O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi bola huquqlari: tug‘ilgandan maktabni tamomlagunga qadar



Yüklə 2,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/46
tarix07.02.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#100334
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
Bola huquqlari oxirgi

Ota ismini berish.
Bolaning ota ismi uning otasining ismiga 
ko‘ra beriladi.
Otasi haqida ma’lumotlar tug‘ilganlik haqida dalolatnoma 
yozuvi va guvohnomada yozuvlar shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar 
asosida o‘zgartirishsiz yoziladi.
Bu muhim
Tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvida “Otasi” 
va “Onasi” ustunlarini ochiq qoldirish qat’iyan man etiladi.
Tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma. 
Tug‘ilganlik haqida 
dalolatnoma yozuvi qayd etilgach, ariza beruvchiga tug‘ilganlik 
haqidagi guvohnoma beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byud
-
jetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi 
tomonidan ariza beruvchiga belgilangan tartibda tegishli nafaqa 
tayinlanishi uchun “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot 
tizimi orqali xabarnoma yuboriladi.


Bola huquqlari:
10
Egizaklar. 
Egizak (ikkita va undan ortiq) bolalar tug‘ilganda 
ularning har biri uchun tug‘ilganlik haqida tibbiy ma’lumotnoma 
taqdim etilishi kerak, ular asosida tug‘ilganlik haqida alohida-alo
-
hida dalolatnoma yozuvlari, tartib raqamlari yozilgan holda, qayd 
etilib, ularning har biriga tug‘ilganlik haqida alohida gerbli gu
-
vohnomalar beriladi.
Topib olingan bola.
Topib olingan (tashlab ketilgan) bola
-
ning tug‘ilganligini qayd etish ichki ishlar, vasiylik va homiylik 
organlari, bola joylashgan muassasa ma’muriyati yoki tibbiyot 
muassasasining arizasiga binoan amalga oshiriladi. Bolani topib 
olgan shaxs bu haqda yigirma to‘rt soat mobaynida ushbu tuman-
dagi ichki ishlar organiga yoki vasiylik va homiylik organiga xabar 
berishi kerak.
Otasi haqida ma’lumot.
Tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma 
yozuviga kiritilgan otasi haqidagi ma’lumotlar har qanday holda 
ham faqat sudning qonuniy kuchga kirgan qaroriga asosan bekor 
qilinishi mumkin.

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə