O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi bola huquqlari: tug‘ilgandan maktabni tamomlagunga qadar



Yüklə 2,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/46
tarix07.02.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#100334
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   46
Bola huquqlari oxirgi

Bu muhim
O‘quv jarayonidan siyosiy maqsadlarda yoki ta’lim 
olayotgan bolalarni O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsi-
yasi va qonunchilikka zid harakatlarni sodir etishga undash 
uchun foydalanish taqiqlanadi.
Pedagog xodimlar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 
ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish uchun javob beradilar.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini tashkil etish. Mak-
tabgacha ta’lim tashkiloti maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan dav-
lat talablariga muvofiq bolalarni tarbiyalashni, o‘qitishni, ular
-
ga qarab turishni, ularni parvarishlashni va sog‘lomlashtirishni 
ta’minlaydi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi ta’limning mazmun-mo-
hiyati O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to
-
monidan tasdiqlangan Maktabgacha ta’lim davlat ta’lim dasturi 
asosida ishlab chiqilgan ta’lim dasturida belgilab beriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi ta’lim-tarbiya jarayoni 
mashg‘ulotlarning yillik, kalendar-mavzuli 
rejalari va jadvali bilan 
tartibga solinadi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti “Maktabgacha ta’lim va tar-
biya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston 
Respublikasi 
Qonuniga
, Ilk va 
maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat 
talablariga va boshqa qonunchilikka muvofiq ta’lim berish va tar
-
biyalash shakllari, vositalari va usullarini tanlaydi.


Bola huquqlari:
30
Rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan tar
-
biyalanuvchilar bilan ishlash texnologiyalari, usullari va shakllari 
ularning psixofizik rivojlanish xususiyatlari, 
o‘ziga xos imkoniyat-
lari va sog‘lig‘i holatidan kelib chiqqan holda, pedagog va tibbiy 
xodimlar tomonidan belgilanadi hamda maktabgacha ta’lim tash-
kilotining Pedagogik kengashi bilan kelishiladi.
Bu muhim
Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya jaray-
onini tashkil etishning asosiy shakli o‘yin hisoblanadi.
Har bir yosh guruhidagi mashg‘ulotlar, o‘yinlarning har 
yilgi soni, davom etadigan davri va izchilligi maktabgacha ta’lim 
tashkilotining o‘quv rejasida belgilanadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlanishida jismoniy 
yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalar va rivojlanishida nuqsonlari 
bo‘lmagan bolalarning bir tashkilotda birgalikda o‘qishi va tarbi-
yalanishiga qaratilgan inklyuziv guruhlar tashkil etilishi mumkin.

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə