O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi bola huquqlari: tug‘ilgandan maktabni tamomlagunga qadar



Yüklə 2,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/46
tarix07.02.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#100334
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
Bola huquqlari oxirgi

Yo‘lda (safarda) tug‘ilgan bola.
Harakatdagi havo yoki suv 
kemasida, poyezdda yoki boshqa transport vositasida tug‘ilgan 
bolaning tug‘ilganligini qayd etish ota-onasidan birining doimiy 
yashash yoki vaqtincha turgan joyidagi FHDY organi yoki trans-
port vositasi qatnayotgan yo‘nalishdagi FHDY organi tomonidan 
Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshiriladi.
Chet elda tug‘ilgan bola.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi 
chet elda tug‘ilgan va uning tug‘ilganligi konsullik muassasasi to-
monidan qayd etilmagan taqdirda, tug‘ilganlik haqidagi dalolat
-
noma yozuvi ota-onaning yoki ulardan birining O‘zbekiston Res-
publikasida doimiy yashayotgan yoki vaqtincha turgan joyidagi 
FHDY organi tomonidan belgilangan tartibda legalizatsiya qilin-
gan yoki apostil qo‘yilgan xorijiy davlatning vakolatli organlari 
tomonidan berilgan bola tug‘ilganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim 
etilgandan keyin qayd qilinadi.


Tug‘ilgandan maktabni tamomlagunga qadar
11
Bu muhim
Tug‘ilishni qayd etishning barcha hollarida bola tug‘il-
gan ma’muriy hudud uning tug‘ilgan joyi sifatida yoziladi.


Bola huquqlari:
12
BOLA HUQUQLARI
O‘zbekiston Respublikasida har bir bolaga inson hamda 
fuqaro huquqlari va erkinliklari tegishli bo‘ladi hamda davlat to-
monidan kafolatlanadi.
Nikohda va nikohsiz tug‘ilgan bolalar teng hamda har ta-
raflama himoyadan foydalanadi.
Davlat bolaning barcha shakllardagi kamsitishlardan hi-
moya qilinishini ta’minlash uchun zarur choralarni ko‘radi.
Bola huquqlari cheklanishi mumkin emas, qonunda belgi-
langan hollar bundan mustasno.
Bolaning individuallikka va uni saqlab qolishga bo‘lgan 
huquqi.
Har bir bola tug‘ilgan paytdan e’tiboran familiya, ism, ota 
ismi olish, millati va fuqaroligiga ega bo‘lish huquqiga, shuning
-
dek ularni saqlab qolish huquqiga ega.

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə