O’zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va


Ishlab chiqarish omillari bo‘yicha



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/16
tarix16.05.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#110582
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Iqtisodiyot nazariyasi fanidan mustaqil ishi

Ishlab chiqarish omillari bo‘yicha
quyidagilarni ajratish qabul qilingan: 

Mehnat bozori (bozor munosabatlari sharoitida ish kuchi tovarga aylanadi). 

Er bozori (agar er tovar hisoblangan taqdirda). 

Pul kapitali bozori. 

Ko‘chmas mulk bozori. 

Xom ashyo bozori va hokazolar. 
Ishlab chiqaruvchilar soni o‘rtasidagi nisbat va ular orasidagi raqobatning 
mavjumligi va iste’molchilarning soniga bog‘liq ravishda bozorlarning quyidagi 
modellarini farq qiladilar: 
1. 
Polipoliya 
(takomillashgan raqobat) – bir xil tovarning o‘ziga sotuvchi va 
xaridorlar sonining kattaligi. Qaysidir sotuvchining tovarga qo‘ygan narxdagi 
o‘zgarishlari boshqa sotuvchilar orasida emas, faqat xaridorlar o‘rtasidagina tegishli 
javob (reaksiya)ni vujudga keltiradi. 
Muhim o‘ziga xos tomonlari
. Bozor har kim uchun ochiq. Bozorda hamma 
harakatlar ochiq ravshan amalga oshiriladi, amallarni bajarish jarayoni hech 
kimdan sir tutilmaydi. Narx -berilgan kattalik bo‘lib, har bir sotuvchi va xaridor 
mahsulotning narxi, miqdori, xarajatlar va bozordagi talab haqida to‘liq va 
haqqoniy axborotga ega bo‘ladilar. 
Biroq real mavjud bo‘lgan bozorlarning birortasi sanab o‘tilgan xususiyatlar 
bilan ajralib turmaydi. Shuning uchun takomillashgan raqobat sxemasi asosan 
nazariy ahamiyatga ega. Shundoq bo‘lsa-da, u o‘ziga qaraganda ancha realroq 
bo‘lgan bozorlar tuzilmasini tushunish uchun kalitdir. Uning qiymati, ahamiyati 
ham aynan shundadir. 
2. 
Monopoliya 
– bitta sotuvchi ko‘p xaridorlarga qarshi tursa-da, bunda shu 
sotuvchining o‘zi mahsulotning yagona ishlab chiqaruvchisidir. 
Muhim o‘ziga xos xususiyatlari
: monopolist bozor hokimiyatga ega bo‘ladi, 
narxlarni, bozorga mahsulot yetkazib berilishini nazorat qiladi. Bozorga kirish 
yo‘lida monopolist tomonidan raqobatchilar uchun kelib chiqishi tabiiy yoki 
notabiiy bo‘lgan to‘siqlar qo‘yiladi. 
3. 
Oligopoliya
– nisbatan uncha katta miqdorda (o‘n nafar atrofida) bo‘lmagan 
sotuvchilar tovarlar va xizmatlar bozorida hukmronlik qiladilar. 
Muhim o‘ziga xos xususiyatlari
: sotuvchilarning unchalik ko‘p emasligi 
ularning narxlarni belgilash, bozorlarni bo‘lish va taqsimlashda monopolistik 
kelishuvlar olishlariga qo‘l keladi. Oligopoliyalar turdosh bo‘lganidek 
differensiyalangan tovarlarni ham ishlab chiqarish mumkin. Turdoshlik xom ashyo 
va ruda, neft, po‘lat, sement va hokazolarni yarim fabrikatlari bozorida, 
differensiyalash iste’mol tovarlari bozorida ko‘proq uchraydi. 
Shuni ta’kidlash kerakki, taqdim etilgan modellardan birortasi iqtisodiyotda sof 
holda uchramaydi. Ammo uchalasi har biri o‘z darajasida, zamonaviy bozorlarga 
xosdirlar. 



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə