O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi bola huquqlari: tug‘ilgandan maktabni tamomlagunga qadar



Yüklə 2,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/46
tarix07.02.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#100334
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
Bola huquqlari oxirgi

Qayd etish uchun asos. 
Ota-onasi nikohda bo‘lgan bola ning 
tug‘ilishi to‘g‘risidagi dalolatnomani yozish shaxsni tasdiqlov-
chi hujjatlar va nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma yoki 
ma’lumotnoma asosida amalga oshiriladi.
Bu muhim
Bola tug‘ilgunga qadar uning otasi vafot etgan vaqt-
dan, ota-onasi nikohi bekor qilinganligidan yoki ota-onasi-
ning nikohi sud tomonidan haqiqiy emas deb topilgandan 
keyin 300 kundan ko‘p vaqt o‘tmagan bo‘lsa otasi to‘g‘risi
-
dagi ma’lumotlar xuddi shunday tartibda yoziladi.
Bolaning nasl-nasabi xususidagi barcha nizolar sud 
tartibida hal qilinadi.
Agar ota-onalari o‘rtasida nikoh qayd etilmagan bo‘lsa 
(tug‘ilishni qayd etishda onasi ishtirok etmagan taqdirda) bola-
ning otasi haqidagi yozuv onaning notarial yoki tibbiy muassasa 
tomonidan tasdiqlangan arizasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Bunda bola otasining familiyasi tug‘ilganligi to‘g‘risidagi 
dalolatnoma yozuvida onasining familiyasi bo‘yicha, bola otasi
-
ning ismi, ota ismi va millati onaning ko‘rsatmasi bo‘yicha qayd 
etiladi.
Familiya berish.
Bolaning tug‘ilganligini qayd etishda unga 
familiya ota-onasining kelishuviga ko‘ra ota yoki onaning famili-


Tug‘ilgandan maktabni tamomlagunga qadar
9
yasi, shuningdek milliy an’analarga muvofiq ota yoki ona tomoni
-
dan boboning ismi bo‘yicha beriladi. Kelishuv bo‘lmagan taqdirda 
nizolar vasiylik va homiylik organi, konsullik okrugida esa – kon
-
sul tomonidan hal etiladi.
Ism berish. 
Bolaga ism ota-onaning roziligiga ko‘ra berila-
di. Bolaga qo‘shaloq ism berishga yo‘l qo‘yiladi (Saidahmadxo‘ja, 
To‘xtamurodjon, Gulira’no, Mirzaolim, Mirzo Ulug‘bek, Ro
-
za-Mariya).
Bolaning manfaatlaridan kelib chiqqan holda, unga kelgusi
-
da uning sha’ni va qadrini kamsitishi mumkin bo‘lgan ism berili-
shiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bola ismiga doir kelishuv mavjud bo‘lma-
ganda paydo bo‘lgan kelishmovchilik vasiylik va homiylik organi 
tomonidan hal etiladi.

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə