O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi bola huquqlari: tug‘ilgandan maktabni tamomlagunga qadar


Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida guruhlar qu­



Yüklə 2,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/46
tarix07.02.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#100334
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   46
Bola huquqlari oxirgi

Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida guruhlar qu­
yidagi miqdorda to‘ldiriladi:
• 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallan-
gan guruhlarda – ko‘pi bilan 30 nafar bola;
• 
bolalar qisqa vaqt bo‘ladigan guruhlarda – ko‘pi bilan 
30 nafar bola;
• 
turli yoshdagi guruhlarda – ko‘pi bilan 25 nafar bola;
• 
bolalar kechayu kunduz bo‘ladigan guruhlarda – ko‘pi 
bilan 10 nafar bola.
Agar davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti joylashgan joy-
da davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga borishni xohlovchi 
maktabgacha yoshdagi bolalar soni 20 nafar boladan kam bo‘lsa 
va bu joyda boshqa davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lma-
sa, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan 
ke lishgan holda kam sonli bolalardan iborat guruhlarni tashkil 
etishga yo‘l qo‘yiladi.
3 yoshdan katta bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan 
inklyuziv guruhlar rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari 
bo‘lgan bolalarning toifasiga qarab to‘ldiriladi hamda ko‘pi bilan 
25 nafar bola, shu jumladan rivojlanishida jismoniy yoki psixik 
nuqsonlari bo‘lgan ko‘pi bilan 3 nafar bolani tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan 
kelishuvga ko‘ra guruhlarni ularni to‘ldirishning eng ko‘p miqdori 
oshirilgan holda tashkil etishga yo‘l qo‘yiladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida guruhlarni 
to‘ldirish tartibi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini saqlab turish, 
tuzish va ularda ishlash tartibini 
tashkil etishga qo‘yilgan sanitari-
ya-gigiyena talablarini hisobga olgan holda muassis tomonidan 
belgilanadi.


Bola huquqlari:
38
Ovqatlanishni tashkil etish. Maktabgacha ta’lim tashkilotida 
ovqatlanish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar ovqatlanishini tash-
kil etish uchun javobgarlik maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari 
zimmasiga yuklanadi.
Tarbiyalanuvchilar sog‘lig‘ini asrash. Maktabgacha ta’lim 
tashkiloti tarbiyalanuvchilariga tibbiy yordam maktabgacha 
ta’lim tashkiloti shtatiga kiradigan tibbiyot xodimlari yoki 
sog‘liqni saqlash muassasalarining maktabgacha ta’lim tashki-
lotiga 
biriktirilgan tibbiyot xodimlari tomonidan ta’minlanadi, 
ular bolalarning hayoti, sog‘lig‘i va jismoniy kamoloti, davo
-
lash-profilaktika tadbirlari o‘tkazilishi, sanitariya-gigiyena 
normalariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya etilishi uchun 
javob beradi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tibbiyot xodimlari 
faoliyatini nazorat qilish tuman (shahar) tibbiyot birlashmalariga 
yuklanadi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tibbiyot xodimlari 
faoliyatini nazorat qilish uning rahbariga yuklanadi.
Bu muhim
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining shtatdagi 
xodimlari sog‘liqni saqlash muassasalarida belgilangan tar-
tibda bepul tibbiy tekshiruvdan o‘tadi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tibbiy yor-
dam qonunchilikka muvofiq beriladi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tibbiyot xodimlari-
ning malakasini oshirish bepul asosda sog‘liqni saqlash tizimi-
ning malaka oshirish muassasalarida 3 yilda kamida bir marta 
o‘tkaziladi.


Tug‘ilgandan maktabni tamomlagunga qadar
39

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə