O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi bola huquqlari: tug‘ilgandan maktabni tamomlagunga qadar


Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning jamiyatga uyg‘un­



Yüklə 2,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/46
tarix07.02.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#100334
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   46
Bola huquqlari oxirgi

Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning jamiyatga uyg‘un­
lashish huquqi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar jamiyat hayo-
tida ishtirok etishda boshqa bolalar bilan teng huquqlarga egadir.
Davlat ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar va ular oilalarining 
jamiyat hayotida faol ishtirok etishini ta’minlash uchun ularning 
sha’ni va qadr-qimmatini kamsitmaslik shartlari asosida dasturlar 
ishlab chiqish tashabbuskori bo‘ladi hamda zarur resurslar ajra-
tadi.


Bola huquqlari:
22
Ta’lim, tibbiyot va madaniy-ma’rifiy muassasalar nogiron ligi 
bo‘lgan bolalarning hamda jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlani shida 
nuqsonlari bo‘lgan bolalarning erkin harakatlanishlari uchun 
moslashtirilgan bo‘lishi kerak.
Davlat ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni reabilitatsiya qi-
lish tizimini shakllantirish va rivojlantirishni tashkil etadi hamda 
bunga ko‘maklashadi.
Nogironlik belgilangan paytdan boshlab bola tegishli davlat 
organlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan yakka tartibdagi 
reabilitatsiya dasturidan foydalanish huquqiga ega.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning turar joyga bo‘lgan 
huquqlari. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum 
bo‘lgan bolalar, to‘liq davlat ta’minotida turgan ixtisoslashtirilgan 
o‘quv-tarbiya muassasalarini bitirgan yoki jazoni o‘tash muassa-
salaridan 
ozod qilingan bolalar, shuningdek ijtimoiy himoyaga 
muhtoj bo‘lgan boshqa toifadagi bolalar o‘zlari ilgari yashagan tu-
rar joy maydoniga ega bo‘lish yoki qonunchilikka muvofiq turar 
joy olish huquqiga ega.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning ijtimoiy yordam 
olish ga bo‘lgan huquqi. 
Ijtimoiy yordam uni olish huquqiga ega 
bo‘lgan har bir bolaga tayinlanadi.
Ijtimoiy yordam ko‘rsatish miqdori, shartlari va tartibi 
qonunchilik bilan belgilanadi.
Davlat organlari ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan har 
bir bolaga, bolalarning joylashtirilishi shaklidan qat’i nazar, mod
-
diy va boshqa sharoitlarni ta’minlaydi.
Davlat ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvat-
lashga yo‘naltirilgan homiylik dasturlarini qonunchilikka mu-
vofiq rag‘batlantiradi.
To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona-
sining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum 
bo‘lgan bolalar huquqlari. Yetim bolalar va ota-onasining yoki 


Tug‘ilgandan maktabni tamomlagunga qadar
23
boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum 
bo‘lgan bo-
lalar davlat tarbiya, davolash-sog‘lomlashtirish, tibbiy-ijtimoiy 
muassasalariga, o‘rta maxsus, ta’lim muassasalariga tarbiyaga 
berilgan kundan e’tiboran to‘liq davlat ta’minotida bo‘ladi.
To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalarga va 
ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan 
mahrum bo‘lgan bolalarga ta’lim berish, ularni uy-joy, oziq-ovqat 
mahsulotlari, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa ashyoviy ta’minot 
buyumlari bilan ta’minlash, ular ta’lim muassasalarini bitirayot
-
ganda, ishga qabul qilinayotganda kiyim-bosh, poyabzal va bosh
-
qa ashyoviy ta’minot buyumlari sotib olish uchun nafaqa to‘lash 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgi-
langan tartibda amalga oshiriladi
.
Nogironligi bo‘lgan bolalar, jismoniy va (yoki) ruhiy rivoj-
lanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalarning tibbiy-ijtimoiy yordam 
olishga bo‘lgan huquqi. Nogironligi bo‘lgan bolalar tibbiy-ijtimoiy 
yordam olish huquqiga ega bo‘lib, bu profilaktika, davolash-tash-
xis qo‘yish, reabilitatsiya, sanatoriy-kurort, protez-ortopediya yor
-
damini, harakatlanish vositalari bilan imtiyozli shartlarda ta’min
-
lanishni va boshqa yordam turlarini o‘z ichiga oladi.
Nogironligi bo‘lgan bolalar davlat sog‘liqni saqlash tizimi 
muassasalarida bepul tibbiy-ijtimoiy yordam olish va o‘z uylarida 
parvarish qilinish huquqiga ega.
Jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan 
bolalarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tartibi, ularga beriladi
-
gan imtiyozlar ro‘yxati qonunchilik bilan belgilanadi.
Jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida 
nuqsonlari bo‘lgan 
bolalar ota-onasi yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslar-
ning arizasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining Davlat byud
-
jeti, homiylik va boshqa jamg‘armalarning mablag‘lari hisobidan, 
shuningdek ota-onasi yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxs-
larning mablag‘lari hisobidan ijtimoiy muhofaza tizimi muassa-


Bola huquqlari:
24
salarida saqlanishlari mumkin.

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə