O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə11/138
tarix23.12.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#154894
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   138
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul-fayllar.org

Qadimgi hind adabiyoti
7
Mahabhorat” eposining nomi ulug‘ jang, degan ma’noni bildi-
radi. Doston m.o. X-IV asrlarda vujudga kelgan bo‘lib, milodiy
taxminan IV asrlarda yozib olingan. “Mahabhorat” va “Ramayana”
qadimgi hind adabiyotining cho‘qqisi hisoblanadi. “Mahabhorat”
200 ming misradan iborat bo‘lib, hajman “Iliada” va “Odisseya”dan
8-marta ko‘pdir. Asarning asosiy syujeti shundayki, aka Panduning
besh o‘g‘li uka Dxishtrotrning yuz o‘g‘li o‘rtasida taxt talashish nati-
jasida nizo kelib chiqadi. Taxt qonunan besh o‘g‘ilning to‘ng‘ichi
Yudxishtrga tegishli bo‘lsa-da, hiyla-nayrang bilan Dxishtrotrning
o‘g‘li Duryodxon uni egallab oladi. O‘rtada muhoraba (jang) bosh-
lanadi. U 18 kun davom etadi va besh o‘g‘ilning g‘alabasi bilan
yakunlanadi. Yudxishtr mamlakatni uzoq vaqt adolat bilan boshqa-
rib, asar so‘ngida ukalari va umumiy xotinlari bo‘lmish Draupadi
bilan birga ilohlar olamiga kirish uchun muqaddas tog‘ cho‘qqisiga
ko‘tariladi.
Ramayana” eposi til xususiyatlariga ko‘ra “Mahabhorat” yozil-
gan davrdan keyinroq vujudga kelgan. Lekin asar voqelari – Ram,
Krishnaning qahramonliklari va uni ma’bud deb tan olinishi ancha
qadimroq vaqtlarda yuz bergan, shoir Valmiki “Ramayana” dosto-
nining asosiy muallifi deb taxmin qilinadi manbalarda. Ammo dos-
tonning to‘liq shakllanishida boshqa shoirlar ham hissa qo‘shgan.
Doston syujeti markazida Ram, uning xotini Sita, devlar va jinlar
mamlakati hukmdori – o‘n boshli dev Ravana (ehtimol, o‘n buyuk
lashkarboshilari borligi uchun shunday deyilgandir) turadi. Ram 14
yilga taxtdan uzoqlashtiriladi, ukasi Lakshman va xotini Sita bilan
sargardon hayot kechirai. Keyin kimsan – Ayyodxya davlati shohin-
7
Eng qadimgi adabiyoti “Veda”lardir. Diniy va marosimiy matnlardan iborat
“Veda”lar m.o. XVIII–XIII asrlarda Hindistonga kirib kelgan oriy qabilalar
madaniyati bilan sintezlashuv negizida paydo bo‘lib, o‘qituvchi tomonidan
o‘quvchiga yod oldirish yo‘li bilan o‘rgatilgan. Veda–bilim degani. Undan
xudolar madhi, qahramonlik afsonalari, pandnomalar, falsafiy sharhlar o‘rin
olgan.

23
ing o‘g‘li Ramning sevikli xotini Sitani devlar hukmdori Ravana


o‘g‘irlab olib kelib, unga uylanmoqchi bo‘ladi. Sita turli bahonalar
bilan to‘yni kechiktiradi. Bu vaqt oralig‘ida Ram va ukasi Lakshman,
jangchilari, shamol ma’budi hamda donishmand maymun Xonuman
yordamida devlar makoniga yetib keladi. Jangda Ramning qo‘li ban-
land keladi. Doston syujeti shulardangina iborat emas. Unda oilaviy
mojarolar tufayli davlatning zaiflashuvi masalasi, adolatli podshoh
va kuchli davlat munosabatlari oilaviy ziddiyatlar bilan birgalikda
ta’sirli aks ettirilgan. “Ramayana” va “Mahabhorat” dostonlarini
buyuk hind adibi Robindranat Tahur Homerning “Iliada” va “Odis-
seya” dostonlariga qiyoslaydi. Qadimgi hind eposlari jahondagi juda
ko‘p tillarga tarjima qilingan. “Ramayana” dostonini yozuvchi va
tarjimon Muhammad Ali o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
Panchatantra” hamda “Kalila va Dimna”Qadimgi hind ad-
abiy-estetik tafakkurining nodir durdonalaridan biri “Panchatantra”
(Besh kitob) asari milodning III-IV asrlarida vujudga kelgan. Janu-
biy hind o‘lkasida Amora-shakti (o‘lmas qudrat egasi) nomli dono
podshoh bo‘lib, uning bir biridan axmoq uchta o‘g‘li bo‘ladi. 12 yil
mobaynida o‘z ona tili grammatikasini o‘qib ham uqishmabdi. Ota
donishmand vazirlarini to‘plab, maslahat solibdi. Vazirlar uch o‘g‘il
tarbiyasini donishmand Vishnu-sharmanga topshirishni maslahat
beribdi. Vishnu 6 oy muhlat so‘rab, shahzodalarga “Panchatantra”
hikoyalarini aytib beribdi. Boshqa bir manbada esa “Panchatantra”
m.a. IV asrda noma’lum muallif tomonidan yozilganligi aytiladi.
Unga ko‘ra, “Iskandar va Pur jangidan so‘ng hindlar makedoniya-
lik istilochilarni qirib tashlab, o‘zlarining shahzodasi Dobshalimni
podshoh qilib ko‘taradilar. Ammo u kibru havo va dabdabaga ber-
ilib, xalqqa jabr-zulm qila boshlaydi. Shunda vazirlar yashirin tarzda
yig‘ilib, donishmand brahman Boydaboni chaqirib, undan podshoh-
ni adolat va insofga, yaxshilikka da’vat qiluvchi bir hikmat yozib
berishlikni iltimos qiladilar. Shunda Fil bilan To‘rg‘ay hikoyasi yu-
zaga keladi. Fil daryo bo‘yiga suv ichgani kelganida o‘zi bilmagan
holda to‘rg‘ay uyasidagi jajji tuxumlarni sindirib yuboradi. To‘rg‘ay

24
filga o‘z dardini aytsa, fil takabburlik bilan qo‘pollik qiladi. To‘rg‘ay


o‘rmondagi do‘sti qarg‘ani ishga solib, filning ko‘zini cho‘qitib ko‘r
qiladi. So‘ng qurbaqalarga aytib, ko‘rmayotgan filni jarlikka qulatib
yuboradi. Hikoyadan maqsad zolim har qancha qudratli bo‘lmasin,
jazosiz qolmasligini eslatishdir. Donishmand Boydabo zolim Dob-
shalim bilan uchrashib, unga yaxshi so‘zlarni aytib, dilini eritadi.
Shoh uning nasihatlarini tinglashga rozilik bildiradi. Donishmand
hikmatlarida aytilishicha, inson boshqa jonivorlardan to‘rt xislati bi-
lan farqlanadi: u turli ilmlarni bilishi (1), go‘zal xulqli va shirinsux-
an bo‘lishi (2), vazminlik bilan oqilona ish tutishi (3) va adolatli (4)
bo‘lishi kerak. Asar davomida shu kabi bir qator hikmatlar keltirila-
di. Hind donishmandlari ming yillar davomida bu hikmatlarni aytib
jahon xalqlariga yetkazganlar. Qadimgi Hindistonda adabiy-estetik
tafakkur mifologik inonch-e’tiqodlarni va umuminsoniy ideallarni
ilgari surgan”
8
. “Panchatantra” atoqli tarjimon Ibrohim G‘afurov to-
monidan o‘zbek tiliga o‘girilgan.
Kalila va Dimna” eposi “Panchatantra”, “Xitopadeshe” va
shu kabi boshqa asarlar bilan ildizi bir ekanligi aytiladi
9
. Chunon-
chi, masalan, “Kalila va Dimna” va “Panchatantra”ni chog‘ishtirib
o‘qib ko‘rishning o‘ziyoq bu fikrni isbot qiladi. “Kalila va Dimna”
VI asrda Eron shohi Anushiravon davrida Hindistondan Eronga
keltirilib, forsiyga o‘giriladi. Tarjima asnosida Sharq an’anasiga
ko‘ra tahrirlar, qo‘shishlar, qisqartirishlar amalga oshiriladi. Nati-
jada “Panchatantra”dan bir muncha farqli bo‘lgan “Kalila va Dim-
na” asari dunyoga keladi. Asar keyinchalik ko‘plab, jumladan, arab,
rus, tojik, ozarbayjon va o‘zbek tillariga ham o‘girilgan. O‘zbek
tiliga eng so‘ng olima Suyuma G‘aniyeva tomonidan amalga os-
hirilgan. Asar pand-nasihatga yo‘g‘rilgan ertak, masal, rivoyat va
hikoyatlardan iborat bo‘lib, hayvonlar, qushlar vositasida odamlarn-
ing qilmishlari va qilmishlarning oqibatlaridan hikoya qiladi. Eng
8
Qarang: Болтабоев Ҳ., Маҳмудов М. Адабий-эстетик тафаккур тарихи.
– Тошкент: Мумтоз сўз, 2013.
9
Калила ва Димна. – Тошкент: Ғафур Ғулом нашриёти, 2012. – Б. 254.

25
muhimi, unda shunday majoziy yo‘l tanlanganki, natijada epos bar-


cha zamonlar uchun o‘z ahamiyatini yo‘qotmay kelmoqda.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə