O’zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/16
tarix16.05.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#110582
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Iqtisodiyot nazariyasi fanidan mustaqil ishi

 
 
 


 
 
BOZOR TUSHUNCHASI VA BOZORNING VAZIFALARI
 
Zamonaviy bozor xo‘jaligi 
Ishlab chiqarish va xo‘jalik yuritishning ijtimoiy shakllarining rivojlanishi 
tadriji (evolyutsiyasi) asosida butun jamiyatning va alohida olingan har bir 
individning talab va ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan ijtimoiylashtirilgan 
tovar ishlab chiqarishning faoliyat yuritishi bo‘lgan Zamonaviy bozor tizimining 
vujudga kelishiga olib keldi. 
Bozor xo‘jaligi
– iqtisodiyotni tashkil qilishning tovar ishlab chiqarishga 
asoslangan, ishlab chiqarish va iste’mol o‘rtasidagi o‘zaro harakatini Bozor 
vositasida ta’minlovchi ijtimoiy shaklidir. 
Bozor
– tovar va pul muomalalarining o‘zaro qat’iy harakatlari asosida vujudga 
keluvchi Iqtisodiy munosabatlarning tizimidir. 
Bozorning klassik modeli
quyidagi xususiyatlar bilan ta’minlanadi: 

 
nima ishlab chiqarish, nimaga va qanday sotishni o‘zlari mustaqil tovar ishlab 
chiquvchilarning ko‘pligi; 

 
kimdan mahsulot sotib olishni o‘zlari mustaqil hal qiluvchi mustaqil 
iste’molchilarning ko‘pligi; 

 
qiymat bo‘yicha zamonaviy almashinuv

 
talab va taklif asosida narxlarning stixiyali belgilanishi; 

 
qayta ishlab chiqarish jarayonlarining stixiyali ravishda tartibga solinishi; 

 
erkin raqobat, kapitalning «erkin qayta qo‘yilishi». 
Hozirgi zamon sharoitlarida bozor o‘zini-o‘zi tartibga solishdan tartibga 
solinuvchiga aylanadi, bu esa bozor xo‘jaligining subyekt-obyekt tuzilmasining 
murakkablashishiga olib keladi. 
Bozor xo‘jaligining subyekt-obyekt tuzilmasi,
bu - bozor subyektlari 
o‘rtasidagi munosabatlar tizimi bo‘lib, ularning maqsadlarini, turli tomonlarga 
yo‘naltirilib, yo‘l-yo‘lakay muqobil kelishiluvchi iqtisodiy manfaatlarini, bozor 
aloqalarining Turli-tuman obyektlari harakatlanishining holati hamda tashkil qilish 
shakllari va o‘zaro bog‘liq harakatlarini aks ettiradi. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə