O’zbekiston republikasi


O`smirlarning psixik o`sishini xarakatga keltiruvchi kuch nima?



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə24/67
tarix24.12.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#160075
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   67
Yosh va pedagogik psixologiya ma\'ruzalar matni

O`smirlarning psixik o`sishini xarakatga keltiruvchi kuch nima? O`smirning psixik o`sishini xarakatga keltiruvchi kuch - uning faoliyatini vujudga keltirgan yangi ehtiyojlar bilan ularni qondirish imkoniyatlari o`rtasidagi qarama-qarshiliklar tizimining namoyon bo`lishidir. Vujudga kelgan ziddiyatlarni psixologik kamolotni ta’minlash, faoliyat turlarini murakkablashtirish orqali o`smir shaxsida yangi psixologik fazilatlarni tarkib toptirish bilan asta-sekin yo`qotish mumkin.



Xarakter aksentuatsiyasi – K.Leongard tomonidan kiritilgan tushuncha bo’lib, xarakter ba’zi sifatlarning yorqin ifodalanganligining namunasidir. Xarakter aksentuasiyasini bilish o’smirlarga individual yondashish, kasbga yo’naltirish kabilarda zarurdir. O’z-o’zini baholash – shaxsning o’zini boshqalar bilan taqqoslash va refleksiya natijasida o’z-o’zini baholash murakkab va o’zgaruvchan bo’lib, shaxs strukturasida katta o’rin tutadi.





O`smirlik davrining anatomo – fiziologik xususiyatlari.
Butun endokrin sistemasining, xususan gipofizning aktivlashishi tufayli o’smir organizmida sifat jihatdan o’zgarishlar yuz beradi. Bu holat qizlarda 11-13, o’g’illarda 13-15 yoshda bo’lib, ikkilamchi jinsiy belgilar paydo bo’ladi, o’smirning tashqi ko’rinishi o’zgaradi. Muskullar massasi va muskul kuchi o’sadi, bu holat jinsiy yetilish davrining oxiriga borib tezlashadi. Ichki organlar, xususan yurak o’sadi. Ba’zan yurak qon-tomir sistemasida patologik o’zgarishlar yuz beradi.





O’tish davrining inqirozi haqida nazariy qarashlar.
Biogenetik yo’nalish vakllari S.Xall va Z.Freyd bu inqiroz biologik shartlanganligi tufayli muqarrardir deb hisoblasalar, amerikalik antropologlar M.Mid va R.Benedikt o’smirlik inqirozi ijtimoiy munosabatlarning natijasidir deb isbotlaydilar. R.Benedikt bolalikdan kattalikka o’tishning 2 usulini ko’rsatadi.
K.Levin (AQSH) fikricha jamiyat kattalar va bolalar guruhlariga bo’linadi. O’smir esa oraliq guruhni tashkil etadi.






Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə