Oʻzbеkiston rеspublikasi axborot tеxnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/93
tarix22.03.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#180584
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   93
Тармоқ хавфсизлиги 16 шрифт

ip ssh version 2 
buyrugʻi beriladi. 
Uzoqdagi qurilmaga xavfsiz ulanishni boshqarish uchun Telnet 
protokolini oʻrniga SSH protokolini qoʻllash tavsiya etiladi. Telnet da 
ochiq shifrlanmagan matnli almashish ishlatiladi. SSH protokoli 
qurilmalar oʻrtasida uzatilayotgan barcha ma’lumotlarni ishonchli 
shifrlash orqali uzoqdagi qurilma bilan xavfsiz ulanishni ta’minlaydi.


19 
6. PC-A kompyuteri uchun IP manzil qoʻying 
Manzillash jadvaliga muvofiq kompyuterga IP manzil va 
tarmoq maskasini oʻrnating. Koʻrilayotgan tarmoq uchun asosiy 
shlyuz kerak emas.
1)
Ekranning oʻng tomondagi pastki burchagidagi
belgiga sichqonchaning chap tugmasini 2 marta bosing.
2)
“Подключение по локальной сети” belgisiga 2 marta 
sichqonchaning chap tugmasini bosing.
3)
Chiqqan oynadan “Protokol Interneta TCP/IP” qatori 
tanlanib, “свойства” tugmasi bosiladi.
4)
Chiqqan oynadan 
IP-manzil 
va
 tarmoq maskasi 
kiritiladi.
7. Tarmoq bogʻlanishni tekshiring 
7.1. Kommutatorning konfiguratsiyasini chiqaring. 
Console 
orqali ulangan PC-A kompyuterda kommutatorning konfiguratsiyasini 
chiqaring. Show run buyrugʻi hozirgi konfiguratsiyani sahifa 
koʻrinishida chiqaradi. Keyingi qatorlarni koʻrish uchun PROBEL 
tugmasi bosiladi.
a. Bu erda konfiguratsiyaga misol keltirilgan. Kiritgan 
sozlanishlar sariq rangda ajratilgan. Konfiguratsiyaning boshqa 
ko`rsatkichlari IOS ning oʻzida oʻrnatilgan sozlanish hisoblanadi.
S1# show run
Building configuration...
Current configuration : 2206 bytes !
version 15.0 no service pad service timestamps debug datetime msec 
service hostname S1 !
boot-start-marker
enable secret 4 06YFDUHH61wAE/kLkDq9BGho1QM5EnRtoyr8cHAUg.2
no aaa new-model system mtu routing 1500 ! !
b. Administrativ VLAN 1 ni ko`rsatkichlarini tekshiring.
7.2. Toʻgʻridan toʻgʻri bogʻlanishni exo soʻrov joʻnatish orqali 
tekshiring. 
a. PC-A kompyuterdan kommutatorning SVI interfeysining 
administrativ manziligi exo soʻrov joʻnating 
 
C: \ Users \ User1>ping 192.168.1.100 


20 
PC-A kompyuter S1 kommutatorning MAC manzilini ARP 
protokoli yordamida olishi kerak. Birinchi paket uzatmada kutish 
vaqti tugashi mumkin. Lekin exo – soʻrov amalga oshmasa, 
qurilmaning bazaviy sozlanishidagi nosozlikni tekshiring va sozlang. 
7.3. S1 kommutatorni masofadan boshqarishni tekshiring. 
Qurilmaga masofadan kirishni Telnet orqali amalga oshiring. Bizning 
misolda kompyuter va kommutator yonma – yon joylashgan. Ishlab 
chiqarishda esa kompyuter 1 qavatda, kommutator boshqa qavatda 
joylashgan boʻlishi mumkin. SHu sababli kommutatorni masofadan 
boshqarish uchun Telnetdan foydalaniladi.
a. PC-A kompyuterning cmd oynasida S1 kommutatorga
SVI administrativ manzil orqali ulanish uchun telnet /SSH buyrugʻini 
kiriting.
C:\Users\User1> telnet 192.168.1.100 
C:\Users\User1> ssh –l admin 192.168.1.100 
b. cisco parolini kiritgandan soʻng foydalanuvchi rejimiga 
oʻtgan hisoblanadi. Imtiyoz rejimiga oʻting.
c. Telnet yoki SSH seansini tugatish uchun exit ni kiriting.
7.4. Kommutatorga kiritilgan oʻzgarishlarni saqlang. 
Konfiguratsiyani saqlang. 
S1# copy running-config startup-config
Destination filename [startup-config]? [Enter]
Building configuration...
[OK] S1# 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə