O’zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/16
tarix16.05.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#110582
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Iqtisodiyot nazariyasi fanidan mustaqil ishi

bozor omillari, 
ya’ni talab va 
taklif belgilaydi. 
Taklif – bu odamlarning tovarlarni sotishga chiqarishga 
tayyorgarligi va imkoniyati, talab esa – bu odamlarning ushbu tovarlarni 
sotib olishga tayyorligi va imkoniyatlari. 
Talab. 
Iqtisodiyotda «talab» so‘zi tovar yoki xizmatni xarid qilish, qo‘lga kiritish 
istagi, shuningdek, ular uchun haq to‘lashga tayyorgarlik va imkoniyat ma’nosini 
bildiradi. Boshqacha qilib aytganda, tovar yoki xizmatning taklifi faqat ularga talab 
bo‘lgan paytdagina mavjud bo‘ladi. 
Talab – bu mahsulotning iste’molchilar ma’lum bir narxlarda, vaqtning 
ma’lum bir davrida sotib olishga tayyor bo‘lgan miqdoridir. 
Narx va xaridorlar miqdori o‘rtasida bog‘liqlik borligini payqash qiyin emas, 
ya’ni tovarning narxi qancha past bo‘lsa, u shuncha ko‘p miqdorda sotib olinishi 
mumkin. Bu bog‘liqlikni iqtisodiyot nazariyasida 
talab qonuni
deb ataydilar. 
Tajriba uncha katta bo‘lmagan istisnolardan tashqari hollarda talabning hajmi 
narx pasayganda oshishini ko‘rsatmoqda. Odatda, bu 
«talab qonuni»
sifatida 


bunday shakllanadi: 
boshqa sharoitlar bir xil bo‘lganida past narxlarda talab 
hajmi
yuqori narxlardagiga qaraganda ko‘proq bo‘ladi. 
«Boshqa sharoitlar teng, bir xil bo‘lganda» – bu qoidaning muhim qismidir. Biz 
bir qadar ishonch bilan tovarning narxi tushganida unga bo‘lgan talab ko‘proq 
bo‘ladi, deb ta’riflashimiz mumkin, lekin biz bunda boshqa omillarning o‘zgarmay 
qolishiga yo‘l qo‘ygan holdagina yuqoridagi fikrni tasdiqlashimiz mumkin. Agar
tovarning narxi tushib boraversa, iste’molchilarning daromadlari, ularning didlari 
yoki boshqa tovarlarning narxlari ham o‘zgarib borsa, narxi pasaytirishning 
oqibatlari nimaga olib kelishini oldindan aytish qiyin bo‘lib qoladi. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə