O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi bola huquqlari: tug‘ilgandan maktabni tamomlagunga qadar


Bolaning turar joyga bo‘lgan huquqlari



Yüklə 2,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/46
tarix07.02.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#100334
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   46
Bola huquqlari oxirgi

Bolaning turar joyga bo‘lgan huquqlari.
Har bir bola turar 
joyli bo‘lish huquqiga ega. Mazkur huquq qonunchilikda belgilan-
gan tartibda amalga oshiriladi.
Turar joy mulkdorining yoki turar joyni ijaraga oluvchining 
oila a’zolari bo‘lgan bolalar ular qayerda bo‘lishlaridan qat’i nazar, 
turar joy mulkdori yoki turar joyni ijaraga oluvchisi egallab turgan 
turar joyga nisbatan huquqqa ega bo‘ladi.
Tarbiya, davolash muassasalari va boshqa muassasalarda
qarindoshlari, vasiylari yoki homiylari qaramog‘ida bo‘lgan ye
-
tim bolalar, ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar 
turar joyga bo‘lgan mulk huquqini yoki turar joydan foydalanish 
huquqini saqlab qoladi.
Vasiylik yoki homiylik belgilangan bolaning mulkida yoki 
foydalanishida bo‘lgan turar joyni o‘zga shaxsga o‘tkazish uchun 
vasiylik yoki homiylik organining roziligi talab qilinadi.
Bolaning mehnat qilish huquqi. 
Har bir bola o‘zining yoshi, 
sog‘lig‘ining holati va kasbiy tayyorgarligiga muvofiq qonunchi-
likda belgilangan tartibda mehnat qilish, faoliyat 
turini va kasbni 
erkin tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash huquqiga ega.
Bu muhim
Ishga qabul qilishga o‘n olti yoshdan yo‘l qo‘yiladi.
Bolalarni mehnatga tayyorlash uchun umumta’lim maktab-
lari, o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlarining o‘quvchilarini 
ularning sog‘lig‘iga hamda ma’naviy va axloqiy kamol topishiga 
ziyon yetkazmaydigan, ta’lim olish jarayonini 
buzmaydigan yengil 
ishni o‘qishdan bo‘sh vaqtida bajarishi uchun – ular o‘n besh yosh
-
ga to‘lganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota-onasining 
o‘rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga 
qabul qilishga yo‘l qo‘yiladi.


Tug‘ilgandan maktabni tamomlagunga qadar
19
Davlat o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan ishlovchi shaxslarga ish-
ni ta’lim bilan qo‘shib olib borishi uchun zarur sharoitlarni yara-
tib berish va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa choralarni 
ko‘rish orqali bolaning mehnat qilish huquqi ta’minlanishini ka-
folatlaydi.

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə