O’zbekiston republikasi


Mavzu O’smir psixologiyasi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə23/67
tarix24.12.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#160075
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   67
Yosh va pedagogik psixologiya ma\'ruzalar matni

Mavzu O’smir psixologiyasi
Mavzu: O’smir psixologiyasi
Mavzuning dolzarbligi: O`smirlik – bolalikdan kattalikka o`tish davri bo`lib, fiziologik va psixologik jihatdan o`ziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda bolalarning jismoniy va psixik taraqqiyoti juda tezlashadi, hayotdagi turli narsalarga qiziqishi, yangilikka intilish ortadi, xarakteri shakllanadi, ma’naviy dunyosi boyiydi, ziddiyatlar avj oladi. O`smirlik balog`atga yetish davri bo`lib, yangi hislar, sezgilar va jinsiy hayotga taalluqli chigal masalalarning paydo bo`lishi bilan ham xarakterlanadi.Talabalarga bu davrning o`ziga xos bo`lgan psixik qonuniyalar to`g`risida ilmiy bilimlarni kengaytirish va mustahkamlashlozim. Har bir pedagog o`tish davriga oid psixo-pedagogok bilimlarga ega bo`lsagina samarali faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo`ladi.
1-ilova.
Ma’ruza mashg’uloti taqdimot mavzulari.
1.O’tish davri inqirozi va uning sabablari.
2.O’smirdagi asosiy psixologik o’zgarishlar.
3.O’smirda bilish jarayonlarining o’sish va o’qish faoliyati.
4.Tarbiyasi qiyin o’smirlar..
2-ilova.
Xulosani shakllantirish uchun savollar

  1. O`smirlik davrining asosiy xususiyatlari nimadan iborat?

  2. O`smirlik yoshidagi jismoniy tarakkiyotning eng muxim farki nimadan iborat?

  3. O`smirlarda kanday ijobiy va salbiy salbiy xislatlar bor?

  4. O`smirlar bilan kattalar urtasidagi uzaro munosabat?

  5. O`smirning psixologik xususiyatlarini tavsiflab bering?

3-ilova.
Baholash ko’rsatkichlari va mezonlari



Baholash ko’rsatkichlari va mezonlari (ballarda)

Ma’ruzachi (F.I.SH.)



Ma’ruzachi (F.I.SH.)



Ma’ruzachi
(F.I.SH.)



Ma’ruzaning mazmuni (2,5):












- mavzuga mos kelishi (1,5);












- mantiqiylik, aniqlik (0,5);












xulosalarni qisqaligi (0,5);












Informatsion texnologiyalardan foydalanganligi










(ko’rgazmalilik) – (0,9).












Reglament (0,6)












Jami (4,0)












Taqrizchilar (F.I.SH.)










Ma’ruzaning tavsifi (3,0)












- ma’ruzaning kuchli tomonlari aniqlash (1,2)












- ma’ruzaning zaif tomonlari aniqlash (1,2)












Reglament (0,6)












Jami (3,0)













Bular ta’sirida o`smirning xarakteri, atrofdagi kishilar bilan muomalasi, jamiyatda sodir bo`layotgan voqealarga munosabati tez o`zgarib boradi. Ba’zan ijtimoiy masalalar tug`risida noto`g`ri tasavvur va yanglish fikrlar hosil bo`lishi tufayli u muayan tartib-qoidalarga tanqidiy ko`z bilan qaraydi.
O`smirda psixik jarayonlarning keskin o`zgarishi bilan aqliy faoliyatida ham burishlar seziladi. Shuning uchun shaxslararo munosabatda, o`quvchi bilan o`qituvchi muloqotida, kattalar bilan O`smirlarning muomalasida qat’iy o`zgarishlar jarayonida qiyinchiliklar paydo bo`ladi. Bular avvalo ta’lim jarayonida ro`y beradi: yangi axborot, ma’lumotlarni bayon qilish shakli, uslubi va usullari o`smirni qoniqtirmay qo`yadi.
Odobli, dilkash o`smir kutilmaganda qaysar, intisomsiz, qo`pol, serzarda bo`lib qoladi. O`smir xulqidagi bunday o`zgarishlar tajribasiz o`qituvchi va ota-onasini qattiq tashvishga soladi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə