O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi bola huquqlari: tug‘ilgandan maktabni tamomlagunga qadar


Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning ta’lim olish huquqi



Yüklə 2,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/46
tarix07.02.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#100334
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   46
Bola huquqlari oxirgi

Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning ta’lim olish huquqi. 
Davlat maxsus pedagogik yondashuvga ehtiyoji bo‘lgan ijtimoiy 
himoyaga muhtoj bolalarning belgilangan ta’lim standartlari va ta-
lablari darajasida bilim olishlarini kafolatlovchi zarur mablag‘lar 
ajratadi hamda boshqa choralar ko‘radi.
Jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan 
bolalar va nogironligi bo‘lgan bolalar ular uchun maxsus ishlab 
chiqilgan ta’lim dasturlari bo‘yicha ta’lim muassasalarida o‘qish 
va tarbiyalanish hamda o‘z jismoniy, aqliy qobiliyatlari va xohish
-
lariga mos bo‘lgan ta’lim olish huquqiga ega.
Tibbiy-psixologik-pedagogik 
komissiyaning tavsiyasi 
bo‘lgan taqdirda, jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqson
-
lari bo‘lgan bolalar va nogironligi bo‘lgan bolalarning ota-onalari 
o‘z xohish-istagiga ko‘ra hamda bolaning qiziqishlaridan kelib 
chiqqan holda ta’lim (umumta’lim yoki ixtisoslashtirilgan) muas
-
sasasi turini tanlash huquqiga ega.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarga o‘rta maxsus, kasb-hu
-
nar va oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishda qonunchilik bilan 
imtiyozlar belgilanishi mumkin.


Tug‘ilgandan maktabni tamomlagunga qadar
25
MAKTABGACHA TA’LIM VA TARBIYA
Davlat kafolatlari
Har bir bola maktabgacha ta’lim va tarbiya olish huquqiga 
ega.
Davlat har bir bolaning umumiy o‘rta ta’lim tashkilotiga 
o‘qishga kirishidan bir yil oldin davlat maktabgacha ta’lim tash-
kilotlarida umumiy o‘rta ta’limga majburiy bir yillik tayyorgarlik-
dan o‘tishga bo‘lgan huquqini kafolatlaydi.
Bolaning maktabgacha ta’lim va tarbiya olishiga doir dav-
lat kafolatlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari negizida 
maktabgacha ta’lim va tarbiya xizmatlarini ko‘rsatish, shuningdek 
ta’lim va tarbiya berishning muqobil shakllarini tashkil etish or qali 
ta’minlanadi.

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə