O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi bola huquqlari: tug‘ilgandan maktabni tamomlagunga qadar


Defektolog faoliyatining vazifalari quyidagilardan iborat



Yüklə 2,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/46
tarix07.02.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#100334
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   46
Bola huquqlari oxirgi

Defektolog faoliyatining vazifalari quyidagilardan iborat:
• nuqsonlarni aniqlashtirish maqsadida va yakka tartib-
dagi korreksion-pedagogik ish rejasini tuzish uchun kompleks 
psixo logik-pedagogik tekshiruvni tashkil etish;
• 
rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlarni, shu-
ningdek xotira, tafakkur, diqqat-e’tiborni imkon qadar korreksiya 
qilishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish;
• tarbiyalanuvchining imkoniyatlari va ehtiyojlariga mu-
vofiq korreksion-pedagogik usullarni tanlash;
• 
rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan 
tarbiyalanuvchilarga ta’lim-tarbiya berish, ularni ijtimoiy mos-
lashuvi, shuningdek rivojlanishidagi nuqsonlarni korreksiya qi-
lish uchun qulay shart-sharoitlar, shu jumladan inklyuziv ta’lim 
muhitini yaratish yuzasidan pedagoglar bilan hamkorlikda ish
-
lash va ushbu faoliyatlarni muvofiqlashtirish.
Defektolog ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlani-
shiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq, shuningdek ular 
asosida ishlab chiqilgan ta’lim-tarbiya va korreksion faoliyatni 
tashkil etish dasturlariga muvofiq tarbiyalanuvchilarga ta’lim-tar
-
biya va korreksion-pedagogik yordam ko‘rsatilishini ta’minlaydi.
Umum rivojlantiruvchi va korreksion dasturlar bo‘yicha 
o‘tkaziladigan yakka tartibdagi, kichik guruhdagi yoki frontal 
mashg‘ulotlar korreksion-pedagogik ishlarni tashkil etishning 
asosiy shakli hisoblanadi.


Bola huquqlari:
36
Defektolog maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagoglari, 
boshqa mutaxassislari bilan yaqin hamkorlikda ish olib boradi, 
mashg‘ulotlarni borib ko‘radi, pedagog xodimlari va bolaning 
qonuniy vakillarga nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilarga yor-
dam ko‘rsatishning maxsus usullar va uslublarini qo‘llash yuzasi-
dan maslahat beradi.
Inklyuziv guruhlardagi rivojlanishida jismoniy yoki psixik 
nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilar bilan korreksion-pedagogik 
ishlar tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya xulosasida belgilan
-
gan muddatgacha o‘tkaziladi.
Nutqida nuqsonlari bo‘lgan 5 – 7 yoshdagi tarbiyalanuvchi
-
lar maktabgacha ta’lim tashkilotida korreksion-pedagogik ishlar 6 
oy o‘tkazilganidan keyin maktabgacha ta’lim tashkilotiga hudu-
diy biriktirilgan davolash-profilaktika muassasasining logopedi 
tomonidan tekshiriladi.
Agar tarbiyalanuvchida nutqida nuqsonlari bo‘lsa, maktab
-
gacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchiga korreksion-pedagogik 
yordam ko‘rsatilishini davom ettirish tavsiya etilganligi to‘g‘risi
-
dagi logopedning xulosasi beriladi.
Xulosada ko‘rsatilgan muddat tugashigacha nuqsonlar bar-
taraf etilsa, defektolog tomonidan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar 
to‘xtatiladi.
Defektolog faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish va uni 
nazorat qilish maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori tomonidan 
amalga oshiriladi.
Guruhlarni to‘ldirish. Guruh maktabgacha ta’lim tashkilo
-
tining tarkibiy birligi hisoblanadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi guruhlar ham bir xil 
yoshdagi, ham turli yoshdagi bolalar bilan to‘ldirilishi mum
-
kin.
Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi 
inklyuziv guruhlar yosh 
prinsipi bo‘yicha to‘ldiriladi.


Tug‘ilgandan maktabni tamomlagunga qadar
37
Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarini to‘ldi-
rish va bir guruhdan boshqasiga o‘tkazish har yili o‘quv yili bosh-
lanishidan oldin amalga oshiriladi.

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə