Adabiyotlar
1. Луков Вл. А. История литературы (Зарубежная
литература от истоков до наших дней). – Москва: Академия,
2008.

27
2. Эргашев Ш. Қадимги цивилизациялар. – Тошкент:


Ўзбекистон, 2016.
3. Эфти Т. Шумерсы и этруски – древние турки у истоков
человеческой цивилизации. – Ташкент: Нисо полиграф, 2013.
4. Зиётов З. Шумерлар ва Турон қавмлари. – Тошкент:
Mumtoz so‘z, 2012.
5. Крамер C. История начинается в Шумере. – Москва.
Наука. 1991.
6. Болтабоев Ҳ., Маҳмудов М. Адабий-эстетик тафаккур
тарихи. –Тошкент: Mumtoz so‘z, 2013.
7. Панчатантра. – Тошкент: “Yangi asr avlodi”, 2013.
8. Калила ва Димна. – Тошкент: Ғафур Ғулом нашриёти,
2012.
9. Авесто. – Тошкент: Ғафур Ғулом нашриёти, 2015.

28


Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə