O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi bola huquqlari: tug‘ilgandan maktabni tamomlagunga qadar



Yüklə 2,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/46
tarix07.02.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#100334
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
Bola huquqlari oxirgi

TUG‘ILISH
Yashash huquqi barchada bolaning tug‘ilishi bilan yuzaga 
keladigan ajralmas huquqdir.
Yashash huquqi har bir bolaning uzviy huquqidir. Bola ha-
yotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir.
Davlat sog‘lom bolaning tug‘ilishi va rivojlanishini ta’min-
lash uchun sharoit yaratadi.
Bu muhim
Bolaning tug‘ilishini qayd etish majburiy bo‘lib, bola 
tug‘ilgan joydagi yoki ota-onasidan birining doimiy yashash 
yoki vaqtincha turgan joyidagi FHDY organi tomonidan 
bevosita yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga 
oshirilishi lozim.
Ota-onaning istagiga ko‘ra FHDY organi bolaning 
tug‘ilganligini qayd etishni tantanali vaziyatda o‘tkazishi 
mumkin.
Ariza berish.
Tug‘ilganlik haqidagi ariza bola tug‘ilgan kun-
dan boshlab bir oy muddat mobaynida og‘zaki yoki yozma shakl-
da berilishi zarur.
Bola tug‘ilganligi to‘g‘risidagi ariza ota-onasi yoki ulardan 
biri, alohida hollarda esa qarindoshlari, qo‘shnilari yoki ota-onasi 
yoxud ota-onasidan biri vakolat bergan boshqa shaxslar, shuning
-
dek tibbiyot muassasalarining, ichki ishlar yoki vasiylik va homiy
-
lik organlarining mansabdor shaxslari tomonidan berilishi mum-
kin.
Qayd etish majburiyligi va shartligi.
Belgilangan muddat-
ning o‘tib ketganligi tug‘ilganlikning qayd etilishiga to‘sqinlik qila 
olmaydi.


Bola huquqlari:
6
Bunda, o‘n olti yoshgacha bo‘lgan bolaning tug‘ilishini qayd 
etish uchun FHDY organiga tug‘ilishni qayd etish muddatini o‘tka-
zib yuborganlik sabablari ko‘rsatilgan ariza bolaning ota-onasi, 
ota-onaning qonuniy nikohi mavjud bo‘lgan hollarda ulardan biri 
yoki ishonchnoma asosida boshqa manfaatdor shaxs, ota-onaning 
o‘rnini bosuvchi shaxs yoxud vasiylik va homiylik organlarining 
mansabdor shaxslari tomonidan taqdim etiladi.
Bunday hollarda FHDY organi tug‘ilish faktini tasdiqlovchi 
hujjatga qo‘shimcha ravishda qonunchilikda belgilangan tartibda 
boshqa hujjatlarni ham talab qiladi.
Bu muhim
Agar tug‘ilganlikni qayd etish to‘g‘risidagi ariza bel-
gilangan muddatdan o‘tkazilib berilgan bo‘lsa, tug‘ilish 
tug‘ilganlik to‘g‘risidagi dalolatnomalarni qayd etish joriy 
ro‘yxatga olish daftariga qayd etiladi, bola to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar: familiyasi, ismi, dalolatnoma yozuvi tartib 
raqami, sanasi bolaning haqiqiy tug‘ilgan yilidagi hamda 
joriy yilda yuritilgan Alfavit daftarlarga yozib qo‘yiladi.

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə