O’zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va


Bozorning Iqtisodiy maqsadlari va vazifalari



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/16
tarix16.05.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#110582
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Iqtisodiyot nazariyasi fanidan mustaqil ishi

Bozorning Iqtisodiy maqsadlari va vazifalari. 
Bozor 
– ijtimoiy ishlab chiqarishni shunday tashkil qilishini, unda tovarlarni 
ishlab chiqaruvchilar xaridorlarning ehtiyojlaridan kelib chiqib 
nimani
qachon va 
qaysi miqdorda hamda qaysi tovarlarni ishlab chiqarish, bu tovarlarni 
qanday 
qilib
ishlab chiqarish (qaysi resurslardan va qaysi texnologiyalar yordamida), 
kim 
uchun
, iste’molchi kimligidan qat’iy nazar, tovar shaxsiy iste’mol uchunmi yoki 
daromad olish uchun ishlab chiqarilishini o‘zlari hal qiladilar. 
Bozorning ishi deyilganda bozorning majburiyati, vazifasi, roli nazarda tutiladi. 
Bozorning bu majburiyatlari jamiyatning iqtisodiy maqsadlaridan kelib chiqadi. 
Bu 
maqsadlar
quyidagilardan tashkil topadi: 

iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, har bir odamning talablarini katta miqdor va 
hajmdagi, sifatli tovarlar ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish vositasida 
qoldirish; 

iqtisodiyotning samaradorligi yoki mavjud resurslardan minimal xarajatlar 
qilib, maksimal samara (foyda) olish; 

xo‘jalik subyektlari: ishlab chiqaruvchilar, tadbirkorlar, xodimlarning 
iqtisodiy erkinligi va ishlashni xohlovchi va bunga qobillarning hammasini to‘liq 
bandligi; 

narxlar va baholar, ularning umumiy darajasini sezilarli darajada 
ko‘tarilmagan yoki tushirilmagan, ya’ni inflyatsiyasiz va defetsitsiz optimal 
darajasi; 

jamiyatning ishlovchi va ishlamovchi a’zolari (ishlashga qobiliyati yo‘q, 
kasal, qariyalar) o‘rtasida daromadlarning adolatli taqsimlanishidir. 
Bozorning normal ishlashi va jamiyat uning oldiga qo‘ygan iqtisodiy 
maqsadlarni real amalga oshirish uchun bir qator 
shart-sharoitlarni
ta’minlash 
zarur. Bular: 
1. Bozor, tovar-bozor munosabatlari faqat xususiylashtirilgan mulk asosidagina, 
tovar ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqarish vositalarining egasi bo‘lib, o‘z mehnati 
natijalarini erkin tasarruf eta olgandagina amalga oshirilishi mumkin. 
2. Ijtimoiy ishlab chiqarishda barcha ishtirokchilarning ishlab chiqarish va 
tijorat sohalarida erkinligi zarurdir. 
3. Qat’iy va avtoriter valyutaning mavjud bo‘lishi. 
4. Kredit va moliya munosabatlarining aniq yo‘lga qo‘yilgan va ishlab turgan 
tizimi. 
5. Ishlab chiqaruvchilar va boshqaruv xodimlarining bozor munosabatlariga 
tashkiliy ravishda va ishonchli qo‘shilib ketish mahorati. 



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə