O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi bola huquqlari: tug‘ilgandan maktabni tamomlagunga qadar


Bolalarni tarbiyalayotgan oilalarni davlat tomonidan qo‘l ­



Yüklə 2,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/46
tarix07.02.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#100334
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   46
Bola huquqlari oxirgi

Bolalarni tarbiyalayotgan oilalarni davlat tomonidan qo‘l ­
lab­quvvatlash.
Davlat bolalarni tarbiyalayotgan oilalarni qo‘l lab-
quvvatlashni kafolatlaydi, shuningdek qonunchilikda belgilangan 
tartibda ularga ijtimoiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlaydi.
Bolaning oilaviy muhitga bo‘lgan huquqi. 
Har bir bola 
oilada yashash va tarbiyalanish, o‘z ota-onasini bilish, ular bilan 
birga yashash va ularning g‘amxo‘rligidan foydalanish huquqiga 
ega, uning manfaatlariga zid bo‘lgan hollar bundan mustasno.
Bolaning ota-onasi bo‘lmaganda, ular ota-onalik 
huquqidan 
mahrum qilinganda hamda bola ota-ona qaramog‘idan mahrum 
bo‘lgan boshqa hollarda uning oilada yashash hamda tarbiyala-
nish huquqi vasiylik va homiylik organi tomonidan ta’minlanadi.
Bu muhim
Bola otasi, onasi, bobosi, buvisi, aka-ukalari, opa-
singil lari va boshqa qarindoshlari bilan ko‘rishish huquqiga 
ega. Ota-onasining nikohdan ajralishi, nikohning haqiqiy 
emas deb topilishi yoki ota va onaning boshqa-boshqa ya
-
shashi bolaning huquqlariga ta’sir qilmaydi.
Ota va ona turli davlatlarda yashagan taqdirda ham 
bola ular bilan ko‘rishish huquqiga ega.


Bola huquqlari:
16
Ekstremal vaziyatlarga (ushlab turish, hibsga olish, qamoq-
qa olish, davolash muassasasida bo‘lish va boshqa hollarda) tushib 
qolgan bola o‘z ota-onasi va boshqa qarindoshlari bilan qonun-
chilikda belgilangan tartibda ko‘rishish huquqiga ega.
Bolaning g‘ayriqonuniy ko‘chirilishdan himoyalanish 
huquqi. 
Har bir bola g‘ayriqonuniy ko‘chirilishdan va chet eldan 
qaytarilmaslikdan himoyalanish huquqiga ega.
Bolaning chet elga safarlari faqat ota va onaning yoki ota- 
onaning o‘rnini bosuvchi shaxslarning roziligi bilan qonunchilikka 
muvofiq amalga oshirilishi mumkin. Ushbu masala bo‘yicha ota 
va ona yoki ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘rtasidagi har 
qanday kelishmovchilik sud tomonidan hal qilinadi.
Ota-ona yoki ota-onaning o‘rnini bosuvchi 
shaxslar bola-
ning yo‘qolganligi haqida tegishli organlarga darhol xabar berish-
lari shart.
Ota-ona yoki ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxslar ham-
rohligida bo‘lmagan bolalar ularning yoniga kafolatli qaytarilish 
huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari 
chet elda qonuniy vakillari hamrohligisiz turgan bolalarning – 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining hisobini yuritadi va 
ularning qaytarilishi bo‘yicha choralar ko‘radi. Ota-onasi bedarak 
yo‘qolgan deb topilgan yoki ular vafot etgan deb e’lon qilingan 
taqdirda, vasiylik va homiylik organi ana shu bolalarni oilaga, 
bunday imkoniyat bo‘lmaganda esa yetim bolalar yoki ota-ona qa-
ramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun tayinlangan muassa-
salarga joylashtirish choralarini ko‘radi.
Qonuniy vakillari hamrohligisiz chet elda turgan bolalarni 
qaytarish masalalari O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shart
-
nomalari asosida hal qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro 
shartnomalariga muvofiq, davlat ijro etish maqsadlari, shakllari 


Tug‘ilgandan maktabni tamomlagunga qadar
17
va usullaridan qat’i nazar, bolalarni g‘ayriqonuniy ko‘chirishning 
oldini olish, shuningdek ularni doimiy yashaydigan mamlakatiga 
qaytarish choralarini ko‘radi.

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə