O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi bola huquqlari: tug‘ilgandan maktabni tamomlagunga qadar



Yüklə 2,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/46
tarix07.02.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#100334
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   46
Bola huquqlari oxirgi

Bolaning bilim olish huquqi.
Har bir bola bilim olish huqu-
qiga ega.
Davlat bolaning bepul majburiy umumiy o‘rta ta’lim va o‘rta 
maxsus ta’lim olishini kafolatlaydi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning oila muhitiga 
bo‘lgan huquqi. 
Davlat bolaning oilada bo‘lishiga to‘sqinlik qi-
luvchi sharoitlarni bartaraf qilish, bola oilasidan ajratilgan hol
-
larda esa uni oilasiga tezroq qaytarish bo‘yicha zarur choralarni 
ko‘radi.
Davlat nogironligi bo‘lgan bolalarni hamda jismoniy va 
(yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni tarbiyalayot
-


Tug‘ilgandan maktabni tamomlagunga qadar
21
gan oilalarga moddiy yordam, maslahat yordami va boshqa yor
-
dam 
ko‘rsatadi hamda ularni qo‘llab-quvvatlaydi.
Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola to‘g‘risida 
g‘amxo‘rlik qilishda imtiyozli huquq bu vazifani bajarishga qodir 
bo‘lgan qarindoshlariga beriladi.
Bolani oilaga joylashtirishning imkoniyati bo‘lmagan taq-
dirda, uni ixtisoslashtirilgan muassasalarga joylashtirish oxirgi 
choradir.
Oilada tarbiyalanishi mumkin bo‘lmagan ijtimoiy himoyaga 
muhtoj bolalar ularga zarur g‘amxo‘rlikni hamda qo‘llab-quvvat-
lashni ta’minlaydigan muqobil shaklda joylashtirilish huquqiga 
ega.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni muqobil joylashti­
rishning shakllari quyidagilardir:
• 
vasiylik va homiylikni belgilash;
• 
bolani farzandlikka olish;
• 
oilaga tarbiyaga olish (patronat);
• 
ixtisoslashtirilgan tarbiya, davolash muassasalariga, ijti
-
moiy himoya muassasalariga joylashtirish.
Qonunchilikka 
muvofiq ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni 
muqobil joylashtirishning boshqa shakllari ham nazarda tutilishi 
mumkin.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni muqobil joylashtirish 
tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə