O`zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali



Yüklə 18,05 Kb.
səhifə3/4
tarix29.11.2023
ölçüsü18,05 Kb.
#141155
1   2   3   4
Mavzu Turli XIL soxalar uchun mo`ljallangan kompyuterlar va kom-hozir.org

Superkompyuterning xususiyatlari:


Garchi ko'plab mualliflar ajralib tursa ham (mening fikrimcha noto'g'ri) superkompyuter serverlari Va hatto meynfreymlar, men sizni superkompyuter qildim degan ta'rifga ko'ra, serverlar superkompyuterlar singari mukammal tarzda qamrab olinishi mumkin edi, chunki ular oddiy kompyuterlardan ancha ustun bo'lgan kompyuterlardan boshqa narsa emas, faqat ular biron bir turdagi xizmatni taqdim etishga bag'ishlangan. tarmoq ... Bir-biridan farqlanishi kerak bo'lgan yagona narsa shundaki, mashina nimaga mo'ljallanganiga qarab, biz boshqalar yoki boshqalarnikidan ustunroq bo'lgan qobiliyatlarga ega bo'lamiz.



Dasturlashni Umumiy Dasturlash teoriyasidan o’rganasiz. Bu kursni o’rganayotganingizda kompyuter halaqit beradi. Dastulash – o’ylash degani. Kompyuter oldida esa o’ylash qiyinroq. Odam negadir daftar va ruchkadan foydalanganida yaxshiroq fikrlaydi.
Olimlarning aytishicha, ruchkada yozayotganimizda kichik motorika (ruscha maqola| ingilizcha maqola) ishlar ekan va odam yozayotgan narsasini yaxshiroq eslab qolar ekan. Shuning uchun ham, hattoki kompyuteringiz bo’lsada, umumiy dasturlash teoriyasining kerakli joylarini aynan daftarda konspekt qilishni maslahat beraman. Vazifalardagi kodlarni ham daftarda yozib, miyada bajaramiz. Ushbu teoriya sizni dasturchidek o’ylashga majbur qiladi va yozilgan kodlarni hech qanaqa kompyuterdagi kompilyator bajara olmaydi. Bu esa dasturlashni o’rganish uchun kompyuter kerak emasligining yana bir isboti.
Siz dasturlashni o’rgandingiz va endi kompyuter olish niyatingiz bor. Mablag’ingiz kam bo’lsa – xavotir olmang. Barcha tildagi dasturlar: PHP, Java, JavaScript, Python, C, C#, C++ va hokazo, barchasini oddiy bloknot dasturida ham yozish imkoningiz bor. Shuning uchun ham eng oddiy, kuchsiz kompyuter ham yetarli bo’ladi.
Lekin, professional dasturlarni bloknotda yozish juda qiyin. Ko’plab xatolarni ko’rmay qolasiz. Xatolarni qidirishda qiynalasiz. Dastur yozish uchun mo’ljallangan dasturlar esa, kodingizni ko’p joylarini o’zi yozib, qayerda hato bo’lishi mumkinligini ko’rsatib ham beradi. Ushbu maqolada uchta shunaqa dasturlani ko’rganmiz.
Ushbu dasturlani kuchsiz kompyuterlarda ishlatish qiyin, ular juda katta operativ xotira talab qilishadi. Undan tashqari chome brauzerdan foydalamiz. U ham juda ko’p operativ xotira talab qiladi.
Demak komfort ishlar uchun kuchli kompyuter kerak ekan. Lekin “kuchli” tushunchasi hamma uchun har-xil. Bozorga borib kuchli kompyuter so’rasangiz, sizga o’yin o’ynash uchun moslashgan kompyuterni ko’rsatishadi. Ushbu turdagi kompyuterlarning video kartasi kuchli bo’ladi. Bizning esa kuchli o’yinlar o’ynash niyatimiz yo’q. Demak bizga kuchli video karta kerak emas. Video karta kompyuterning eng qimmat qismlaridan. Aslida undan to’laqonli foydalanmasak, ortiqcha pul to’lashning nima keragi bor?

Dasturchi uchun kompyuterning qaysi qismi muhim?



Protsessor
Kompyuter miyasi bu protsessor. Eng muhim qism. Birinchi navbatta e’tibor berishingiz kerak bo’lgan narsa bu kompyuterning ushbu qismidir.
Protsessorlar juda ko’p. Pulingiz yetganini olasiz. Yaxshi kompyuter uchun kamida i5 protsessorini tavsiya etaman. Agar pulingiz i7 protsessoriga yetsa – undan ham yaxshi. Lekin i7 protsessori juda qimmat turadi.
Operativ xotira
Ishlab turgan dasturlarimiz operativ hotriada turadi. Yuqorida aytib o’tilganidek brauzer va muharrirlar juda ko’p xotira talab qiladi. Shuning uchun ham operativ xotira qancha ko’p bo’lsa shuncha yaxshi. Agar pulingiz yetmasa 4 gigabaytlik oling. Undan kamini olish noto’g’ri bo’ladi. Pulingiz yetsa esa kamida 8 gigabayt operativ xotira sotib oling. Operativ xotira boshqa qismlarga nisbatan uncha qimmat emas.

Yüklə 18,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə